Jo‘raeva Nilufar Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek tillari evfemizm va disfemizmlarining lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2548.
Ilmiy rahbar: Hamroeva Shaxlo Mirjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddin Yakubov Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobiljonova Gulbahor Komiljonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillari evfemizm va disfemizmlarining lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va fransuz tilshunosligida evfemizm va disfemizm hodisasi hamda evfemik va disfemik birliklarning shakllanishiga lisoniy va nolisoniy omillarning munosabati ochib berilgan;
evfemizmlarning ijtimoiy, psixologik, etnografik sabablarga ko‘ra lingvokulturologik fenomen ekanligi, evfemik va disfemik ifoda vositalarining paydo bo‘lish o‘rni va vaqti, sababiga ko‘ra til hamda madaniyat mushtarakligini ko‘rsatuvchi vosita ekanligi dalillangan;
fransuz va o‘zbek tilida evfemizmlarning ma’noviy guruhlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq, tibbiyot va maishiy hayot kabi qo‘llanish sohalari, milliy-madaniy jihatlari asoslangan;
disfemizm hodisasi va uning yondosh hodisalardan struktur-semantik, etimologik, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra farqlari ko‘rsatilib, fransuz va o‘zbek tilidagi disfemizmlarning semantikasi va pragmatik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillari evfemizm va disfemizmlarining lingvopragmatik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
fransuz va o‘zbek tillari evfemik va disfemik birliklari, evfemizmlarning lingvokulturologik fenomen, evfemik va disfemik ifoda vositalarining til hamda madaniyat mushtarakligini ko‘rsatuvchi vosita ekanligi hamda ularni lug‘atlashtirish muammolari yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan PZ–2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida, jumladan, dissertatsiya 2-3-bobiga tegishli quyidagi materiallardan lingvomadaniy bo‘yoqdor so‘zlar leksikonini tuzishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 3 fevraldagi 04/1-228 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili platformasida evfemik birliklarning lingvokulturologik xususiyati aniq ochib berilgan;
o‘zbek va fransuz tilshunosligida evfemizm va disfemizm hodisasining tadqiqi, evfemik va disfemik birliklarga munosabat, fransuz va o‘zbek tilida evfemizmlarning ma’noviy guruhlari, ularning qo‘llanish sohalari, milliy-madaniy jihatlari, shuningdek, disfemizm va uning yondosh hodisalardan farqi, fransuz va o‘zbek tilidagi disfemizmlarning semantikasi va pragmatik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2023-yil 19 iyundagi 39-01-1420-son ma’lumotnomasi). Natijada, lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya amaliy muloqot shakllariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
fransuz-o‘zbek tilshunosligida evfemizm va disfemizm hodisasi, fransuz va o‘zbek evfemizmlarining milliy-madaniy hamda pragmatik jihatlari, o‘zbek va fransuz tillarida evfemizmlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Qadriyatlar qadim beshigi” kabi radioeshittirishlarining ssenariylarini tuzishda unumli foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan.