Sultonova Gulrux Yunusalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasini o‘rganish hamda davolash choralarini muvofiqlashtirish», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1359.
Ilmiy rahbar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abuova Guljan Narkenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasi holatini aniqlash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasi me’yoriy tarkibidagi disbioz xolati S.aureus patogeniga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor minimal jigar ensefalopatiyasida ammiak ishlab chiqaruvchi shartli-patogen bakteriyalar (Proteus, E.coli laktozonegativ shakli) ta’siri asoslangan;
virus etiologiyali jigar sirrozida uglevod mahsulotlarini me’yordan ortiq iste’mol qilgan bemorlarda III darajali ichak disbozi kelib chiqishi isbotlangan;
virus etiologiyali jigar sirrozi patogenetik davosida muvofiqlashtirilgan parxez ta’sirida ichak mikroflorasining tarkibi me’yorlashishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023-yil 13-noyabrdagi 11/040-son xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: virus etiologiyali JS bemorlarda kasallikni kechishida mavjud yondosh patologiyalarning kasallik klinik kechishiga va bu xolatni ichak mikroflorasi me’yoriy tarkibiga salbiy ta’siri isbotlandi. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2023-yil 9-oktyabrdagi 200-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tekshirish markazi Farg‘ona filialida 2023-yil 21-iyundagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ichak mikroflorasi tarkibi buzilishining darajasi jigar sirrozining davomiyligiga (r=0,813), xolesistoektomiyadan keyingi holat (χ²=12), o‘t qopi va/yoki siydik tosh kasalliklari (χ²=17,3), anemiya (χ²=19,9) kabi yo‘ldosh kasalliklarning mavjudligiga bog‘liqligi kuzatildi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yondosh kasalliklarni erta aniqlanishi bemorning shifoxonadagi davri uchun bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,0 kundan 10,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 535200 so‘mga kamaytirilgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga va boshqa dorilarning qisqartirilishi hisobiga har bir bemorga bir kunda 54100 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: virus etiologiyali JS bemorlarda kasallikni kechishida mavjud yondosh patologiyalarni erta aniqlash va laborator tashxisini erta tashkil qilish jigar sirrozi klinik kechishini erta kamayishiga hamda har bir bemorga 535200 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasini o‘rganish hamda davolash choralarini muvofiqlashtirish» boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021-yil 26-yanvardagi 03/224-son xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ichak disbiozi bo‘lgan virus etiologiyali JS bemorlarda minimal jigar ensefalopatiyasining uchrash darajasi baholandi hamda jigar ensefalopatiyasi rivojlanishida ichak disbiozining ta’siri tasdiqlandi. JS ning Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinfida, ichak disbiozining I darajasidayoq 44,2% holatlarda minimal jigar ensefalopatiyasi aniqlangan bo‘lsa, ichak disbiozi kuchayib borgani sari jigar ensefalopatiyasi darajasi ham ortib bordi. JS ning Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha C sinfiga kelib yoki ichak disbiozining III darajasiga kelib, bemorlarning 63,0% da jigar ensefalopatiyasi I darajasi, 37,0% da II darajasi shakllanganligi isbotlandi. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2023-yil 9-oktyabrdagi 200-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tekshirish markazi Farg‘ona filialida 2023-yil 21-iyundagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ichak disbiozi bo‘lgan JS ning klinikasida minimal jigar ensefalopatiyasini erta tashxislash va davo muolajalari samaradorligini doimiy nazorat kilish, asoratlar rivojlanishi va ensefalopatiyaning og‘ir darajalarini rivojlanishini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: disbioz darajasi rivojlanib borayotgan JS bemorlarda minimal jigar ensefalopatiyasini erta aniqlash xisobiga har bir bemorga 29700 so‘m sarf-xarajatlarni kamaytirish mumkin. Xulosa: ichak disbiozi bo‘lgan JS ning klinikasida minimal jigar ensefalopatiyasini erta tashxislash va davo muolajalari samaradorligini doimiy nazorat kilish har bir bemorga 3 088 800 so‘m sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasini o‘rganish hamda davolash choralarini muvofiqlashtirish» boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021-yil 26-yanvardagi 03/224-son xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: virus etiologiyali JS bemorlarda ovqatlanish ratsioni buzilishi ichak mikroflorasining tarkibini o‘zgartirishi hamda buning oqibatida JS bemorlarda qo‘shimcha klinik simptomlarning kuchayishi, bemorlarning umumiy ahvolini og‘irlashishiga olib kelishi aniqlandi. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2023-yil 9-oktyabrdagi 200-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tekshirish markazi Farg‘ona filialida 2023-yil 21-iyundagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: To‘g‘ri ovqatlanish algoritmi, JS disbioz aniqlangan bemorlar uchun o‘tkazilgan sog‘lom ovqatlanish tartibi, bemorlarni ovqatlanish oraliq vaqtiga to‘g‘ri rioya qilishi, to‘yib ovqatlanmaslik, och qolmaslikka, ovqat mahsulotlarining harorat rejimiga rioya qilishiga va faqat quruq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka o‘rgatilishi, oqsil va yog‘ mahsulotlarini iste’moli chegaralanishi bemorlarda ichak normoflorasini tiklanishiga, JS klinik simptomlariga qo‘shimcha bo‘lgan dispeptik simptomlarni samarali kamayishiga, qondagi biokimyoviy o‘zgarishlarni me’yorlashishiga, bemorlar umumiy ahvolining yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: JS da standart davolash kursi bilan birgalikda bemorlar parhezini, ovqatlanish ratsionini birga to‘g‘ri olib borilishi jigar sirrozini davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun ichak normoflorasini tiklanishiga, JS klinik simptomlariga qo‘shimcha bo‘lgan dispeptik simptomlarni samarali kamayishiga, qondagi biokimyoviy o‘zgarishlarni me’yorlashishiga, bemorlar umumiy ahvolining yaxshilanishiga olib kelishiga yordam beradi. Xulosa: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda taklif qilingan ovqatlanish algoritmi asosida to‘g‘ri ovqatlanish natijasida davolash imkoni ortadi, qo‘shimcha klinik simptomlarni nazorat qilish va jigar ensefalopatiyasini rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasini o‘rganish hamda davolash choralarini muvofiqlashtirish» boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021-yil 26-yanvardagi 03/224-son xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarning davolash kompleksiga Baktrimsubtil (Bacillus sereus IP 5832) dori vositasini qatiy parhez fonida buyurish ichakning me’yoriy mikroflorasini tiklanishiga, jigar sirrozining asosiy klinik belgilarini erta yo‘qolishiga olib kelishi isbotlangan. Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2023-yil 9-oktyabrdagi 200-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tekshirish markazi Farg‘ona filialida 2023-yil 21-iyundagi 56-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Baktrimsubtil Bacillus sereus IP 5832 shtammi bo‘lib, u odam organizmida normal xolatda bo‘lmay, lekin tashqaridan kirgandan keyin ingichka ichakda vegetativ shakliga aylanadi va ichakda saqlanib, uning me’yoriy fiziologik turg‘unligini saqlaydi. Shu jumladan ichakda patogen mikrofloralarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi hamda Proteus, E.coli enteropatogen shaklini va S.aureus ko‘pashini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda taklif etilgan davolash usulini qo‘llash davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 274652 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda Baktrimsubtil preparatining an’anaviy davo muolajalariga kiritilishi kasallik asoratlari rivojlanishini oldini olish, har bir bemorga davolashda 13183300 so‘m sarf xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Virus etiologiyali jigar sirrozida ichak mikroflorasini o‘rganish hamda davolash choralarini muvofiqlashtirish» boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021-yil 26-yanvardagi 03/224-son xat yuborilgan.