Yodgorov O‘tkirjon Abdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 epidemiologik xususiyatlari va uning epidemiologik nazoratini takomillashtirish», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2930.
Ilmiy rahbar: Raxmanova Jamila Amanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatkulov Ibrohim Homidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madreimov Amet, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ning epidemiologik xususiyatlarini aniqlash asosida uning epidemiologik nazoratini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun xos bo‘lgan epidemik ko‘tarilishi, zararlanganlarning umumiy ulushiga nisbatan kuzatilgan o‘lim holatlarining yuqori ko‘rsatkichi, yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan virusni yangi shtammi sababli yuzaga kelganligi isbotlangan;
hudud er maydonining 10 ming km² dan kichik bo‘lishi, shahar aholisi sonining yuqori bo‘lishi, bemorlarning keksa va qariya yoshdaligi, tana vazni indeksining 31 dan yuqoriligi, turli xil yo‘ldosh kasalliklari mavjud bemorlarda kasallikning o‘lim bilan yakunlanish ehtimoli 10 barobar yuqori ekanligi hamda ushbu omillar kasallikni prognozlash formulasidagi β- va γ- qiymatlarini belgilashga yordam berishi isbotlangan;
respublikada 2020-2021 yillarda kuzatilgan COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi sababli, ushbu yillarda kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallanish ko‘rsatkichining oldingi yillarga nisbatan 8 barobarga ko‘tarilishi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash va emlash bilan qamrab olish natijasida aholi orasida infeksiyaga qarshi immunitetni hosil bo‘lishi sababli, emlash samaradorligini bashoratlash orqali COVID-19 infeksiyasini aholi orasida sezilarli darajada kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Ekspert kengashning 2023 yil 30 oktyabrdagi 9-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun xos bo‘lgan epidemik ko‘tarilish yo‘nalishi aniqlandi va zararlanganlarning umumiy ulushiga nisbatan kuzatilgan o‘lim holatlarining yuqori ko‘rsatkichi, yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan yangi Omikron shtammi sababli yuzaga kelgan epidemik ko‘tarilishning uchinchi to‘lqiniga muvofiq kelishi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida 2022 yil 9 sentyabrdagi №39 sonli bo‘yruq hamda Buxoro viloyati boshqarmasida 2023 yil 14 iyundagi №33 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/677-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasining mutatsiyaga uchragan shtammlarini avj bilan ko‘tarilishini bashoratlash orqali bemorlarni davolashga sarf bo‘ladigan dori-darmonlar zaxirasini va kasalxonalarda ularga zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar sonini oldindan tayyorlash imkonini beradi. COVID-19 infeksiyasining epidemik avj bilan ko‘tarilishini oldindan bashoratlash orqali tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mning tejalish imkonini beradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 infeksiyasi epidemik ko‘tarilish to‘lqinlari Toshkent shahri hamda respublikaning boshqa viloyatlarida qiyosiy ravishda o‘rganilishi orqali epidemik ko‘tarilish yo‘nalishi, ro‘yxatga olingan o‘lim holatining yuqori ko‘rsatkichlari respublikada kuzatilgan epidemik ko‘tarilishning uchinchi to‘lqiniga muvofiq kelishini ilmiy asoslanishi respublikada COVID-19 infeksiyasining epidemik avj bilan ko‘tarilishini oldindan bashoratlash, shu orqali tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mni tejalishiga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: hudud er maydonining 10 ming km² dan kichik bo‘lishi, shahar aholisi sonining yuqori bo‘lishi, bemorlarning keksa va qariya yoshdaligi, tana vazni indeksining 31 dan yuqoriligi, turli xil yo‘ldosh kasalliklari mavjudligi sababli, bemorlarda kasallikning o‘lim bilan yakunlanish ehtimoli 10 barobar yuqoriligi asoslangan hamda ushbu omillar kasallikni prognozlash formulasidagi β- va γ- qiymatlarini belgilashga yordam berishi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida 2022 yil 9 sentyabrdagi №39 sonli bo‘yruq hamda Buxoro viloyati boshqarmasida 2023 yil 14 iyundagi №33 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/677-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasini epidemik avj bilan ko‘tarilishning eng yuqori bo‘ladigan kuni belgilandi, shu kuni kasallanishi mumkin bo‘lgan bemorlarning sonidan kelib chiqib, ularni davolash jarayonida ishlatiladigan dori-darmonlar zaxirasini va kasalxonalarda bemorlarga zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar sonini oldindan tayyorlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning keksa va qariya yoshdaligi, tana vazni indeksini 31 dan yuqoriligi, arterial gipertoniya, qandli diabet, turli xil darajadagi kamqonlik kabi yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarni kasalxonaga erta yotqizish, davo choralarini erta boshlash kasalxonada davolanish kunlarini ishonarli ravishda qisqarishi hamda har bir bemorni davolashda ishlatiladigan sarf xarajatlarni kamayishi orqali tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mni tejalish imkonini berdi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 infeksiyasining hududlarda tarqalish darajasiga ta’sir etuvchi ilmiy asoslangan omillarni e’tiborga olgan holda SIR-matematik modelini muvofiqlashtirish, respublikada COVID-19 infeksiyasining epidemik avj bilan ko‘tarilishini oldindan bashoratlash shu bilan birga COVID-19 infeksiyasini o‘lim bilan yakunlanishiga ta’sir etuvchi ilmiy asoslangan omillarni e’tiborga olgan holda bemorlarni kasalxonaga erta yotqizish, davo choralarini erta boshlash kasalxonada davolanish kunlarini ishonarli ravishda qisqarishi hamda har bir bemorni davolashda ishlatiladigan sarf harajatlarni kamayishi orqali tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mning tejalishiga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: respublikada 2020-2021 yillarda kuzatilgan COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi sababli, ushbu yillarda kasalxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallanish ko‘rsatkichining oldingi yillarga nisbatan 8 barobarga ko‘tarilishi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida 2022 yil 9 sentyabrdagi №39 sonli bo‘yruq hamda Buxoro viloyati boshqarmasida 2023 yil 14 iyundagi №33 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/677-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan taxlil keyinchalik COVID-19 infeksiyasining mutatsiyaga uchragan shtammlarining avj bilan ko‘tarilishida kasalxonadan tashqari pnevmoniya qiymatining ko‘tarilishini oldindan bashoratlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasalxonadan tashqari pnevmoniya qiymatini ko‘tarilishini oldindan bashoratlash va maqsadga yo‘naltirilgan davoni o‘tkazish har bir bemor statsionarda yotishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ning (oziq-ovqat, tibbiy xodim xizmati, bemor yotog‘i, elektr energiya sarfi va boshqalar (dori-darmondan tashqari)) 40%dan 100%gacha tejaladi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida 2020-2021 yillarda kasalxonadan tashqari pnevmoniya qiymatini oldingi yillarga nisbatan 8 barobarga ko‘tarilganligining aniqlanishi hamda ushbu holat respublikada kuzatilgan COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liqligining asoslanishi, keyinchalik COVID-19 infeksiyasining mutatsiyaga uchragan shtammlarining avj bilan ko‘tarilishida kasalxonadan tashqari pnevmoniya qiymatining ko‘tarilishini oldindan bashoratlash davlat tomonidan bemorlarni davolashga ajratiladigan mablag‘ning 40%dan 100%gacha tejalish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangillik: COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash va emlash bilan qamrab olish natijasida aholi orasida infeksiyaga qarshi immunitetni hosil bo‘lishi sababli, emlash samaradorligini bashoratlash orqali kelajakda COVID-19 infeksiyasini aholi orasida sezilarli darajada kamayishi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida 2022 yil 9 sentyabrdagi №39 sonli bo‘yruq hamda Buxoro viloyati boshqarmasida 2023 yil 14 iyundagi №33 sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/677-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan matematik modellar yordamida tumanlarda ro‘yxatga olingan kasallanish holatlari ehtimoliy tabiiy kechish holati kasalxonalarda zarur bo‘ladigan o‘rin-joylar soni, ularga sarf bo‘ladigan dori-darmonlar qiymati emlashdan oldingi va emlashdan keyingi davrda qiyosiy baholandi, emlash o‘tkazilgan vaqtda kasallanishlarning oldini olinishi tufayli tejaladigan sarf harajat hisoblab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: matematik modelni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish orqali bevosita va bilvosita xarajatlarni kamaytirish hisobiga tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mni tejalish imkonini beradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash samaradorligini bashoratlash orqali kelajakda COVID-19 infeksiyasini aholi orasida sezilarli darajada kamayishi, shu orqali tumanlar kesimida 16 million 364 ming 820 so‘mning tejalishiga imkon beradi.
O‘.A.Yodgorovning «COVID-19 epidemiologik xususiyatlari va uning epidemiologik nazoratini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotidan olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 9-sonli xulosasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.