Shodiev Ulug‘bek Doniyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 dan keyingi serebro-astenik sindromini tashxislash va davolash xususiyatlari» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2785.
Ilmiy raxbar: Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, rofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, PhD.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karpov Sergey Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan hastalangan engil va o‘rta og‘ir shakllarini boshdan kechirgan bemorlarda COVID-19ning asorati serebro-astenik sindromning shakllanish xususiyatlarini inobatga olgan holda samarali davolash tratibini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan hastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 ning asorati serebro-astenik sindromi va xavotirlik fobik sindromi qayd qilingan patsientlarga nisbatan asab ruhiy tizimidagi  o‘zgarishlar isbotlangan;
COVID-19 dan keyingi serebro-astenik sindromida FSS, ShAS va MMSE shkalalari natijalari asteniyaning baholashning turli gradatsiyalarida kognitiv disfunksiya sindromlari rivojlanishi va ularning patsientlarning hayot sifatiga ta’siri asoslangan;
COVID-19 ning serebro-astenik sindromida Zung, Beck, Sheehan shkalalari tekshiruvi natijasida xastalikni o‘tkazgan patsientlarda xavotirli fobiyaning kuchli kechishini ballar natijasida asab tizimini o‘zgarishlarni yuzaga kelishi va bemorlarning hayot sifatiga samarli ta’sirining o‘rni isbotlangan;
COVID-19 ning serebro-astenik va xavotirli fobik sindromlarini tashxislash hamda davolashning samarali tartibi natijasida patsientlarda asoratlarning kamayishiga qaratilgan biomarkerlarning o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 5 noyabrdagi 01-4/255-A-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yildagi 5 noyabrdagi 01-4/255-A-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromini charchoq, xolsizlikning xavotirlik fobik sindromi qayd qilingan patsientlarga nisbatan asab ruhiy tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarining o‘rni isbotlangan, Samaraqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 26.07.2023 yildagi 70-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromning asosiy klinik belgilarining yuzaga kelishidagi eng asosiy simptomlaridan biri hisoblangan turli darajadagi charchash hamda xolsizlikning yuzaga keltirishdagi asab tizimining o‘zgarishlari xavotirli fobik sindromi qayd qilingan patsientlarga nisbatan o‘ziga xosligi o‘rni nevrologik statusda qayd qilinganligi orqali funksional o‘zgarishlarni yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromini bartaraf etish uchun ishchilarning ish haqidan tashqari shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 206 508 so‘mni tashkil qiladi; shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-darmonlar uchun 61 666 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 24 027 so‘mni, xo‘jalik buyumlari uchun 37 413 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 83 400 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromini bartaraf etish uchun 1 nafar patsient uchun budjet mablag‘laridan 206 508 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
COVID-19 ning serebro-astenik sindromida FSS, ShAS va MMSE shkalalari natijalari asteniyani baholashning turli gradatsiyalarida kognitiv disfunksiya sindromlari rivojlanishi va ularning patsientlarning hayot sifatiga ta’siri asoslanganligi Samaraqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 11.07.2023 yildagi 65-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 26.07.2023 yildagi 70-T sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli serebro-asteniya (birinchi guruh) va xavotirli fobik (ikkinchi guruh) sindromi mavjud bemorlar nevrologik-kognitiv shkalalar tekshiruvi o‘zaro solishtirilganda, birinchi guruh bemorlari, kutilganidek ShAS va FSS shkalalari bo‘yicha, ikkinchi guruhdagi patsientlarga nisbatan ishonchliligi va ikkinchi guruhga nisbatan ustunlikka egaligi baholanganligi orqali nevrologik o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 asorati serebro-astenik sindromida FSS, ShAS va MMSE shkalalari natijalari asteniyaning baholashning turli gradatsiyalarida kognitiv disfunksiya sindromlari rivojlanishi va ularning patsientlarning hayot sifatiga ta’sirini kamaytirish maqsadida shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 206 508 so‘mni tashkil qiladi; shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-darmonlar uchun 61 666 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 24 027 so‘mni, xo‘jalik buyumlari uchun 37 413 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 83 400 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromini bartaraf etish uchun 1 nafar patsient uchun budjet mablag‘laridan 206 508 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
COVID-19 ning serebro-astenik sindromida Zung, Beck, Sheehan shkalalari tekshiruvi natijasida xastalikni o‘tkazgan patsientlarda xavotirlik qo‘rquvning kuchli kechishini ballarini natijasida asab tizimini o‘zgarishlarni yuzaga kelishi va bemorlarning hayot sifatiga samarali ta’siri doirasining o‘rni Samaraqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (11.07.2023 y.; №65) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha (26.07.2023 y.; №70-T) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 asorati sindromi indusirlagan serebro-asteniya va xavotirli fobik belgilari mavjud bemorlarda, MNT nisbatan kuchliroq zararlanganligi sababli ShAS shkalasi natijasi deyarli birinchi guruhga tengligi, Zung, Beck va Sheehan shkalalarining natijalari asosida yuqoriligi baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 asorati serebro-astenik sindromida Zung, Beck, Sheehan shkalalari asosida xastalikni o‘tkazgan patsientlarda xavotirli fobiyaning kuchli kechishini ballar natijasida asab tizimini o‘zgarishlarni yuzaga kelishi va bemorlarning hayot sifatiga samarali ta’sirini baholash natijasida shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 206 508 so‘mni tashkil qiladi; shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-darmonlar uchun 61 666 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 24 027 so‘mni, xo‘jalik buyumlari uchun 37 413 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 83 400 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asorati serebro-astenik sindromini bartaraf etish uchun 1 nafar patsient uchun budjet mablag‘laridan 206 508 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
COVID-19 ning serebro-astenik va xavotirli fobik sindromlarini tashxislash va davolashning samarali tartibi natijasida patsientlarning asoratlarning kamayishiga qaratilgan biomarkerlarning o‘rni va ahamiyati isbotlangan, Samaraqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha (11.07.2023 y.; №65) hamda Respublika  shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha (26.07.2023 y.; №70-T) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 asorati sindromi mavjud bemorlarda D-dimer, IL-6, SRO, ferritin ko‘rsatkichlarini barchasi nazorat guruhi ko‘rsatkichlaridan statistik ishonchli yuqoriligini baholash orqali xastalikni davolashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 asorati serebro-astenik va xavotirli fobik sindromlarini tashxislash va davolashning samarali tartibi natijasida patsientlarda asoratlarning kamayishiga qaratilgan biomarkerlarning o‘rni va ahamiyatini baholash uchun shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 206 508 so‘mni tashkil qiladi; shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-darmonlar uchun 61 666 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 24 027 so‘mni, xo‘jalik buyumlari uchun 37 413 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 83 400 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir shakllari bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan COVID-19 asoarti serebro-astenik sindromini bartaraf etish uchun 1 nafar patsient uchun budjet mablag‘laridan 206 508 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish