Karshieva Dilovar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tamaki chekuvchi insonlarning stomatologik holatini baholash va ularda davo- profilaktik choralarni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/3601.
Ilmiy rahbar: Kazakova Nozima Nodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Igor Sergeevich Kopeskiy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik nomidagi universitet (Slovakiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tamaki chekuvchilarda stomatologik holatini, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatini va ularda uchraydigan yassi leykoplakiyaning klinikasini har tomonlama klinik-laborator o‘rganish va ularda davo-profilaktik choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tamaki chekuvchilarda chekish muddatiga qarab og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini rivojlanishida klinik, funksional va sitologik tadqiqot usullaridan foydalangan holda kompleks yondashuv dasturlarning ahamiyati isbotlangan;
elektron tamaki chekuvchi insonlarda og‘iz suyuqligining miqdor va sifatidagi o‘zgarishlari stomatologik kasalliklarning kelib chiqishidagi asosiy omil ekanligi isbotlangan;
ko‘p yillik chekuvchilarda progressiv kechuvchi tarqalgan parodontit kasalligi chekish natijasida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasining juda past darajasi hisobiga rivojlanishi aniqlangan;
yassi leykoplakiyaning rivojlanish xususiyatlari, patogenezi, o‘sish shakli, jarohatlar soni va uning turli xil variantlari kombinatsiyasini hisobga olgan holda  mukammallashtirilgan davo-profilaktik choralarining afzalligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 4 dekabr` №23-Z/091 son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tamaki chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining yuqori tarqalishi hamda yassi leykoplakiyaning klinik kechish xususiyatlari va sitologik tekshiruv bo‘yicha tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar ushbu toifadagi bemorlar kasalliklarini tashxislash, oldini olish va davolashni hisobga olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2023 y.; № 29) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2023 y.; №26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar chekuvchilarda leykoplakiyaga ega bemorlarda erta tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki chekuvchilarda yassi leykoplakiyani yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tamaki chekuvchi insonlarning stomatologik holatini baholash va ularda davo-profilaktik choralarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdagi 04/5738 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: chekuvchi bemorlarda yassi leykoplakiyaga tashxis qo‘yish uchun funksional (og‘iz suyuqligining rN-metriyasi, so‘lak ajralish tezligi parametrlarini aniqlash) va turli tekshirish usullaridan foydalanish taklif etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2023 y.; №29) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2023 y.; №26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar chekuvchilarda leykoplakiyaga ega bemorlarda erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki chekuvchilarda yassi leykoplakiyani yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tamaki chekuvchi insonlarning stomatologik holatini baholash va ularda davo-profilaktik choralarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdagi 04/5738 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tamaki chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining tarqalishi va yassi leykoplakiyaning intensivligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ularning stomatologik yordamga bo‘lgan ehtiyojini va uning xarakterini aniqlash va ushbu toifadagi bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatishning tashkiliy asoslarini ishlab chiqish uchun foydalanilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; № 29) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2022 y.; №26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar chekuvchilarda leykoplakiyaga ega bemorlarda erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki chekuvchilarda yassi leykoplakiyani yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tamaki chekuvchi insonlarning stomatologik holatini baholash va ularda davo-profilaktik choralarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdagi 04/5738 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Buxoro viloyatidagi nazoratda turgan chekuvchi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va og‘iz suyuqligida o‘rganilgan xarakterli o‘zgarishlar profilaktik tekshiruvlar, tibbiy ko‘riklar va chekishni tashlash bo‘yicha individual “Biz chekishga qarshimiz” shiori ostida suhbatlar olib borishni takomillashtirish. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2023 y.; №29) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2023 y.; №26) bilan markaz va uning hududiy  filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar chekuvchilarda leykoplakiyaga ega bemorlarda erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki chekuvchilarda yassi leykoplakiyani yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tamaki chekuvchi insonlarning stomatologik holatini baholash va ularda davo-profilaktik choralarni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdagi 04/5738 sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish