Urinova Rozagul Shaxobiddin kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarda jinsiy a’zolarining erta prolaps muammosini davolashda yangi texnologiyalar”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2618.
Ilmiy rahbar: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: reproduktiv yoshdagi ayollarda differensiyallanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziya hisobiga rivojlangan jinsiy a’zolarning prolapsini davolash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor reproduktiv yoshdagi ayollarda genital prolapsning (GP) erta rivojlanishiga turtki bo‘lgan 2 va undan ortiq tug‘ruq (51,7%), tug‘ruq travmatizmi (12,3%), patologik kechgan tug‘ruq jarayoni (shiddatli tug‘ruq, uzoq kechgan 2-davr) (12,1%), oshqozon-ichak kasalliklari (kolit) (10,3%), jinsiy yo‘llarni yallig‘lanish kasalliklarini qaytalanishi (39,7%), nafas yo‘llaritsh surunkali kasalliklari (28,4%), varikoz kasalligi (18,1%) kabi patologiyalarning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor GP bor reproduktiv yoshdagi ayollarda differensiyallanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziya (DBTD) chastotasi aniqlandi, bu 70,8% ni tashkil etdi va GP ni aniqlashning asosiy omillaridan biri bo‘lib, bu biriktiruvchi to‘qima metabolitlar miqdorini o‘zgarishlar bilan tasdiqlandi; DBTD fonida GPda biriktiruvchi to‘qimalarning katabolizmining kuchayishi, bu uning qondagi neytrofil elastazasi va siydikdagi oksiprolin kabi metabolitlarining ko‘payishi va qondagi elastin va magniyning past miqdori bilan tasdiqlandi va tos bo‘shlig‘i mushaklarining rivojlanishi xususiyatlari aniqlangan;
DBTD va genital prolapsning og‘irligi bilan biriktiruvchi to‘qima almashinuvi ko‘rsatkichlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik: qon zardobidagi neytrofil elastaza darajasi va siydikdagi oksiprolin ahamiyatin darajasi DBTD fonida genital prolapsning mavjudligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik (r=0,84, R<0,001) va qon zardobidagi elastin va magniy darajasiga teskari bog‘liqlik aniqlangan (r =-0,85, P<0,05);
reproduktiv yoshdagi ayollarda DBTD tufayli jinsiy a’zolarning prolapsini davolashda kaminvaziv usuli ishlab chiqildi va davolashda zamonaviy biologik parchalanadigan iplarning samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi xulosasiga (2023-yil 25-maydagi 03-23/12-t-son) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda genital prolapsning erta rivojlanishi uchun eng ko‘p uchraydigan xavf omillari aniqlandi: 2 va undan ortiq tug‘ruq (51,7%), tug‘ruq travmatizmi (12,3%), patologik kechgan tug‘ruq jarayoni (shiddatli tug‘ruq, uzoq kechgan 2-davr) (12,1%), oshqozon-ichak kasalliklari (kolit) (10,3%), jinsiy yo‘llarni yallig‘lanish kasalliklarini qaytalanishi (39,7%), surunkali nafas yo‘llari kasalliklari (28,4%), varikoz kasalliklari (18,1%), bu tug‘ruqdan keyin tos mushaklarini tiklanishi uchun noqulay fon bo‘lib xizmat qildi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda aniqlangan xavf omillarga asoslanib, ularning genital prolapsning erta rivojlanishi xavf guruhiga bo‘lgan munosabatini va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan omillarga qarshi profilaktika choralarini ko‘rish zarurligini aniqlash mumkin. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahri 8-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023 yilning 7 iyundagi 184-son buyruq hamda Toshkent shahri 9-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023-yil 9-iyundagi 74-son buyruq bilan joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv yoshdagi ayollarda genital prolapsning erta rivojlanishi uchun xavf omillarini aniqlash va ularni profilaktikasini o‘tkazish patologiyaning erta rivojlanishiga va uning o‘rta-og‘ir va og‘ir bosqichga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi va taklif etilayotgan boshqaruv algoritmi samaradorligini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: genital prolapsning erta rivojlanishi va oldini olish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarni boshqarishga kompleks yondashuv nafaqat patologiyaning, balki uning og‘ir shakllarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Xulosa: GPning erta rivojlanishi bilan reproduktiv yoshdagi ayollarni boshqarishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va patologiyani kaminvaziv usul yordamida davolash GP ning og‘ir shakllariga o‘tishni oldini olishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta GP ning erta rivojlanishi bilan reproduktiv yoshdagi ayollarda DBTD chastotasi aniqlandi, bu 70,8% ni tashkil etdi va patologiyani asosiy omillaridan biri bo‘lib biriktiruvchi to‘qima metabolitlari darajasi o‘zgarishi bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahri 8-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023 yilning 7 iyundagi 184-son buyruq hamda Toshkent shahri 9-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023-yil 9-iyundagi 74-son buyruq bilan joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta rivojlangan genital prolapsi bor ayollarda DBTD klinik belgilarini aniqlash va jinsiy a’zolarning prolapsini shaxsiylashtirilgan boshqaruv va davolash operatsiyadan keyingi davr asoratlarini 1,8 baravar va patologiyaning qaytalanishiga 2 marta kamaytirishga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: DBTD fonida erta rivojlangan GPsi bor ayollarni biologik parchalanadigan iplardan foydalangan holda kaminvaziv davolash usuli va shaxsiylashtirilgan boshqaruv algoritmi taklif qilindi. Klinik va iqtisodiy samaradorlik kasalxonada qolishning qisqarishi, jarrohlik xarajatlari, operatsiyadan keyingi asoratlar sonining kamligi va ularni davolash xarajatlari bilan bog‘liq. Xulosa: DBTD fonida erta rivojlangan GP bor ayollarda biologik parchalanadigan iplar yordamida kaminvaziv davolash usulidan foydalanish an’anaviy kolpoperineolevatoplastikaga qaraganda arzonroq narxni va katta klinik samaradorlikka olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: DBTD fonida GPda biriktiruvchi to‘qimalarning katabolizmining kuchayishi aniqlandi, bu uning qondagi neytrofil elastaza va siydikda oksiprolin kabi metabolitlari darajasining oshishi va elastin va magniyning pastligi bilan tasdiqlangan tos bo‘shlig‘i mushaklarining rivojlanish xususiyatlarini aniqlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahri 8-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023 yilning 7 iyundagi 184-son buyruq hamda Toshkent shahri 9-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023-yil 9-iyundagi 74-son buyruq bilan joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: DBTD fonida reproduktiv yoshdagi ayollarda jinsiy a’zolar prolapsining erta rivojlanishi profilaktikasini o‘tkazish va biriktiruvchi to‘qimalarning metabolitlarini aniqlash orqali samaradorligini baholash, oldini olishning uzluksizligi va davomiyligini aniqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: DBTD klinik belgilarini operatsiyadan oldin erta aniqlash va biriktiruvchi to‘qima metabolitlari darajasini tekshirish orqali og‘irlik darajasini aniqlash reproduktiv yoshdagi ayollarda GP ni davolash usulini tanlash imkonini beradi. Bu operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 2 martadan ko‘proq kamaytirish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, 1 bemorga asoratlarni davolash uchun 428 333,27 so‘mga, residivni davolash uchun esa 1 bemorga 3 228 333,27 so‘mga arzonlashadi. Xulosa: tadqiqot natijalari GP ni davolash usulini tanlashda shaxsiy yondashuv uchun DBTD ning klinik belgilarini aniqlash va biriktiruvchi to‘qima metabolitlari ko‘rsatkichlari asosida og‘irlik darajasini aniqlash zarurligini ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta reproduktiv yoshdagi ayollarda DBTD fonida GPning erta rivojlanishida biologik parchalanadigan iplar yordamida kaminvaziv davolash usulini qo‘llash samaradorligi aniqlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahri 8-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023 yilning 7 iyundagi 184-son buyruq hamda Toshkent shahri 9-sonli tug‘ruq kompleksi amaliyotiga 2023-yil 9-iyundagi 74-son buyruq bilan joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: GPni davolashda biologik parchalanadigan iplardan foydalanish, an’anaviy operatsiyalar bilan solishtirganda, bemorlarning 96,7% da samaradorlikni ko‘rsatdi, bu esa erta bosqichlarda sezilarli darajada tos mushaklarini tiklanishiga, to‘qimalar minimal shikastlanishi, jarrohlik paytida va uzoq muddatli asoratlari kamayishiga, mehnat qobiliyatini tez tiklashiga, ayollarning jinsiy funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorlik: 1) kasalxonada qolish muddati 4,5 kundan 0,5 kungacha qisqartirildi, bu esa xarajatlarni 795000 so‘mga qisqartirdi; kasalxonada qolish muddatini bir necha kunga qisqartirish orqali kamroq dori-darmonlar talab qilinadi (1 kunda o‘rtacha 70 000 so‘m dori iste’mol qilinadi); oziq-ovqat xarajatlari kamayadi (1 kun uchun o‘rtacha 30 000 so‘m). Xulosa: Biologik parchalanadigan iplar yordamida kaminvaziv usuldan foydalanish an’anaviy perineolevatoplastikaga nisbatan har bir bemor uchun 3 228 333,27 so‘m (2,6 baravar) tejash imkonini berdi; 2) GP ni biologik parchalanadigan iplar bilan davolashning kaminvaziv usuli birlamchi tibbiy yordam akusher-ginekolog tomonidan anesteziolog va qo‘shimcha jihozlarsiz amalga oshirilishi mumkin, bu esa har bir bemor uchun 3 228 333,27 so‘mga xarajatlarni kamaytiradi.