Po‘latova Sarvinoz Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mif va asotirlarga oid leksik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Fil.1835.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari insitituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi mif va asotirlarga xos leksik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish hamda chog‘ishtirilayotgan tillarda o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillariga xos mif va asotirlardagi leksemalarning konseptuallashuv tizimining kuzatilishi natijasida mifologiyaga yangicha yondashuv – lisoniy va lingvomadaniy hodisa deb qaralishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi taomil va urflar, udum va rivoyatlar, mifologema va arxetiplar bo‘yicha qo‘llaniladigan miflashtirilgan leksik birliklar – mif va asotirlarda olam, samoviy jismlar, odamning yaratilishi, muayyan e’tiqodiy ishonchlarga doir, ajdodlar haqidagi, vaqt, makon bilan bog‘liq ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik hamda vatan, jasorat, baxt konseptlarining izomorfik va allomorfik xususiyatlari dalillangan;
mif va asotirlarga xos leksik birliklarning ma’no jihatidan ingliz tilshunosligida qirollar (kings), mashhur shaxslar (famous people) hamda hayvon va mavjudotlar (animals and creatures), o‘zbek tilshunosligida esa antopogenik, suv va tabiat hodisalari haqidagi hamda dualistik kabi semantik maydonlarga birlashishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarining mif va asotirlariga oid qahramonlar, dualistik miflar, hayvon va mavjudotlarning ijobiy yoki salbiy xarakteri, tashqi ko‘rinishi, amallarini ifodalab kelishi jihatidan o‘xshash hamda qo‘llaniladigan mifologik leksik birliklarning nomigina ushbu xalq va millatning tilida aks ettishi kabi farqli jihatlarini namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari mif hamda asotirlarda qo‘llaniladigan leksik birliklarning shakllanishi, rivojlanishi, semantik va lingvomadaniy xususiyatlarining chog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillariga xos mif va asotirlardagi leksemalarning konseptuallashuv tizimining kuzatilishi natijasida mifologiyaga yangicha yondashuv – lisoniy va lingvomadaniy hodisa deb qaralishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanali orqali efirga uzatilgan “Good morning, Uzbekistan!” ko‘rsatuvining tilni chuqur o‘rganishga qaratilgan darslarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 05-05-1629-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi mif va asotirlarga xos bo‘lgan leksemalarning semantik maydoni, lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularning o‘ziga xos o‘xshashlik va farqli jihatlarini chog‘ishtirma tahlil orqali tanishtirish tinglovchilar bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi taomil va urflar, udum va rivoyatlar, mifologema va arxetiplar bo‘yicha qo‘llaniladigan miflashtirilgan leksik birliklar – mif va asotirlarda olam, samoviy jismlar, odamning yaratilishi, muayyan e’tiqodiy ishonchlarga doir, ajdodlar haqidagi, vaqt, makon bilan bog‘liq ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik hamda vatan, jasorat, baxt kabi konseptlarining izomorfik va allomorfik xususiyatlariga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 10-apreldagi 04/11-1938-son ma’lumotnomasi). Natijada, mifologiyaning lisonoiy hamda lingvomadaniy xususiyatlari chog‘ishtirilayotgan tillarda tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos va farqli jihatlarini ochib berilganligi, shuningdek, ingliz va o‘zbek tilshunosligida mif va asotirlarni konseptlarga ajratilgan holda o‘rganilganligiga oid o‘quv materiallari asosida magistratura talabalari uchun tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning ilmiyligini oshirishga erishilgan;
mif va asotirlarga xos leksik birliklarining ma’no jihatidan ingliz tilshunosligida qirollar (kings), mashhur shaxslar (famous people) hamda hayvon va mavjudotlar (animals and creatures), o‘zbek tilshunosligida esa antopogenik, suv va tabiat hodisalari, dualistik kabi semantik maydonlarga birlashishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 4 apreldagi 04/11-1780-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur platformani aniq va izohlangan ma’lumotlar hamda ularga mos rasm va tarqatma materiallarning mazmunini boyitilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish