Ramazonova Feruza Xudoynazarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirish texnalogiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isomiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ne’matov Shuhrat Ergashovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga e’tiqodni rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirishning o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik va kreativlik kabi pedagogik shart-sharoitlari shaxsiy va kasbiy sifatlarga qo‘yiladigan pedagogik va kompetensiyaviy talablarni integratsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida tashkil etilgan ta’lim tizimida talabalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va kasbga e’tiqodni rivojlantirishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish orqali pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida pedagogik yo‘nalishdagi fanlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan o‘quv va pedagogik amaliyot bosqichlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan o‘qitish shakllari orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga e’tiqodni rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksivlik kabi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda kasbga e’tiqodni rivojlantirish texnologiyasi tizimli yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirish asosida  o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik va kreativlik kabi pedagogik shart-sharoitlari shaxsiy va kasbiy sifatlarga qo‘yiladigan pedagogik va kompetensiyaviy talablarni integratsiyalashga oid xulosa va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-796/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va kasbga e’tiqodni rivojlantirishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish orqali pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga imkon yaratgan;
pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida talabalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va kasbga e’tiqodni rivojlantirishga mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish orqali pedagogik faoliyatga tayyorlash hamda pedagogik yo‘nalishdagi fanlarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan o‘quv va pedagogik amaliyot bosqichlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan o‘qitish shakllari orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga e’tiqodni rivojlantirishda ijodkorlik, izlanuvchanlik va tadqiqotchilik kabi pedagogik xususiyatlariga bo‘lgan rag‘batlantirishning motivatsion ta’sirini ochib berishga hamda kasbga e’tiqodni loyiha, muammoli ta’lim, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini qo‘llash hamda andragogik ta’lim talablari asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar va xulosalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-631-sonli guvohnomasi) Natijada talabalarda o‘qituvchi-tarbiyachilik kasbiga bo‘lgan hurmatni oshirishga, ularda pedagogik faoliyatga nisbatan qiziqish, e’tiqod, ta’lim-tarbiyaga doir ma’lumotlarni kengaytirishga, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-estetik bilimlarini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksivlik kabi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda kasbga e’tiqodni rivojlantirishga tizimli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 2-martdagi 02-07-796/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik yo‘nalishdagi fanlar integratsiyasi asosida kasbga e’tiqodni rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish