Sayfullaev Behruz Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston – Hindiston munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1281.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Sc/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Mirzohid Akromovich, tarix fanlar doktori, professor; Nayimov Otabek Mardonovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Hindiston Respublikasi bilan diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalari yo‘lga qo‘yilishi va 1991–2021-yillar davomida rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarining birinchi bosqichi asosan ikki tomonlama aloqalar doirasida yo‘lga qo‘yilganligi (1991-2016 yy.), ikkinchi bosqichi sifatida “Markaziy Osiyo-Hindiston” sammiti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik formatida rivojlanib borayotganligi (2017-2021 yy.) ochib berilgan;
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan geografik omilning ta’sirini e’tiborga olgan holda, O‘zbekistonning Xalqaro Shimol-Janub transport koridoriga (INSTC) a’zo bo‘lish imkoniyatlari va zaruriyati ikki tomonlama milliy manfaatlardan kelib chiqishi asoslangan;
davlatlar o‘rtasida madaniy diplomatiya va xalq diplomatiyasi yo‘nalishidagi madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishida milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari ishtirokining muhimligi “O‘zbekiston-Hindiston”, “Hindiston-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlari, O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan Hind madaniyat markazining faoliyati natijalari asosida ochib berilgan;
O‘zbekistonda saqlanib qolgan buddaviylik dini yodgorliklarining hindistonlik sayyohlar uchun istiqbolli ziyorat turizmi maskanlariga aylanishi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, Surxondaryoning Qoratepa, Ayritom, Dalvarzintepa, Fayoztepalarda gastronomik va eko turizmni tashkil qilish kelgusidagi hamkorlik sur’atlariga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanish va rivojlanish tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarining birinchi bosqichi (1991-2016 yy) ikki tomonlama aloqalar doirasida yo‘lga qo‘yilganligi, ikkinchi bosqichi sifatida “Markaziy Osiyo-Hindiston” sammiti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik formatida rivojlanib borayotganligi (2017-2021 yy) borasida olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 18/3438535-son ma’lumotnomasi). Natija sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan geografik omillar hamda O‘zbekistonning Xalqaro Shimol-Janub transport koridoriga (INSTC) a’zo bo‘lish zaruriyati va imkoniyatlari to‘g‘risidagi olingan ilmiy xulosalardan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligi yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan nashr etilgan, ro‘yxatga olish raqami 106-042). Tadqiqot natijalari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligining 4-bo‘limidagi “O‘zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalari” nomli 12-mavzuni yozishda materialni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
davlatlar o‘rtasida madaniy diplomatiya va xalq diplomatiyasi yo‘nalishidagi madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishida milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari ishtirokining muhimligi “O‘zbekiston-Hindiston”, “Hindiston-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlari, O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan Hind madaniyat markazining faoliyati natijalari borasidagi olingan ilmiy xulosalardan Dehli universitetining Tarix, Siyosatshunoslik kafedralarida tahsil olayotgan talabalariga hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari doirasida tashkillashtirilib kelingan xalqaro konferensiya va nazariy dars jarayonlarida foydalanilgan (Hindiston Respublikasi Dehli universitetining 2023-yil 25-yanvardagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi Dehli universitetida o‘quv kurslarini samarali tashkil etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda saqlanib qolgan buddaviylik dini yodgorliklarining hindistonlik sayyohlar uchun istiqbolli ziyorat turizmi maskanlariga aylanishi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, Surxondaryoning Qoratepa, Ayritom, Dalvarzintepa, Fayoztepalarda gastronomik va eko turizmni tashkil qilish kelgusidagi hamkorlik sur’atlariga ijobiy ta’sir etishiga oid nazariy va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvida taqdim etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 3-avgustdagi 06-28-1235-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekistonning Hindiston bilan strategik darajada amalga oshirib kelinayotgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikning mazmun-mohiyatini aholiga xolisona etkazishga xizmat qilgan.