Shamsiddinova Ozoda Bo‘rievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oila a’zolarining turar joylardan foydalanish huquqini amalga oshirish masalalari (nazariya va amaliyot)”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu427.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi B2021.1.PhD/Yu473
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Baratov Mirodil Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila a’zolarining turar joylardan foydalanish huquqini amalga oshirish masalalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga ko‘ra mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif asoslab berilgan;
er uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida er uchastkasi berilishi asoslantirilgan;
uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar  mavjudligi sababli, ularni olib tashlanishi asoslantirilgan.
kreditorlarga, shuningdek boshqa shaxslarga o‘zining o‘zga yashash joyi haqida xabar bermagan fuqaro, buning oqibatlarini o‘z zimmmasiga olishi, fuqaroning yashash joyi haqidagi ma’lumotlar o‘zgarishi oqibatlari uchun mas’uliyatini ifodalashi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
turar joy mulkdorning oila a’zolari sifatida er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari qatorida ularning er-xotinlari, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan  tan olinishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif Uy-joy kodeksining 32-moddasiga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-son Qonuni bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021-yil 30-noyabrdagi 39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif uy-joy mulkdori oila a’zolarining huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
er uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida er uchastkasi berilishiga oid taklif Uy-joy kodeksining 28-moddasiga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 11-oktyabrdagi O‘RQ-497-son Qonuni bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar tayyorlashda inobatga olingan  (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021-yil 30-noyabrdagi 39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif uy-joy mulkdorining huquqlarini ta’minlash kafolatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
kreditorlarga, shuningdek boshqa shaxslarga o‘zining o‘zga yashash joyi haqida xabar bermagan fuqaro, buning oqibatlarini o‘z zimmmasiga olishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan Fuqarolik kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 15-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqaroning yashash joyi haqidagi ma’lumotlar o‘zgarishi oqibatlari uchun mas’uliyatini ifodalagan;
uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar olib tashlanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.1993-yildagi 114-son qarori 2-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalari”ga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi 593-sonli qarori bilan qabul qilingan yangi  tahririni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-yil, 09/20/593/1340-son) shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-avgustdagi 12-15-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolarning huquqini himoya qilish asoslarini aniqlashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish