Xonnazarov Elyor G‘ofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili korpusi uchun zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni annotatsiyalash”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1096.
Ilmiy rahbar: Azimova Iroda Alisherovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmanova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili korpusi uchun tilda mavjud zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni modellashtirish va annotatsiyalashni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida zamon ifodalovchi grammatik shakllarning boshqalaridan farqlanuvchi bevosita kuzatganlik yoki bilvosita xabar topganlik, statik yoki dinamik harakat-holatlar uchun xoslanganlik, subektiga urg‘u berish, nutq momentiga bilvosita bog‘lanish kabi xususiyatlari aniqlangan;
zamonni annotatsiyalashning grammatik, semantik va kontekstual darajalari ajratilib, davomli zamon qo‘shimchalarini qabul qilishda fe’l leksik ma’nosining ta’siri ochib berilgan hamda zamonni annotatsiyalashning kontekstual darajasi dalillangan;
zamon shakllarining tilda vaziyatlarga oid qo‘llanilishlari va nutqda faollik darajasi har xilligining og‘zaki yoki yozma nutqda uchrashi, badiiy uslub uchun xoslanganligi, tarixiylashayotganligi kabi sabablari ochib berilgan;
zamon shakllarini annotatsiyalash jarayonida yuzaga keladigan grammatik shakllarning omonimligi va ko‘p ma’noliligi bilan bog‘liq dasturda xatolikka sabab bo‘ladigan muammolarni morfotaktik qoidalar asosida echish yo‘llari isbotlangan.     
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili korpusi uchun zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni annotatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamon shakllarini annotatsiyalash jarayonida yuzaga keladigan grammatik shakllarning omonimligi va ko‘p ma’noliligi bilan bog‘liq dasturda xatolikka sabab bo‘ladigan muammolarni morfotaktik qoidalar asosida echish yo‘llari, davomli zamon qo‘shimchalarini qabul qilishda fe’l leksik ma’nosining ta’siri haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2022-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 24-noyabrdagi 01-3230-son ma’lumotnomasi). Natijada korpus matnidagi zamon shakllarini annotatsiyalash uchun lingvistik ta’minot ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilida zamon ifodalovchi grammatik shakllarning boshqalaridan farqlanuvchi bevosita kuzatganlik yoki bilvosita xabar topganlik, statik yoki dinamik harakat-holatlar uchun xoslanganlik, subektni tavsiflash, nutq momentiga bilvosita bog‘lanish kabi xususiyatlariga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 24-noyabrdagi 01-3229-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma zamon shakllarining turli nutqiy vaziyatlarda qo‘llanilishiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
zamon shakllarining nutqda faollik darajasi har xilligining og‘zaki yoki yozma nutqda uchrashi, badiiy uslub uchun xoslanganligi, tarixiylashayotganligi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “O‘zbekiston” radiosi orqali efirga uzatilgan radiomuloqotning    21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining   2022-yil 15-noyabrdagi 04-32-1127-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish