Amonov Shermuxammad Normurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad Tabibiy turkiy devonlari qo‘lyozmalarining qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil215.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Zohidov Rashid Fozilovich, filologiya fanlari doktori, professor;  To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori, professor.   
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ahmad Tabibiy ilmiy biografiyasini tiklash, turkiy  tildagi devonlari qo‘lyozmalari genealogiyasini aniqlash, shoir qo‘lyozma va toshbosma manbalari matnini qiyoslash natijasida turkiy devonlarining tayanch manbalarini belgilash, qo‘lyozmalardagi matniy tafovutlarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, shoirning turkiy she’riyati janrlari, mavzu ko‘lami va miqdorini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Tabibiy hayoti va tarjimayi holi – ijtimoiy kelib chiqishi, tavalludi va vafoti sanalari, oilaviy muhiti, faoliyatiga oid ma’lumotlar tarixiy, adabiy birlamchi manbalar  asosida aniqlanib, ilk bora to‘liq ilmiy biografiyasi yaratilgan;
O‘zRFA ShIdagi shoirning turkiy tildagi devonlari manbalari aniqlanib, ularning monografik tavsifi amalga oshirilgan hamda qo‘lyozma va toshbosma manbalarni qiyoslash natijasida 6226, 3460, 1122, 1123, 1148, 6949 raqamli qo‘lyozma devonlar, Ozarbayjon FA Qo‘lyozmalar instituti fondidagi C-767 raqamli qo‘lyozma tayanch nusxa ekanligi aniqlangan;
O‘zR FAShI instituti qo‘lyozmalar fondidagi 1133, 1157, 1175, 1182, 1185, 1196, 2026, 6930 raqamli bayozlar Ahmad Tabibiy devonlari tuzilishida yordamchi manba bo‘lib xizmat qilganligi asoslangan;
aniqlangan yangi devonlari asosida adibning lirik merosi hajmi belgilanib, ularning janri va mavzu ko‘lami tekshirilgan hamda ilm-fanga ma’lum bo‘lmagan 24 janrdan iborat uch mingdan ortiq she’riy asarlar ilmiy iste’molga olib kirilgan;
    Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondidagi 5884/3 raqamli manba Ahmad Tabibiy “Tuhfatu-s-sulton” devonining toshbosma nusxasi ekanligi aniqlanib, shoir lirik asarlari aruzning hazaj, rajaz, ramal, muzori’, mutaqorib, munsarih, mujtass, komil, xafif  bahrlarida yozilgani  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad Tabibiy turkiy devonlari qo‘lyozmalarining qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ahmad Tabibiy devonlarining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari, arxiv hujjatlari asosida shoir adabiy merosi manbalarining to‘liq ilmiy tasnifi va tavsifi amalga oshirilgan hamda shoir biografiyasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170925213 raqamli “O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-iyundagi 04/1-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizdagi va boshqa turli kutubxona va fondlarda saqlanayotgan shoir adabiy merosi manbalari aniqlanib, o‘zbek mumtoz adabiyotiga doir qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish, ko‘p nusxali manbalarning tayanch va yordamchi nusxalarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy tamoyillarni ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
Ahmad Tabibiy ilmiy biografiyasi, xususan, shoirning tavallud sanasi, uning ijtimoiy kelib chiqishi, adabiy merosi ko‘lami, shoirning turkiy devonlari manbalari, ular saqlanayotgan fondlar, shoir devonlari qo‘lyozmalarining tarkibi, lirik merosidan numunalar kirgan turli bayoz hamda to‘plamlarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-iyundagi 04/1-2036-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot Ahmad Tabibiy tarjimayi holi, adabiy merosi ko‘lami, turkiy devonlari manbalari, shoir devonlari qo‘lyozmalarining tarkibiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyigan;
XX asr boshlari Xivada mumtoz adabiy an’analar, lirik janrlar takomili, Xorazm adabiy muhitidagi shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati, adabiy ta’sir masalalariga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillar bajarilgan PZ-20170926459 – “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-iyundagi 04/1-2037-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ahmad Tabibiy ijodiga Navoiy she’riyatining ta’siri masalasi yuzasidan xulosalar berish imkoni yuzaga kelgan;   
o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari o‘z ijodida folklorga va mifologik, afsonaviy obrazlarga  murojaat etgani, ularning xalq og‘zaki ijodida yashab kelgan tushunchalardan she’riyatiga majoz yo‘li bilan olib kirgani, mifologik, afsonaviy obrazlarni ma’lum bir poetik maqsadda qo‘llagani, lirik asarlarida Xizr, Iskandar, Jamshid, Farhod, Majnun, Eram, anqo, Qof, pari, Hotam, Rustam, Yaldo tuni kabi mifologik, afsonaviy obrazlardan ko‘p o‘rinlarda ijodiy foydalangani borasidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillar bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIV asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 10-iyundagi 04/1-2038-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Xorazm adabiy muhiti vakillari ijodida qo‘llangan mifologik va afsonaviy obrazlar tadriji borasidagi tasavvurlar boyigan;     
Xorazm adabiy muhiti, xususan, Ahmad Tabibiy ilmiy biografiyasi, shoirning turkiy devonlari manbalari va ular saqlanayotgan fondlar, shoir devonlari qo‘lyozmalarining tarkibi va ijodiga oid ma’lumotlar, Tabibiy devonlari qiyosiy tahlili, shoir devonlari va turli bayoz va to‘plamlardagi lirik asarlaridan namunalar, shoir ijodidagi yangi janrlar, adabiyotshunoslikda mavjud qarashlarga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Hamma uchun” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 14-iyundagi 02-06-922-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish