Jalolova Feruza Normurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘gay ona” konseptining lingvomadaniy talqini (ingliz va o‘zbek xalq ertaklari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil800.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida “stepmother/o‘gay ona” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari lisoniy voqelanishini chog‘ishtirgan holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi “stepmother/o‘gay ona” konseptining struktur-semantik xususiyatlarini chog‘ishtirish asosida ularning bosh va ko‘chma ma’nolari, matn va lug‘at tarkibidagi tuzulishi kabi leksik-grammatik qurilishi aniqlangan;
g‘arb va sharq xalqlari adabiyotida “o‘gay ona” va “o‘gay qiz” konseptlarini tarixiy-genetik jihatdan chog‘ishtirish asosida bir janrning yuzaga kelishida ikkinchi birining manbalik vazifasini o‘tashi, bir janrga mansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida uchrashi kabi qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridagi “stepmother/o‘gay ona” konsepti chog‘ishtirilayotgan ikkala tilda ham berahm, beshavqat, yovuz ayol sifatida idrok qilinishi kabi lingvomadaniy umumiylik mavjudligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida “stepmother/o‘gay ona” konsepti o‘ziga xos xususiyatli inson fenomini ekanligi hamda o‘gay onaning motivida, xarakterida, tashqi qiyofasida, jamiyatda tutgan o‘rnida va turmush tarzlarida farqli jihatlari borligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek xalq ertaklari misolida “O‘gay ona” konseptining lingvomadaniy talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘arb va sharq xalqlari adabiyotida “o‘gay ona” va “o‘gay qiz” konseptlarini tarixiy-genetik jihatdan chog‘ishtirish asosida bir janrning yuzaga kelishida ikkinchi birining manbalik vazifasini o‘tashi, bir janrga mansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida uchrashi kabi qator o‘ziga xos xususiyatlarga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624–ERR–1–2015–UK–EPPKA2–CBHE–SP–ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 30-avgustdagi 2386/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini yaxshilashda, “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Chog‘ishtirma tilshunoslik”, “Tarjimashunoslik” va “Lingvomadaniyatshunoslik” fanlaridan bilimini oshirishda hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida “stepmother/o‘gay ona” konsepti o‘ziga xos xususiyatli inson fenomini ekanligi hamda o‘gay onaning motivida, xarakterida, tashqi qiyofasida, jamiyatda tutgan o‘rnida va turmush tarzlaridagi farqli jihatlarga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161–TEMPUS–1–2013–1–UK–TEMPUS–JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 30-avgustdagi 2385/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy avlod darsliklarini lingvomadaniy, lingvodidaktik materiallar bilan boyitishga, madaniyatlararo muloqot jarayonlarini to‘g‘ri qo‘llash sifatini oshirish imkoni yaratilgan;
ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridagi “stepmother/o‘gay ona” konsepti chog‘ishtirilayotgan ikkala tilda ham berahm, beshavqat, yovuz ayol sifatida idrok qilinishiga oid tahliliy mulohazalardan O‘zbekistion Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradio kanali DUK muharririyati tomonidan tayyorlangan “Katta tanaffus” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-maydagi 04–36–578-son ma’lumotnomasi). Natijada, “stepmother/o‘gay ona” konseptining lingvomadaniy talqini va xususiyatlari, ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida qo‘llanilishidagi o‘ziga xos o‘xshashlik va farqli jihatlari, tarixiy-genetik xususiyatlari borasidagi bahs-munozaralar bilan boyitilgan.