Imamova Muhabbat Volnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2436.
Ilmiy rahbar: Qiyosov Sherzod Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlarga har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni daromad solig‘idan ozod qilish taklif etilgan;
dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilgan holatda olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
80 baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga yo‘naltirilgan qismi bo‘yicha daromad solig‘idan ozod qilish taklif etilgan;
energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni uskuna o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslar mol-mulk va er soliqlaridan ozod qilish taklif etilgan;
hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarga nisbatan qo‘llaniladigan soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
xususiy MTM va maktablarning ta’limga oid xizmatlaridan aholining foydalanishlarini rag‘batlantirish maqsadida har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni daromad solig‘idan ozod qilishga oid taklif 2022 yil 26 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-785-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq kodeksining 378-moddasi 16-band 2-qism bilan to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023 yil 25 apreldagi
№19/11-42894-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 9733 ta jismoniy shaxs tomonidan farzandlarini nodavlat MTT yoki maktablarda o‘qitish uchun to‘langan mablag‘lari bo‘yicha ularga 15,3 mlrd. so‘m daromad solig‘i qaytarib berilishi ta’minlangan;
jismoniy shaxslarning uy-joy ob’ektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni byudjetdan subsidiyalar ajratilgan holatda soliq davri davomida amaldagi 15 million so‘m emas, balki mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga yo‘naltirilgan qismini daromad solig‘idan ozod qilish yuzasidan berilgan taklif “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaldagi Soliq sodeksining 378-moddasi 16-bandi beshinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023 yil 25 apreldagi №19/11-42894-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu o‘zgartirishning amaliyotga joriy etilishi bilan 1148 ta korxona tomonidan to‘lov manbaida jismoniy shaxslarga
1,2 mlrd.so‘m soliq imtiyozi qo‘llanilgan;
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni soliqlar vositasida rag‘batlantirish maqsadida amaldagi tarmoqlardan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda quyosh batareyalaridan foydalanuvchi shaxslarni - uskuna o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslar mol-mulk va er soliqlaridan ozod qilish bo‘yicha bergan taklifi yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilishda inobatga olingan va Kodeksning 421 va 436-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023 yil 25 apreldagi №19/11-42894-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 15 ta jismoniy shaxs tomonidan 2,4 mln. so‘m miqdorda mol-mulk solig‘i va 2,2 mln. so‘m miqdorda er solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalanilgan;
jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini hisoblashda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash amaliyotida sug‘urta mukofotlarining ish haqi va boshqa daromadlar qismiga oid imtiyozni bekor qilish yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son qonuni bilan Soliq kodeksining 378-moddasi 15-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023 yil 25 apreldagi №19/11-42894-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining ish haqi va boshqa daromadlar qismiga oid daromad solig‘idan ozod qilish imtiyozining bekor qilinishi natijasida davlat byudjetiga qo‘shimcha
738,5 mlrd. so‘m mablag‘ning kelib tushishini ta’minladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish