Xamraqulov Ixtiyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston Respublikasi elektroenergetika korxonalarini barqaror rivojlantirish mexanizmlari”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2523
Ilmiy rahbar: Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Kambarov Jamoldin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida elektroenergetika korxonalarining barqaror rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika tizimidagi “Korxonaning barqaror rivojlanish” konsepsiyasi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
aholi zichligi hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida tizimdagi tabiiy yo‘qotishlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash asoslangan;
elektroenergetika korxonasini barqaror rivojlantirishda “Mobil energo xizmat” guruhini tashkil etish orqali energotejamkorlikni ta’minlash taklifi asoslangan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirish asosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr energetikasi korxonalarini barqaror rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
energetika tizimidagi “Korxonaning barqaror rivojlanish” konsepsiyasi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash orqali takomillashtirish “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ faoliyatiga joriy qilingan. (“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJning 2023 yil 18 maydagi 23/19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida energetika tizimidagi korxonalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar o‘rtasidagi integratsiya ta’minlangan.
aholi zichligi hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida tizimdagi tabiiy yo‘qotishlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash taklifi “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga integratsiyalashgan holda joriy qilingan (“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJning 2023 yil 18 maydagi 23/19-sonli hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 25 maydagi 01-03-10/584- sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi zichligi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabiga qarab, hududlarda kichik hajmdagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish orqali tizimdagi tabiiy yo‘qotishlarni 30% kamaytirish samaradorligiga erishilgan;
elektroenergetika korxonasini barqaror rivojlantirishda “Mobil energo xizmat” guruhini tashkil etish orqali energotejamkorlikni ta’minlash taklifi “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJning 2023 yil 18 maydagi 23/19-sonli hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 25 maydagi 01-03-10/584- sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda energiya quvvatini oshirish va sohada sog‘lom raqobat muhitini tashkil etish, elektr energiyasi sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib, energiya quvvatini oshirish hisobiga, energiya narx (tarif) larini mo‘tadillashtirish, elektr energetikasini ishlab chiqarish sohasida ilg‘or xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy arzon narxlardagi texnologiyalardan foydalanish imkoni yaratilgan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirish asosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ faoliyatini rivojlantirishning istiqboldagi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJning 2023 yil 18 maydagi 23/19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarni barqaror rivojlantirishda iqtisodiy va texnologik samaradorlikni oshirishning o‘rta muddatli istiqboldagi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.