Jo‘raev G‘ulomjon Primovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tibbiy timsollarni sinflashtirishda informativ belgilar majmualarini baholash algoritmlari”, 05.01.03 - “Informatikaning nazariy asoslari”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2478.
Ilmiy rahbar: Nishanov Axram Xasanovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Mahkamov Anvarjon Abdujabborovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy timsollarni sinflashtirishda tashxis obektlar holatlari va informativ belgilar majmualarini baholash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yaqinlik funksiyasi va baholash mezonidan foydalangan holda tashxis obektlarini o‘z sinfini shakllanishiga qo‘shgan hissasini baholash, tashxis obektlar holatlarini baholashga asoslangan hal qiluvchi qoida asosida sinflashtirish va uzoqlik funksiyasidan foydalanib belgilar fazosi o‘lchamini kamaytirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
sinflashtirishdagi xatolik koeffisientlari va belgilarni ifodalashdagi ehtimollik ko‘rsatkichlari asnosida informativ belgilar majmuasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
tibbiy timsollarni sinflashtirishda informativ belgilar majmualarini baholashning ehtimollikka asoslangan imtihon qiluvchi algoritmi ishlab chiqilgan;
tibbiy timsollarni tanib olishda informativ belgilar majmualarining matematik birlashuvi natijasida informativ simptokomplekslarni shakllantirish va ular asosida obektlarning o‘xshashlik darajalarini inobatga olgan holda tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tadqiqotda ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan “Tibbiy timsollarga dastlabki ishlov berish” dasturiy majmuasi hamda “E-ischemic cardio diagnosis” dasturi asosida:
tibbiy tashxis obektlarini o‘z sinfi shakllanishiga qo‘shgan hissasini baholash, sinflashtirish va tashxis obektlari uchun informativ belgilar majmualarini tanlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua “Madad shifo” MChJda joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 33-8/6500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash samaradorligini saqlagan holda “Miokard infarkti” bir jinsli kasalliklar sinfidagi tashxis obektlarini xarakterlovchi belgilar majmuasini 23 tadan 20 taga, “Bosh og‘rig‘i” bir jinsli kasalliklar sinfida esa 44 tadan 38 taga qisqartirilishi soha mutaxassislarining ish unumdorligini o‘rtacha 13 % gacha oshirgan;
tibbiy ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishda informativ belgilar majmualarini tanlash va baholash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi hamda Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 33-8/6500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yurak ishemik kasalliklari bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan bemorlardagi 89 tadan l= 9 ta informativ belgilar majmuasini tanlashda(103 ta to‘qqizta belgilardan iborat informativ belgilar majmuasi tanlangan) klinik belgilar sonini tashxislash sifatini saqlagan holda 49 foizga kamaytirilib, 45 ta belgilardan iborat informativ simptokomplekslarni shakllantirishga erishildi, bu esa ish unumdorligini taxminan 1,5 barobarga oshirgan;
informativ simptokomplekslar asosida tibbiy timsollarni tashxislash algoritmiga muvofiq yaratilgan “E-ischemic cardio diagnosis” dasturi Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi hamda Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 33-8/6500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy tashxislash jarayonlari avtomatlashgan, bunda shifokor tomonidan kasallikka chalingan bemorga yakuniy tashxis qo‘yishga ko‘maklashuvchi tizim yaratilib, tezkorlik va tashxislash ishonchligini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu esa ish samaradorligini 15-20 % oshirishga imkon bergan.