Anorov Rustamjon Abduraxmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan dispers adsorbentlarni regeneratsiyalash va qimmatli ajratilgan mahsulotlarni utilizatsiyalashning ratsional texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T391.
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik - texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasul Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlatilgan adsorbentlardan mineral moylar va parafinlarni regeneratsiya qilish va gilli chiqindilar asosida yangi mahsulotlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mineral moylar va parafinlarni kontakt usulida tozalashdan so‘ng ishlatilgan adsorbentlarning kimyoviy tarkibi, strukturaviy-sorbsion xossalari, gidrofilligi aniqlangan;
benzinni turli nisbatlarida ishlatilgan adsorbentlarni regeneratsiya qilishda bentonitga nisabatan opokalarda g‘ovaklarning radiusiga qarab yuqori bo‘lishi, ishqorlardan esa KON ning konsentratsiyasi oshishi bilan regeneratsiya miqdori oshishi, unga ko‘ra, 20%-li NaOH va 15%-li KON yordamida regeneratsiya qilish maqbul ekanligi aniqlangan;
regeneratsiya qilingan bentonitga nisbatan dastlabki bentonit  namunalari 1,1 barabarga adsorbsion hajmi ko‘pligi aniqlangan;
g‘ovakli keramzit materiali olish uchun ishlatilgan gilli minerallardan qiyosiy taxlili natijasida ko‘pchish darajasi bentonitlarda opokalarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ishlatilgan gilli mineral va defekat yordamida keramzit materiali olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy bentonit, paligorskit, gidroslyudali gil va neftni qayta ishlash zavodining chiqindi bentonitlari asosida burg‘ilash eritmasining sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashi va moylovchi xususiyatni beruvchi kimyoviy reagentlar sarfini kamaytirishi isbotlangan.
mahalliy bentonit, paligorskit, gidroslyudali gil va neftni qayta ishlash zavodining chiqindi bentonitlari asosida burg‘ilash eritmasi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlatilgan adsorbentlardan mineral moylar va parafinlarni regeneratsiya qilish va gilli chiqindilar asosida yangi mahsulotlar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan adsorbentlarni turli erituvchilar yordamida regeneratsiya qilish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 17 apreldagi 02-03-01/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilgan gilli adsorbentlarni regeniratsiya qilib, bir necha bor qayta ishlatish imkonini beradi;
yaroqsiz ishlatilgan gilli adsorbent asosida burg‘ulash eritmalari olish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 17 apreldagi 02-03-01/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatishga yaroqsiz gil minerallari yordamida burg‘ulash eritmasi kompozisiyalarini olish orqali ularni utilizatsiya qilish imkonini beradi;
UT yordamida burg‘ulash eritmasi olish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2023 yil 17 apreldagi 02-03-01/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan gilli minerallarni burg‘ulash eritmasi moylash xususiyatiga ega burg‘ulash eritmasi olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish