Mamasoliev Kazokboyning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosda yotuvchi ko‘p qatlamli plitalarning ichki zo‘riqish kuchlarini baholash uchun matematik model va analitik hisoblash usullari”, 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/FM211.0
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
1.    O‘zR FA akademigi,  t.f.d, professor  T.Sh.Shirinqulov,
2.    O‘zR FA akademigi,  t.f.d, professor  M.M.Mirsaidov.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
1. f.-m.f.d., prof. B.M.Mardonov  – O‘zR FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, yetakchi ilmiy xodimi.
2. f.-m.f.d., katta ilmiy hodim.  B.E.Xusanov – O‘zR FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Gruntli inshootlar dinamikasi laboratoriyasi mudiri.
3. t.f.d., prof. P.J. Matkarimov – Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumtexnika fanlari kafedrasi professori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Elastik asosda yotuvchi ko‘p qatlamli plitalarning egilishiga doir masalalarning matematik modellarini ishlab chiqish va echish usullarini takomillashtirish; masalalarni echish uchun analitik usullarni ishlab chiqish; masalani echishda oddiy ortogonal ko‘phadlarni tadbiq qilish bilan plitalardagi ichki zo‘riqish kuchlarini baholash; plitalar orasidagi to‘ldiruvchi qatlamning plitalardagi zo‘riqishlarga ta’sirini tahlil qilish; elastik asosning bir jinsliligi, bir jinssizligi, kombinatsiyalanganligi kabi turli xususiyatlarining plitalarga ta’sirini aniqlash; asosning reaktiv kuchlanishlari bilan plitalardagi zo‘riqish kuchlalari orasidagi bog‘lanishlarni tahlil qilish va baholashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gruntlar bilan  o‘zaro ta’sirda bo‘lgan ko‘p qatlamli plitalar egilishida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish kuchlarini  gruntlarning bir jinsli, bir jinsli bo‘lmagan va kombinatsiyalashgan  xususiyatlarini e’tiborga olib baholash uchun matematik model ishlab chiqilgan;
gruntlar bilan  o‘zaro ta’sirda bo‘lgan ko‘p qatlamli plitalar egilishida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish kuchlarini  gruntlarning turli xususiyatlarini e’tiborga olgan holda baholash uchun ortoganal ko‘phadlarga asoslangan yangi analitik usul va algoritm ishlab chiqilgan;
egilish jarayonida  plitalarda sodir bo‘ladigan ichki kuch faktorlarini baholash uchun yaratilgan analitik usul va keltirib chiqarilgan cheksiz algebraik tenglamalar sistemasining yagona va mavjudligi  ko‘rsatilgan;
ko‘p qatlamli plita va gruntli asos orasidagi urinma kuchlanishni e’tiborga olgan holda plitalarda hosil bo‘ladigan ichki kuchlarni baholash uchun Yakobi va Gegenbauer ko‘phadlariga  asoslangan yangi formula ishlab chiqilgan;
gruntli asos bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan ko‘p qatlamli plitali   konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan  ichki zo‘riqish kuchlarini baholash  usuli ishlab chiqilgan;
    to‘ldiruvchining bikrlik koeffisienti oshishi  bir jinsli bo‘lmagan asoslarda yotuvchi plitalardagi ichki zo‘riqish  kuchlarini kamaytirishi va asosdagi reaktiv kuchlarning qayta taqsimlanishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qattiq jismlardan tashkil topgan qatlamli konstruksiyalarning asos bilan kontakt munosabatiga doir nazariyani rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik model, hisoblash usullarining takomillashtirilgan algoritmilarini qo‘llash asosida:
Plitalar orasida joylashgan to‘ldiruvchi qatlam hamda gruntli asos turli xususiyatlarining plitalardagi ichki zo‘riqish kuchlariga ta’sirini aniqlash usuli ko‘p qavatli binolarni loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 24 avugstdagi, 08-06/8408-sonli ma’lumotnomasi).Tadqiqot natijalaridan foydalanishpoydevor plitalaridagi ichki zo‘riqish kuchlarini 1.23 marta kamaytirishga erishilgan;
elastik asosda yotuvchi ko‘p qatlamli plitalarining egilishiga doir kontakt masalalarni echish uchun ishlab chiqilgan Yakobi ko‘phadini Gegenbauer ko‘phadlari bilan bog‘lovchi formuladan analitik echim olishda foydlanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 24 avugstdagi, 08-06/8408-sonli ma’lumotnomasi).Tadqiqot natijalari ultrasferik ko‘phadning 3 ta qo‘shiluvchisi bilan hisoblashda sonli echimni 10-2 aniqlikda qurishimkonini bergan.
Dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy va amaliy xulosalari asosida “70730304 – Qurilish konstruksiyalari, maxsus jihozlar va muhandislik tizimlari montaji” magistratura mutaxasisligining “Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va tadqiq etishda matematik modellashtirish” fani dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi, 02/01-01-17- sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi ishlab chiqilgan fan dasturidan magistratura bosqichi talabalariga “Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va tadqiq etishda matematik modellashtirish” fanini o‘rgatishda universitetlar miqyosida qo‘llanilgan.
Tadqiqod natijalari qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarini loyihalash va qurish jarayonida hisoblash natijalarini yanada aniqroq olish imkonini berdi.  (Ma’lumotnoma “O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DUK(2023 yil 21 avgust)). Natijada binoning gruntli asosga mos joylashadigan o‘rni uchun dastlabki texnik ishlov berish jarayonida sarflangan vaqtni 7 % gacha, sarflangan sarmoyani esa 6 % gacha tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish