Raxmanova Guljamol Raxmanjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovun pashshasi (Myiopardalis pardalina Bigot) rivojlanishini prognozlashtirish asosida uyg‘unlashgan himoya tizimini takomillashtirish (Farg‘ona vodiysi sharoitida)”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx850.
Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Saidaxon Abdusalomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent; Toreniyazov Elmurod Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining iqlim sharotida poliz ekini qovun o‘simligining asosiy zararkunandasi qovun pashshasining rivojlanishi, tarqalishi muddatlarini prognozlashtirish tizimini, uning asosida uyg‘unlashgan himoya tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Fargona vodiysi sharoitida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda, qovunning asosiy zarakunandasi qovun pashshasi - Myiopardalis pardalina Bigot ning rivojlanishi va tarqalishini prognoz qilishning monitoring tizimi ishlab chiqilgan;
qovun pashshasining rivojlanish muddatlariga aniqlik kiritilib, ular rivojlanishining fenologik kalendarlari tuzildi, ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda ularning rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalarini ishlab chiqilgan;
qovun pashshasini rivojlanish fazalarini foydali haroratlar yig‘indisiga bog‘langan xolda aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
poliz ekinlarini qovun pashshasidan himoya qilish vositalariga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirish me’yorini ishlab chiqilgan.
polizchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun Android tipidagi mobil telefonlarida ishlaydigan, qovun navlari, etishtirish texnologiyasi, qovun ekinlariga ozuqa moddalar etishmasligidan yuzaga keladigan o‘zgarishlar hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini ifodalovchi mobil ilova ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovun va uning asosiy zararkunandasi (qovun pashshasi – Myiopardalis pardalina Bigot) xolatini prognozlashtirish asosida uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini takomillashtirishni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-taqiqotlar natijalari asosida:
Farg‘ona vodiysi sharoitida qovun pashshasini rivojlanish muddatlarini prognozlash va zarar keltirish darajasi monitoringini aniklashdagi ANDROID tipidagi mobil telefonlar uchun ilova ishlab chiqilgan, mobil dasturda qovun ekinlarini ekish muddatlari va etishtirish texnologiyasi, poliz zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari hamda poliz ekinlariga ozuqa moddalari etishmasligi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ilmiy asoslangan. “Qovun pashshasi va poliz shirasini zararlanish darajasini aniqlash va qarshi kurash tadbirlari” nomli mobil ilova ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirgili huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU 12494 guvoxnomasi). Natijada poliz ekinlari etishtirishga ihtisoslashgan fermer xo‘jaligi xodimlari va qishloq xo‘jaligi mutahassislari uchun mazkur qo‘llanmadan muayyan darajada foydalanmoqda;
uyg‘unlashgan qarshi kurash usullari belgilangan muddatlarda amalga oshirish texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon, Baliqchi tumanlari, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7-dekabrdagi №07/21-9200-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik o‘rtacha “Obi-novvot gibrid” navida 200 s/ga ni, nazorat variantida 185 s/ga ni, “Ko‘kcha” navida 320 s/ga ni tashkil etib nazorat variantida 280 s/ga hamda “Oltin vodiy” navida 240s/ga ni tashkil etib nazorat variantida 200 s/ga ni tashkil etgan;
qovun pashshasini miqdorini boshqarishda Avaunt, 15% em.k., 0,4 l/ga., Energi-Duo, 24,7% sus.k., 0,2 l/ga., Defektoks 2,5% em.k., 0,5 l/ga. Samarali kimyoviy vositalarini qo‘llash Andijon viloyatining Andijon, Baliqchi tumanlari, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanlarini polizchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda 54,8 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7-dekabrdagi №07/21-9200-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 86%-92,8% ni tashkil etgan. Bunda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilib, rentabenlik darajasi nazoratga nisbatan 86,7 foizni tashkil etgan.