Ataxajieva Feruza Mashrabdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning yangi mahalliy navlaridan yuqori va ertaki hosil olish agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.08–O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx710
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatullo Juraqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Xusnidddin Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soyaning yangi, mahalliy navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda, dukkaklarini tez etilishini ta’minlashda defoliatsiya agrotadbiridan foydalanish orqali yuqori, ertaki va sifatli soya doni etishtirish va defoliatsiya samaradorligiga o‘simlikning ko‘chat qalinligi va qo‘llanilgan preparatlarning ta’sirini ilmiy tomondan asoslash hamda ularning maqbul me’yorlarini aniqlab ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Soyachilikda ilk bor Andijon viloyatida ekilayotgan soyaning yangi mahalliy erta-o‘rtapishar “Ustoz MM-60” va o‘rta-kechpishar “Baraka” navlari 250-300 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlanib, dukkaklar 50-60 % pishish fazasida UzDEF defoliantini 4,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda hamda gektariga 350-400 ming tup ko‘chat qoldirib parvarishlanganda esa UzDEF defoliantini 5,0 l/ga me’yorda qo‘llanilishi ertaki, yuqori va sifatli don hosili olishga ijobiy tasir qilganligi aniqlangan;
ilk bor o‘rganilgan soya navlaridagi dukkaklar soni, dukkakdagi don soni va uning vazni, 1000 dona don og‘irligiga ko‘chat qalinligi va UzDEF defoliantining ta’siri aniqlangan;
birinchi marotaba soya ekinida defoliatsiya o‘tkazish, o‘simlikning barglarini erta muddatlarda to‘kilishiga, soya dukkaklarining nisbatan tezroq pishishiga, dukkalarining chatnab, donlarining to‘kilishi keskin kamayishi hisobiga don hosildorligi oshishiga shuningdek soya donining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
soya o‘simligini maqbul ko‘chat qalinligida parvarishlab, dukkaklarini erta pishib etilishini ta’minlash maqsadida UzDEF defolianti bilan ishlov berilganda nazoratdagiga nisbatan o‘rtacha sof foyda 2086-7055 ming so‘mgacha, rentabellik darajasi esa o‘rtacha 13,9-47,3 % gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asosiy ekin sifatida soyaning yangi mahalliy o‘rtaki va kechpishar navlarini maqbul ko‘chat qalinligida parvarishlab, defoliatsiya tadbirini me’yorida o‘tkazishning don hosildorligiga ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalariga asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Soya defoliatsiyasini sifatli o‘tkazish” nomli tavsiyanoma chop etilib, tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyuldagi № 04/21-05/3667-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyatining soya doni etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida soya defoliatsiyasini sifatli o‘tkazishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
asosiy ekin sifatida soyaning Ustoz MM-60 va Baraka navlarida ishlab chiqilgan defoliatsiyaning maqbul me’yorlari hamda ko‘chat qalinligi bo‘yicha Andijon viloyatining Oltinko‘l va Andijon tumanlarida jami 106,1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyuldagi №04/21-05/3667-son ma’lumotnomasi). Pirovardida, soyaning o‘rtapishar UstozMM-60 navini 350-400 ming tup gektariga qoldirib, dukkaklar 50-60 % pishib etilganda UzDEF defoliantini 4,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda, defoliatsiya qilinmagan variantiga nisbatan hosildorlik 7,3 s/ga ga, UzDEF defoliantini shu ko‘chat qalinligida 5,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda esa hosildorlik 9,6 s/ga gacha oshishiga erishilgan. Buning natijasida soyadan yuqori don hosili olishda maqbul ko‘chat qalinligi defoliatsiya o‘tkazish hisobiga rentabellik darajasi 94,3-98,7 % ni tashkil etgan;
soyaning kechpishar Baraka navini 250-300 ming tup gektariga qoldirib, dukkaklar 50-60% pishib etilganda UzDEF defoliantini 4,0-5,0 l/ga me’yorlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyuldagi №04/21-05/3667-son ma’lumotnomasi). Natijada defoliatsiya qilinmagan variantga nisbatan hosildorlik 7,4 s/ga ga, defoliantni 5,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda esa bu ko‘rsatkich 7,2 s/ga gacha oshib, soyadan yuqori don hosili olishga erishilgan hamda maqbul ko‘chat qalinligi va defoliatsiya o‘tkazish hisobiga rentabellik darajasi 82,8-86,1 % ni tashkil etgan.