Oripov Doniyor Maxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bug‘doyning zamburug‘li sariq zang va un-shudring kasalliklariga qarshi samarali himoya usullarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx633.
Ilmiy rahbar: Meyliev Akmal Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza No‘monovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Musaeva Gulbahor Maksudovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi hududlarida uchraydigan kuzgi bug‘doyning sariq zang va un-shudring kasalliklariga qarshi yangi fungisidlar va birgalikda IFO PZN 3,0 l/ga oziqlantiruvchi suspenziyasi bilan kimyoviy ishlov berishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi hududlarida kuzgi bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashda AZOTE 320 SC 32% k.s 0,3 l/ga va Rauma 49 k.e.1,25 l/ga fungisidlariga qo‘shib IFO PZN 3,0 l/ga suspenziyasini birgalikda qo‘llash natijasida o‘simlik barglarining zararlanishi mos ravishda sariq zang (6,7 - 5,7%) va un-shudring (6,0 - 4,0%) bilan kasalanish darajasi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning zamburug‘li (sariq zang va un-shudring) kasalliklariga qarshi kimyoviy (fungisid, fungisid+IFO PZN 3,0 l/ga) kurash usullarini o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligiga qarshi AZOTE 320 SC 32% k.s 0,3 l/ga va Rauma 49 k.e.1,25 l/ga fungisidlariga qo‘shib IFO PZN 3,0 l/ga suspenziyasi bilan ishlov berish natijasida, nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 27,5 - 27,2 s/ga qo‘shimcha don hosili olinganligi isbotlangan hamda 1000 dona don og‘irligi nazorat variantiga nisbatan 13,1 - 13,5 g, donning naturasi 113,3 - 111,2 g/l, oqsil iqdori 2,4 - 2,2%, kleykovina miqdori 2,2 - 2,3%, don shishasimonligi 17,6 - 16,7% gacha yuqori bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
kuzgi bug‘doyda un-shudring (Erysiphe graminis) kasalligiga qarshi Rauma 49 k.e.1,25 l/ga va AZOTE 320 SC 32% k.s 0,3 l/ga fungisidlariga qo‘shib IFO PZN 3,0 l/ga suspenziyasi bilan birga ishlov berilganda, nazorat variantga nisbatan mos ravishda 26,2 - 26,8 s/ga qo‘shimcha don hosili olinganligi isbotlangan va 1000 dona don og‘irligi nazorat variantiga nisbatan 12 - 13,7 g, donning naturasi 112,5 - 111,7 g/l, oqsil miqdori 2,8 - 2,9%, kleykovina miqdori 2,4 - 2,5%, don shishasimonligi 15,9 - 16,2% gacha yuqori bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
kuzgi bug‘doyning sariq zang (Puccinia striiformis) va un-shudring (Erysiphe graminis) kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashda AZOTE 320 SC 32% k.s 0,3 l/ga va Rauma 490 k.e 1,25 l/ga fungisidlariga oziqlantiruvchi (IFO PZN 3,0 l/ga) suspenziya bilan ishlov berishning biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sharoitida kuzgi bug‘doyning zamburug‘li sariq zang va un-shudring kasalliklariga qarshi samarali himoya usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanish natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Bug‘doy maydonlarida uchraydigan zamburug‘li kasalliklariga qarshi kurashda yangi turdagi fungisid hamda suspenziyani qo‘llash” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 01.02.2023 y., 07/21-21-05/344-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doyni sariq zang hamda un-shudring zamburug‘li kasalliklaridan himoya qilishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doyning sariq zang va un-shudring kasalliklariga qarshi kimyoviy kurash usuli ishlab chiqarish sharoitida Shahrisabz tumanida 67 gektar, Yakkabog‘ tumanidagi 31 gektar, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qarshi tumani ishlab chiqarish uchastkasida 24,0 gektar, jami 122 gektar maydonlarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 01.02.2023 y., 07/21-21-05/344-son ma’lumotnomasi). Natijada fungisid, fungisid+IFO PZN 3,0 l/ga me’yorlari bilan kimyoviy ishlov berilgan maydonlardan yuqori samaradorlikka erishilgan;
kuzgi bug‘doyning sariq zang va un-shudring kasalliklariga qarshi kimyoviy usulda fungisid, fungisid+IFO PZN 3,0 l/ga me’yorlari bilan kurash tadbirlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 01.02.2023 y., 07/21-21-05/344-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shimcha 18,8 s/ga don hosili olinib, sariq zang bilan zararlangan maydonlarga nisbatan 56,1 - 56,9%, un-shudring kasalligi bilan zararlangan maydonlarga nisbatan 56,9 - 58,4% rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish