Mirzaalimov Navruzbek Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kremniy quyosh elementlari asosida 3D formatli fotoelektrik modullarni ishlab chiqish”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3329.
Ilmiy rahbar: Aliev Rayimjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Andijon davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: I.A.Yuldashev, texnika fanlari doktori, professor; Mamadalieva Lolaxon Kamiljanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kremniyli quyosh elementlari asosida 3D formatli fotoelektrik energetik qurilmani raqamli modellashtirish va tajriba usullari bilan ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piramida shaklidagi konstruksiyaga ega 3D formatli fotoelektrik energetik qurilmaning konstruksion parametrlarini optimallashtirish va fotoelektrik ko‘rsatkichlarini hisobga olinib raqamli modellashtirish asosida yassi yuzali quyosh paneliga nisbatan samaradorligi 42,5% gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
quyosh elementlari geometrik shaklining ularning samaradorligiga ta’siri, kremniyli plastinalarning perimetrik yon sirtlari bo‘ylab fotogeneratsiyalangan nomuvozanat zaryad tashuvchilar rekombinatsion yo‘qotilishlarini inobatga olgan holda fotoelektrik energetik qurilmalarda foydalanilgan uchburchak shaklidagi monokristall quyosh elementlarining chiqish quvvati 4% gacha ortishi aniqlangan;
quyosh elementi sirtiga tushayotgan yorug‘lik nuri energiyasi va bu sirtdan tarqalayotgan issiqlik nurlanishi energiyasi farqini ta’minlash orqali uning sirt haroratini pasaytirish usuli ishlab chiqilgan;
piramida shaklidagi konstruksiyaga ega 3D formatli fotoelektrik energetik qurilmaning vertikal joylashuvini hisobga olgan holda uzlyuksiz elektr energiya bilan ta’minlash imkonini beruvchi gibrid quyosh-shamol qurilmasini konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
3D formatdagi kremniyli quyosh fotoelektrik energetik qurilmalarining raqamli modellashtirish texnologiyasi va eksperimental ravishda yaratilgan konstruksiyalarining fizik jarayonlari asosida quyosh energiyasini fotoelektrik konvertatsiya qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kremniyli quyosh elementi asosidagi 3D formatli fotoelektrik energetik qurilmasi (FAP 01804) joriy qilingan («O‘zeltexsanoat»ning 2022 yil 3 iyundagi 04-3/1377-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sharoitida kremniy asosli quyosh elementlaridan tashkil topgan fotoelektrik energetik qurilmalarni optimallashtirish va ularning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“Foton” AJda yuzalari teng uchburchak va to‘rtburchak shaklidagi mono- va polikristall kremniy asosli quyosh elementlari joriy etilgan («O‘zeltexsanoat»ning 2022 yil 3 iyundagi 04-3/1377-son ma’lumotnomasi). Natijada, monokristall kremniyli quyosh elementini uchburchak shaklda kesilganda 4% ga, polikristall kremniyli quyosh elementini to‘rtburchak shaklda kesilganda 10 % ga chiqish quvvati yuqori bo‘lishiga erishilgan.