Turaev Ilxom Xikmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konstruksiyalarni birjinssiz deformatsiyalanuvchan chekli qalinlikdagi asosda hisoblash” (structural analysis an inhomogeneous deformable base of finite thickness), 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1046
Ilmiy rahbar: Mardonov Botir fizika-matematika fanlari doktori professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashov Sharofiddin Sayfievich, Namangan muhandislik-qurilish instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori, professor, ixtisoslik shifri 01.02.04- Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi; Raxmonov Baxodir Sobirovich Urganch davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori (DSc) ixtisoslik shifri 01.02.04- Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamin (grunt)ning birjinsli bo‘lmagan xususiyatini e’tiborga olib deformatsiyalanuvchi zaminda yotuvchi inshoot poydevorlarini hisoblashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
V.Z.Vlasovning variatsion usuli asosida birjinisli bo'lmagan asosda yotuvchi konstruksiyalarni hisoblashning texnik nazaryasi ishlab chiqilgan. Bu elastiklik nazariyasining ikki o‘lchamli masalalarini bir o‘lchamli masalalarga keltirish va noma’lum ko‘chishlarni qator ko‘rinishda izlash orqali oddiy differensial tenglamalar sistemasiga keltirib tekis va fazoviy konstruksiyalarda qo'llash metodikasi, algoritmi ishlab chiqilgan;
olingan sonli natijalar asosida kuch qo'yilgan nuqta atrofida normal kuchlanishning to'planishiga hamda qatlamning chuqurligi bo'ylab va gorizontal yo'nalishida uning intensiv so'nishi ro'y berishi topilgan;
cho'kish jarayonini xarakterlovchi normal va gorizontal ko‘chish ta’sir etuvchi normal kuchga va grunt xusisyatlariga bogliq bo'lgan eksponensial va giperbolik funksiyalardan tashkil topgan munosabatlari topilgan;
ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha hisoblangan kuchlanishlar epyuralari, elastiklik nazariyasi bo‘yicha olingan epyuralarning maksimal qiymatidan 15-25% gacha kam bo‘lishi sonli natijalar asosida aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiyati o‘zgaruvchan elastik asosda yotuvchi konstruksiyalarni variatsiya usuli yordamida hisoblashning sonli tahlili uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash usullari, algoritmlar va dasturiy ta’minotlar natijalari asosida:
sanoat, turarjoy va gidrotexnik inshootlar asos va poydevorlarini birgalikda hisoblashda GUP “UzshaxarsozlikLITI” korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 21.09.2023 yilda berilgan №08-06/9486 Ma’lumotnomasi). Natijada gruntning bir jinsli emasligini e’tiborga olish hisobiga asosning ko‘chishi 20-25% ga kamaygan, shuning evaziga poydevor uchun sarflangan materiallar sarfi 7-10% ga kamaytirishga erishilgan;
bino va inshoot poydevorlarini loyihalash ishlarida MChJ “SVP Maskan” korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 21.09.2023 yilda berilgan №08-06/9486 Ma’lumotnomasi). Natijada guruntning bir jinsli emasligini e’tiborga olgan holda poydevorning yuk ko‘tarish qobiliyatini 5-7 % ga oshirishga erishilgan;
birjinslimas muhitda joylashgan inshootlar hisobini keltirishda 2017-2020 yillarda Toshkent kimyo texnologiya institutida bajarilgan OT-F4-01raqamli “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (TKTI 07.11.2023 yildagi №1/01-3154 Ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan nazariya bo‘yicha olingan epyuralar, elastik nazariya bo‘yicha olingan epyuralarning maksimal qiymatidan 15-25% kam bo‘lishi (cho‘kishlar farqi) aniqlangan.