Muxsimova Nilyufar Raximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligining o‘rni va davolashni takomillashtirish yo‘llari» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib2229.
Ilmiy rahbar: Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarning klinik kechish xususiyatlarini baholash va davolashni takomillashtirish yo‘llarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, laborator, immunologik va asbobiy tekshiruv natijalariga asosan, psoriatik artritning jigar noalkogol yog‘li kasalligi bilan birga kelishi psoriatik artritning kechishi, faollik darajasi, rentgen avjlanish va davolashga ta’siri asoslangan;
adiponektin miqdorining kamayganligi, leptin va yallig‘lanish oldi sitokini, xususan α-o‘sma nekroz omili (α-O‘NO) darajasining ortishi, kasallik rivojlanishining jadallashuviga, bo‘g‘imlarning funksional etishmovchiligiga olib kelishi asoslangan;
psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda adiponektin darajasining pasayishi, leptin va α-o‘sma nekroz omili miqdorining oshishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda gen-injener biologik dori vositalari va ursodezoksixol kislota bilan kompleks davolash kasallikning klinik, laborator va adipotsitokinlar ko‘rsatkichlariga ta’sirining samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 9 oktyabrdagi 10/035 son xulosasiga ko‘ra:
klinik, laborator, immunologik va asbobiy tekshiruv natijalariga asosan, psoriatik artritning jigar noalkogol yog‘li kasalligi bilan birga kelishi jigar noalkogol yog‘li kasalligini psoriatik artrit kechishi, faollik darajasi, rentgen avjlanish va davolashga ta’siri asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika revmatologiya markazi va artrologik ixtisoslashtirilgan ambulator davolash kursi bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 62-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 21.06.2023 yildagi 105-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislashga, mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora tadbirlarni sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish sonini 33% ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarni erta tashxislash 68% xolatlarda kasallikni avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi 2) psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 1 110 000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi 6 bemordan 3 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1 110 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 220 0000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi.
Xulosa: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarni erta tashxislash, kasallikni avj olib borishini oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 220 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 110 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligining o‘rni va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 3 dekabrdagi 03/5150-sonli xati yuborildi.
Adiponektin miqdorining kamayganligi, leptin va α-o‘sma nekroz omili darajasining ortishi, kasallik rivojlanishining jadallashuviga, bo‘g‘imlarning funksional etishmovchiligiga olib kelishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika revmatologiya markazi va artrologik ixtisoslashtirilgan ambulator davolash kursi bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 62-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 21.06.2023 yildagi 105-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psoriatik artritli bemorlarda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash va adipotsitokinlar (adiponektin, leptin, α–O‘NO) miqdorini aniqlash psoriatik artritni gen-injener biologik preparatlar bo‘lgan etanersept va sekukinumabni gepatoprotektor ursodezoksixol kislota bilan kompleks davolash chora tadbirlarini takomillashtirishga va davolashda samaradorlikka erishishga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasallik mavjud bemoralarda adiponektin, leptin va O‘NO-α ni o‘zgarishini me’yorlashtirish maqsadida gen-injener biologik dori vositalarni ursodezoksixol kislota bilan kompleks qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,8 kundan 8,9 kungacha qisqartirib shifoxonada to‘lov miqdori 185 ming so‘mga kamaytirgan; 67,3% bemorlarda 1 yil mobaynida kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatini tiklashishiga erishilgan.
Xulosa: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasallik mavjud bemoralarda adiponektin miqdorini oshirish va leptin, α-O‘NO ni miqdorini kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositalarni ursodezoksixol kislotasi bilan kompleks qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,8 kundan 8,9 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 185 ming so‘mga kamaytirgan va 67,3% xolatda kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatini tiklashishiga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligining o‘rni va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 3 dekabrdagi 03/5150-sonli xati yuborilgan.
Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda adiponektin darajasining pasayishi, leptin va α-O‘NO miqdorining oshishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika revmatologiya markazi va artrologik ixtisoslashtirilgan ambulator davolash kursi bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 62-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 21.06.2023 yildagi 105-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: adiponektin kamayishi va leptin, α-O‘NO) miqdorining oshishi psoriatik artritda va jigar noalkogol yog‘li kasalligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish; surunkali sust yallig‘lanish va kasallik faolligining immunologik o‘zgarishlarini erta tashxislash davolash sifatini oshiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemoralarda immun yallig‘lanishni kamaytirish maqsadida bazis dori vositalarni ursodezoksixol kislota bilan kompleks qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 65000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: psoriatik artritli bemorlarda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorda immun yallig‘lanish jarayonini kamaytirish maqsadida bazis dori vositalari bilan gepatoprotektor preparatini kompleks qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligining o‘rni va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 3 dekabrdagi 03/5150-sonli xati yuborilgan.
Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda gen-injener biologik dori vositalari etanersept va sekukinumabni ursodezoksixol kislota bilan kompleks davolash kasallikning klinik, laborator va adipotsitokinlar ko‘rsatkichlariga ta’sirining samaradorligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika revmatologiya markazi va artrologik ixtisoslashtirilgan ambulator davolash kursi bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023 yildagi 62-sonli buyruq hamda Toshkent shahar 8-sonli oilaviy poliklinika bo‘yicha 21.06.2023 yildagi 105-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda gen-injener biologik dori vositalarni ursodezoksixol kislotasi bilan kompleks qo‘llash har ikkala kasallikni zo‘rayishini, tizimli asoratlar rivojlanishini, erta nogironlikni oldini olish va mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolishiga imkoniyat bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gen-injener biologik dori vositalarni ursodezoksixol kislota bilan qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 47% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,8 kundan 8,9 kunga qisqartirilib, shifoxonada davolash to‘lov miqdori 1000000 so‘mga kamaytirildi.
Xulosa: psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligi mavjud bemorlarda davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirish remissiya davrini uzayishi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Psoriatik artritda jigar noalkogol yog‘li kasalligining o‘rni va davolashni takomillashtirish yo‘llari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 3 dekabrdagi 03/5150-sonli xati yuborilgan.