Sharifova Shaxnoza Kuchkarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada postnatal ontogenez davrida oshqozon morfofunksional xususiyatlari va surunkali alkogol intoksikatsiyasida ularning o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3009.
Ilmiy rahbar: Ilyasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Mukaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali alkogol intoksikatsiyasida me’da morfofunksional o‘ziga xosligining qiyosiy tavsifi va immunogistokimyoviy markerlari yordamida o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
30 kunlik majburiy alkogol intoksikatsiyasida etil spirtining me’da devori strukturasiga salbiy ta’siri isbotlandi, bu holat laboratoriya hayvonlarining me’da qavatlari shilliq qavati gipertrofiyasi alomatlari, qalinligi va tuzilishi o‘zgarishi alomatlari bilan qalinlashish ko‘rinishida aniqlangan;
120 kunlik majburiy alkogol intoksikatsiyasida surunkali alkogol intoksikatsiyasi me’da devorining tolali biriktiruvchi to‘qimali tuzilmasini buzishi isbotlandi, bunda kollagen tolalari va me’da shilliq osti asosining tutamlari silliqlashishi ro‘y beradi, buning oqibatida tajribaviy hayvonlarda me’da qavatlarining qalinligi kichrayishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor 6 oylik yoshdagi laboratoriya hayvonlarida BCL2 markerining yuqori darajasi o‘rnatildi, bu holat surunkali alkogol intoksikatsiyasida apoptoz o‘choqlari atrofida mukotsitlar apoptozi kuchayishi, CD68 markerining o‘rtacha eskperssiyasi, monotsitlar va to‘qimaviy makrofaglar migratsiyasiga olib kelish asoslangan;
surunkali alkogol intoksikatsiyasida CD68 va BCL2 immungistokimyoviy markerlarining qo‘llanilishida laboratoriya hayvonlarini me’da devori qatlamlarining morfometrik ko‘rsatkichlarida ishonchli o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 29 iyuldagi №23-Z/054 sonli xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: 30 kunlik majburiy alkogol intoksikatsiyasida etil spirtining me’da devori strukturasiga salbiy ta’siri isbotlangan, bu holat laboratoriya hayvonlarining me’da qavatlari shilliq qavati gipertrofiyasi alomatlari, qalinligi va tuzilishi o‘zgarishi alomatlari bilan qalinlashish ko‘rinishida aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 30 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyasida 3 oylik laboratoriya hayvonlarida me’daning bezsiz bo‘limidagi epitelial qoplama balandligi 21%, bezli bo‘limida 19%ga kattalashgani ma’lum bo‘lgan. Xuddi shu kabi ishonchli o‘zgarishlar laboratoriya hayvonlarining me’dasi shilliq qavatning umumiy qalinligi, sirkulyar-mushak qobiq, bo‘ylama-mushak qobig‘i va mushak-tashqi qobig‘ida ham kuzatilgan bu o‘z navbatida surunkali alkogol intoksikatsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun mazkur o‘zgarishlarga etibor berilishi lozimligi ta’kidlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022 y.; №5/1) hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (27.06.2022 y.; №7/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 30 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyasida 3 oylik laboratoriya hayvonlarida me’daning bezsiz bo‘limidagi epitelial qoplama balandligi 21%, bezli bo‘limida 19% ga kattalashgani ma’lum bo‘lgani, ushbu kasallarni davolash taktikasini o‘zgartirishni taqozo etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 30 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyasida 3 oylik laboratoriya hayvonlarida me’daning bezsiz bo‘limidagi epitelial qoplama balandligi 21%, bezli bo‘limida 19% ga kattalashgani ma’lum bo‘lgani kasallarni davolash taktikasini o‘zgartirilishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 50 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: 30 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyasida laborator hayvonlarning oshqozonida kuzatiladigan o‘zgarishlarni inobatga olinishi hamda bemorlarning davolash taktikasini o‘zgartilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada postnatal ontogenez davrida oshqozon morfofunksional xususiyatlari va surunkali alkogol intoksikatsiyasida ularning o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 5 iyuldagi 2551-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: 120 kunlik majburiy alkogol intoksikatsiyasida surunkali alkogol intoksikatsiyasi me’da devorining tolali biriktiruvchi to‘qimali tuzilmasini buzishi isbotlandi, bunda kollagen tolalari va me’da shilliq osti asosining tutamlari silliqlashishi ro‘y beradi, buning oqibatida tajribaviy hayvonlarda me’da qavatlarining qalinligi kichrayishiga olib kelishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: 120 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyada 6 oylik oq zotsiz sichqonlarni me’dasi shilliq qavatini epitelial qoplamalari balandligi bezsiz bo‘limida 17%ga kichraygan. Shuningdek, 6 oylik sichqonlarda shilliq qavat shaxsiy plastinkasi 18% va 16%ga kichraygan, 12 oylik davrga kelib, 16% va 14%ga kichraygan. Shilliq qavatning umumiy qalinligi, sirkulyar-mushak qobiq, bo‘ylama-mushak qobiq va me’da devorini umumiy qalinligi bo‘yicha xuddi shunday natijalar olingan. 30 va 120 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyada salbiy o‘zgarishlar o‘zaro teskari proporsional bo‘lgan, hamda o‘zgarishlarning intensivligi 120 kunlik intoksikatsiyada ko‘proq bo‘lganligini inobatga olinishi inobatga olinishi kasallik asoratlarini kelib chiqish xavfini oldini olgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022 y.; №5/1) hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (27.06.2022 y.; №7/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 120 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyada salbiy o‘zgarishlar o‘zaro teskari proporsional bo‘lishi, hamda o‘zgarishlarning intensivligi 120 kunlik intoksikatsiyada ko‘proq bo‘lganligini inobatga olinishi inobatga olinishi davolanish samaradorligini oshirilishini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 120 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyada salbiy o‘zgarishlar o‘zaro teskari proporsional bo‘lishi, hamda o‘zgarishlarning intensivligi 120 kunlik intoksikatsiyada ko‘proq bo‘lganligini inobatga olinishi inobatga olinishi natijasida 1 nafar bemor uchun 170 000 so‘m umumiy xarajatlarini 1200 000 so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: 120 kunlik surunkali alkogol intoksikatsiyada salbiy o‘zgarishlar o‘zaro teskari proporsional bo‘lishi, hamda o‘zgarishlarning intensivligi 120 kunlik intoksikatsiyada ko‘proq bo‘lganligini inobatga olinishi davolanish samaradorligini oshirilishi davolash natijalarini yaxshilanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada postnatal ontogenez davrida oshqozon morfofunksional xususiyatlari va surunkali alkogol intoksikatsiyasida ularning o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 5 iyuldagi 2551-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor 6 oylik yoshdagi laboratoriya hayvonlarida BCL2 markerining yuqori darajasi o‘rnatildi, bu holat surunkali alkogol intoksikatsiyasida apoptoz o‘choqlari atrofida mukotsitlar apoptozi kuchayishi, CD68 markerining o‘rtacha eskperssiyasi, monotsitlar va to‘qimaviy makrofaglar migratsiyasi bilan namoyon bo‘lgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Immungistokimyoviy tadqiqotlar BCL2 markerining o‘rtacha ekspressiyasini tasdiqladi, 6 oylik muddat bilan solishtirishda ekspressiya yuqori darajada, apoptoz jarayonlari shohlarda fundal bezlar chekkalarigacha kuchayishi va mukotsitlarda apoptoz jarayonlari kuchayishi tasdiqlaydi. CD68 markerining o‘rtacha ekspressiyasi o‘z membrana yuzasida gastroproteinlarni egallab olgan monotsitlar va to‘qimali makrofaglarning katta miqqdordagi ko‘chishidan darak beradi. Natijada jarayonning uzoq davom etishi me’da shilliq qavatining hujayra tarkibining kamayishi va fundal bezlarning parenximatoz hujayralari katta qismining biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sib ketishiga olib boradi. Yuzaki-faol atrofik gastritning morfologik alomatlari morfologik va immungistokimyoviy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022 y.; №5/1) hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (27.06.2022 y.; №7/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: CD68 markerining o‘rtacha ekspressiyasi o‘z membrana yuzasida gastroproteinlarni egallab olgan monotsitlar va to‘qimali makrofaglarning katta miqqdordagi ko‘chishidan darak beradi. Natijada jarayonning uzoq davom etishi me’da shilliq qavatining hujayra tarkibining kamayishi va fundal bezlarning parenximatoz hujayralari katta qismining biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sib ketishiga olib boradi. Yuzaki-faol atrofik gastritning morfologik alomatlari morfologik va immungistokimyoviy tadqiqotlar bilan tasdiqlangini inobatga olinishi davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: CD68 markerining o‘rtacha ekspressiyasi o‘z membrana yuzasida gastroproteinlarni egallab olgan monotsitlar va to‘qimali makrofaglarning katta miqqdordagi ko‘chishidan darak beradi. Natijada jarayonning uzoq davom etishi me’da shilliq qavatining hujayra tarkibining kamayishi va fundal bezlarning parenximatoz hujayralari katta qismining biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sib ketishiga olib kelishini inobatga olib davolash rejasini tuzish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 14 kundan 9 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori har kun hisobiga 120 000 so‘mga iqtisod bo‘lishiga olib keldi, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 600 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: CD68 markerining o‘rtacha ekspressiyasi o‘z membrana yuzasida gastroproteinlarni egallab olgan monotsitlar va to‘qimali makrofaglarning katta miqqdordagi ko‘chishidan darak beradi. Natijada jarayonning uzoq davom etishi me’da shilliq qavatining hujayra tarkibining kamayishi va fundal bezlarning parenximatoz hujayralari katta qismining biriktiruvchi to‘qima bilan o‘sib ketishiga olib kelishini inobatga olish, o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirish imkonini berishi isbotlanib, uning amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada postnatal ontogenez davrida oshqozon morfofunksional xususiyatlari va surunkali alkogol intoksikatsiyasida ularning o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 5 iyuldagi 2551-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali alkogol intoksikatsiyasida CD68 va BCL2 immungistokimyoviy markerlarining qo‘llanilishida laboratoriya hayvonlarini me’da devori qatlamlarining morfometrik ko‘rsatkichlarida ishonchli o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif qilingan surunkali alkogol intoksikatsiyasida CD68 va BCL2 immungistokimyoviy markerlarining qo‘llanilishi laboratoriya hayvonlarini me’da devori qatlamlarining morfometrik ko‘rsatkichlarida ishonchli o‘zgarishlar aniqlanganligi kasallik asoratlari rivojlaniga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash bemorlarning kompleks davolanish samaradorligi oshirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.06.2022 y.; №5/1) hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (27.06.2022 y.; №7/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali alkogol intoksikatsiyasida morfometrik o‘zgarishlarning o‘rnatilgan darajasini amaliy ahamiyati isbotlangan, yosh toifalarida me’daning anatomik tarkibiy tuzilmalarini ehtimoliy zararlanishlarini oldini olish, erta aniqlash va patogenetik terapiyani buyurish imkoniyati paydo bo‘lib, bemorlarni faol hayotga qisqa muddat ichida qaytish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali alkogol intoksikatsiyasida morfometrik o‘zgarishlarning o‘rnatilgan darajasini amaliy ahamiyati isbotlangan, yosh toifalarida me’daning anatomik tarkibiy tuzilmalarini ehtimoliy zararlanishlarini oldini olish, erta aniqlash va patogenetik terapiyani buyurishni amaliyotga joriy etilishi hisobiga har bir bemorni statsionar davolash bo‘yicha 600 000 ming so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini va 250000 so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: taklif qilingan surunkali alkogol intoksikatsiyasida yosh toifalarida me’daning anatomik tarkibiy tuzilmalarini ehtimoliy zararlanishlarini oldini olish, erta aniqlash va patogenetik terapiyani buyurishning klinik amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada postnatal ontogenez davrida oshqozon morfofunksional xususiyatlari va surunkali alkogol intoksikatsiyasida ularning o‘zgarishlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 5 iyuldagi 2551-son xat yuborilgan.