Yakubov Farrux Kamiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayrog‘och daraxti biotsenozida uchraydigan zararkunandalar bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1077.
Ilmiy rahbar: Esanboev Shamsi, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza Numanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shukurov Xushvaqt Mamasalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qayrag‘och biotsenozida uchraydigan asosiy Qattiqqanotlilar (Coleoptera) turkumi vakillari bioekologiyasi, populyasiyasi, tarqalishi, zararlilik darajasi va entomofag turlarini tadqiq qilish. Qayrag‘ochning asosiy zararkunandasi xisoblangan qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola) turini sonini boshqarishda innovasion va samarali usullarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor hududlar bo‘yicha qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola) biologik xususiyatlari, o‘rmon va manzarali daraxtlar bo‘yicha populyasiyalarining rivojlanishi aniqlangan;
qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola) turining molekulyar (DNK) identifikasiyasi aniqlangan va polemeraza zanjiri reaksiyasi isbotlangan;
qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola)ning tabiiy kushandalari aniqlangan;
qayrag‘och daraxtida qayrag‘och bargxo‘ri va shahar mo‘ylovdorining miqdorini boshqarishda resurstejamkor usulini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan va samaradorligi aniqlangan;
qayrag‘och daraxtida shahar mo‘ylovdori miqdorini boshqarishda kurash usullarining xo‘jalik - iqtisodiy samaradorligi aniqlangan hamda samarali usul va vositalar asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rmon va manzarali daraxtlarda qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola) bioekologiyasi hamda ular miqdorini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
o‘rmon hududlarida qayrag‘och zararkunandalari, qayrag‘och bargxo‘ri (Xanthogaleruca luteola) va shaxar mo‘ylovdori (Aelestes sarta L)ga qarshi “Coleoptera turkumi vakilliriga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi 2023 yil 27 fevral 28/1078-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rmon xo‘jaliklarida qayrag‘och daraxtlarini saqlab qolish va yog‘och xom-ashyosini sifatli etishtirishda mazkur qo‘llanmadan foydalanilmoqda;   
Qayrag‘och zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalarni ineksiyalash usuli qo‘llanilganda Dva-trin 10% em.k., Agrofos-D 55% em.k. Prokleym 5% s.e.g. preparatlari Xorazm va Toshkent viloyatlarining 1.800 gektar o‘rmon xo‘jalik maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi 2023 yil 27 fevral 28/1078-son ma’lumotnomasi). Natijada qayrag‘och zararkunandalarining miqdorini kamaytirishda o‘rtacha 80-86 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan.
qayrag‘och zararkunandalariga qarshi resurs-tejamkor texnologiya ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi 2023 yil 27 fevral 28/1078-son ma’lumotnomasi). Natijada qayrag‘och zararkunandalarining miqdorini boshqarishda sarflangan xar bir 1 so‘m uchun 6-7,5 so‘mlik mahsulot olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish