Xurramov Firdavs Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda urug‘ tizimchasi kistasini o‘tkir paydo bo‘lish davrida kam invaziv usulda davolash” 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4.PhD/Tib1108
Ilmiy raxbar: Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Akramov Nail` Ramilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi bo‘lgan chaqaloqlarni jarrohlik usulida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlarda urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasini klinik ko‘rinishlari (chov sohasida to‘satdan shish paydo bo‘lishi va bolani juda bezovtaligi) bilan namoyon bo‘lishi va dopplerografik tekshirishda urug‘ tizimchasi tomirlarida qon aylanishining o‘tkir buzilishlari bilan kechishi aniqlagan;
ilk bor urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud bolalarda gistomorfologik tekshirishlar asosida 3 oylik yoshigacha bo‘lganlarda kollektor tizimining rivojlanishi tufayli kista qobig‘ini rezorbsiya xususiyatlarini oshishi, xamda 3 oylikdan oshganlarda kista devorining dag‘allashishi tufayli rezorbsiya jarayonining degradatsiyasi rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud 3 oygacha bo‘lgan bolalarda real vaqt rejimida UTT nazorati ostida atravmatik egiluvchan igna orqali kista tarkibini punksion va to‘liq aspiratsiya qilish natijasida davolash usuli takomillashtirilgan;
urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud bolalarda davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarining taxlili takomillashtirilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash qon tomirlar, atrof yumshoq to‘qimalar va nerv tolalari shikastlanishlarini kamaytirishi nitijasida kam invaziv, samarali usul ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabr` 70 -son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlarda urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasini klinik ko‘rinishlari (chov sohasida to‘satdan shish paydo bo‘lishi va bolani juda bezovtaligi) bilan namoyon bo‘lishi va dopplerografik tekshirishda urug‘ tizimchasi tomirlarida qon aylanishining o‘tkir buzilishlari bilan kechishi aniqlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat Tibbiyot Universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi 10.10.2021 yildagi 57-sonli buyruq hamda Andijon viloyat kup tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 09.03.2021 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan va Surxandaryo viloyati kup tarmoqli bolalar shifoxonasi 09.03.2023 yilda amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasini olib borish uchun ishlab chiqilgan davolash algoritmini qo‘llash orqali diagnostika va davolash samaradorligi yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasini o‘ziga xos klinik kurinishlarini nafaqat bolalar xirurglari va urologlari tomonidan aniqlanadi, balki oilaviy shifokorlar tomonidan ham aniqlash imkonini berishi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud bolalarda gistomorfologik tekshirishlar asosida 3 oylik yoshigacha bo‘lganlarda kollektor tizimining rivojlanishi tufayli kista qobig‘ini rezorbsiya xususiyatlarini oshishi, xamda 3 oylikdan oshganlarda kista devorining dag‘allashishi tufayli rezorbsiya jarayonining degradatsiyasi rivojlanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi 10.10.2021 yildagi 15/1-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 3/1-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 1/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) gistamorfoligik tekshirishlar asosida ishlab chiqilgan davolash algoritimi asosida davolash orqali 3 oylikgacha bo‘lgan bemorlarga 683.2 ming so‘m 3 oylik atta bolalarga 1325.7 ming sum iqtisod qilingan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
Taklif etilgan kam invaziv usul bilan davolash orqali: 1) Bolalarni shifoxonada qolish muddatini 5,71 kundan 4,33 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga xarajatlar kamaygan (1 kunga o‘rtacha 1592,9 ming so‘m sarflanadi). Xulosa: davolashning kam invaziv usulini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1004.45 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud 3 oygacha bo‘lgan bolalarda real vaqt rejimida UTT nazorati ostida atravmatik egiluvchan igna orqali kista tarkibini punksion va to‘liq aspiratsiya qilish natijasida davolash usuli takomillashtirilgan, urug‘ tizichasini erta tashxislash va davolash algoritimi va davolash taktikasini tanlash uchun EHM dasturi ( DGU №09498 25.11.2021) bolalarda urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasini davolash taktikasini takomillashtirgan. Taklif qilingan takomillashtirilgan davolash usuli orqali urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi bo‘lgan bolalarda davolash samaradorligini yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi 10.10.2021 yildagi 15/1-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 3/1-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 1/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan tkomillashtirilgan davolash davolash usuli orqali urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasidagi suyulikni real vaqt rejimida tuliq aspiratsiya qilishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlanagan kistasini taklif qilingan davolash usuli qullanganida: 1) Taklif etilgan kam invaziv usul bilan davolash orqali bolalarni shifoxonada qolish muddatini 5,71 kundan 4,33 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan;; 2) Taklif qilingan davolash usuli orqali 3 oylikgacha bo‘lgan bemorlarga 683.2 ming so‘m 3 oylik katta bolalarga 1325.7 ming sum iqtisod qilingan. Xulosa: Davolash algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 41-43 % iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan kistasi mavjud bolalarda davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarining taxlili takomillashtirilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash qon tomirlar, atrof yumshoq to‘qimalar va nerv tolalari shikastlanishlarini kamaytirishi nitijasida kam invaziv, samarali usul ekanligi isbotlangan. Urug‘ tizimchasi o‘tkir rivojlangan bemorlarni yangi taklif qilingan davolash usulida kista bushlig‘ini tuliq aspirasiya qilish, atrof yumshoq to‘qimalar travmatizasiyasi, punktatdagi qonning makroskopik begilarning kabi asoratlar kamaytirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarkand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi 10.10.2021 yildagi 15/1-sonli buyruq, Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 3/1-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.03.2022 yildagi 1/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan usulni davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarining taxlili takomillashtirilgan jarroxlik amaliyotini qo‘llash qon tomirlar, atrof yumshoq to‘qimalar va nerv tolalari shikastlanishlarini xafi kamaytirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 160 boladan 15 nafari (9,4%) 5 oylikdan oshgan, shuning uchun ular urolgiiya bo‘limida statsionar davolandi, bu erda 1 U/K qiymati 155,0 ming so‘mni tashkil etdi, qolgan 145 tasi (90,6%) yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlar jarrohligi bo‘limida (5 oygacha) davolandi, bu erda 1 U/K qiymati 355,0 ming so‘mni tashkil etdi. Shunday qilib, NGda U/K ning umumiy qiymati 914 kun edi. Shu bilan birga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlar jarrohligi bo‘limida 808 va urologiya bo‘limida 106 U/K ni tashkil etdi. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, bolalarda UTO‘RKni davolashning taklif qilingan taktikasi samarasiz punksionlar va befoyda operatsiyalarni bajarmaslikga imkon berdi, bu esa xarajatlarni o‘rtacha 41-43% ga kamaytirishga yordam berdi; Xulosa: davolashning kam invaziv usulini qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1004.45 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.