Ismoilova Ziyoda Aktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“ Covid-19 pandemiyasi davrida bolalarda buyrak asoratlarini qiyosiy baxolash” 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1900.
Ilmiy raxbar: Axmedjanova Nargiza Ismoilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti: DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Rustam Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmonova Lola Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Covid -19 fonida rivojlangan o‘tkir buyrak patologiyasi bo‘lgan bolalarda buyrak buzilishlari xususiyatlarini aniqlash va buyrakning parsial funksiyalari bilan sitokin profili o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Covid-19 ni o‘tkazgan barcha bemorlarda tubulointerstisial buyrak zararlanishlari (o‘tkir pielonefrit -49% va o‘tkir tubulointerstisial nefrit-51%) uchrashi va uning o‘ziga xos kechish xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir buyrak patologiyasi mavjud bolalarda siydikda neytrofil jelatinaza (NGAL) bilan bog‘liq lipokalin-2 ni aniqlashning diagnostik ahamiyati asoslangan;
Covid-19 ni o‘tkazgan bemorlarda tubulointerstisial buyrak zararlanishlarini erta tashxislash usuli qon va peshobda sitokinlar (TNF-a, u-IFN, IL-4, IL-6) profilini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
Covid -19 fonida rivojlangan o‘tkir buyrak patologiyalari bo‘lgan bolalarda an’anaviy davo usuli bilan birgalikda ingavirin dori vositalarini kushimcha qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 25 noyabr` 9-son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: Covid-19 ni o‘tkazgan barcha bemorlarda tubulointerstisial buyrak zararlanishlari (o‘tkir pielonefrit -49% va o‘tkir tubulointerstisial nefrit-51%) uchrashi va uning o‘ziga xos kechish xususiyatlari aniqlangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: Covid -19 fonida bolalarda kuzatilgan buyrak patologiyasining umumiy etiologiyasi va klinik ko‘rinishlaridan tashkil topgan o‘tkir pielonefrit va o‘tkir tubulointerstisial nefritning kechish xususiyatlari o‘rganildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tubulointerstisial shikastlanishning (o‘tkir kechishi, siydik sindromining patologik faollashuvi) rivojlanishiga olib keladigan Covid-19 mavjudligi bolalik davrida o‘tkir pielonefrit va O‘TIN prognozini katta ehtimollik bilan og‘irlashtirishi mumkin; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati VBKTTM bo‘yicha 22.05.2023-yildagi 832-sonli buyruq hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023-yildagi 23-1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 bilan kasallangan bolalarda buyraklar faoliyatining buzilishi naycha tuzilmalarning shikastlanishi (reabsorbsiya, kislota-ammoniogenez, osmotik konsentratsiya) va koptokchalar filtratsiyasida o‘zini namoyon qildi. Asidoammoniogenezning statistik jihatdan sezilarli pasayishi Covid-19 fonida o‘tkir tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bemorlarga xos edi, shuning uchun Covid-19 fonida nafas tizimi zararlanishi belgilari bo‘lgan bolalarda buyrak shikastlanishini erta tashxislash va davolash maqsadida buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Yashirin buyrak patologiyasini aniqlash uchun kasallikning faol bosqichida izolyasiyalangan siydik sindromi bo‘lgan bemorlar buyraklarini funksiyasini saqlash uchun uzoq muddatli monitoringni talab qiladi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir pielonefrit va o‘tkir tubulointerstisial nefritni tashxislash va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar bemor bolalarning kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartirishga yordam berdi, har bir bemor uchun 5 kun ichida 800 000 so‘m mablag‘ tejaldi; 37 nafar bemor hisobidan jami 29 600 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga erishildi. Xulosa: Covid-19 fonida renal patologiyani rivojlanishi, nefrologik buzilishlar kechishini og‘irlashtiradi, buyrak ichi gemodinamikasini yanada yaqqolroq namoyon bo‘lgan yomonlashishiga olib keladi va nefrosklerozni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa Covid-19 fonida zararlanish belgilari bo‘lgan bolalarda buyrak shikastlanishini erta tashxislash va davolashni talab qiladi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir buyrak patologiyasi mavjud bolalarda siydikda neytrofil jelatinaza (NGAL) bilan bog‘liq lipokalin-2 ni aniqlashning diagnostik ahamiyati asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Siydikda NGALni aniqlash buyrak parenximasining shikastlanishini erta aniqlash, differensial tashxis sifatini yaxshilash va siydik tizimining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasini tanlashning arzon va noinvaziv usuli hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati VBKTTM bo‘yicha 22.05.2023-yildagi 832-sonli buyruq hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023-yildagi 23-1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkir pielonefritli bolalarda NGAL ning chiqarilishi va leykotsitoz darajasi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik aniqlandi, bu kasallikning faol bosqichining belgisi sifatida siydikda NGAL qiymatini aniqlash zarurligini ko‘rsatadi va erta tashxis qo‘yishga yordam beradi, buyrak to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va davolash samaradorligini oshiradi, buyrak kasalliklarining qaytarilmas bosqichlarining rivojlanishini sekinlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir pielonefrit va o‘tkir tubulointerstisial nefritni tashxislash va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar bemor bolalarning kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartirishga yordam berdi, har bir bemor uchun 5 kun ichida 800 000 so‘m mablag‘ tejaldi; 37 nafar bemor hisobidan jami 29 600 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga erishildi. Xulosa: Covid-19 fonida rivojlangan O‘Pda bolalar peshobidagi NGAL konsentratsiyasi qiyosiy guruhdagi bolalarga nisbatan ishonchli ravishda yuqori bo‘ldi. Ushbu tadqiqot natijalarini tahlil qilish natijasida aniqlandiki, peshobdagi NGAL konsentratsiyasi buyraklar parenximasining shikastlanish darajasi bilan bevosita korrelyasiyalanadi, bu koronavirus infeksiyasi ta’sir etganida bolalardagi renal to‘qimaning eng ahamiyatli shikastlanishining rivojlanishini isbotlaydi. Buyraklar parenximasi shikastlanishining tashxislovchi markerlaridan biri sifatida, NGAL ekskresiyasini ortishini kelgusida o‘rganish zaruriyatini ko‘rsatadi.
Uchinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: Covid-19 ni o‘tkazgan bemorlarda tubulointerstisial buyrak zararlanishlarini erta tashxislash usuli qon va peshobda sitokinlar (TNF-a, u-IFN, IL-4, IL-6) profilini aniqlash orqali takomillashtirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Buyrakning parsial funksiyasi ko‘rsatkichlari hamda qon va siydikning sitokin profili o‘rtasidagi aniqlangan korrelyativ o‘zaro bog‘liqliklar bolalarda Covid-19 fonida rivojlangan buyrak patologiyasini samarali davolash usullarini takomillashtirish zarurligini belgilab beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati VBKTTM bo‘yicha 22.05.2023-yildagi 832-sonli buyruq hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023-yildagi 23-1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Anamnezida Covid-19 bo‘lgan barcha bolalar qon zardobida va siydikda TNF-a, y- INF, IL-4 darajasi sezilarli darajada oshdi. Ushbu sitokinlar bilan titrlanadigan kislotalilik, ammiakning chiqarilishi, yallig‘lanishning o‘ziga xos bo‘lmagan belgilari, eritrotsituriya, leykotsituriya o‘rtasida kuchli bog‘liqlik qayd etildi, bu TNF-a, y- INF va IL-4 ni buyrak to‘qimalarida yallig‘lanishni rag‘batlantiruvchi mahalliy omillar sifatida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Covid-19 bilan og‘rigan bemorlarda naychalar funksiyasining yashirin shikastlanishlarini (skrining tekshiruvi) kuzatish uchun siydikdagi sitokinlar (y-INF, TNF-a, IL-4) darajasini o‘rganish kerak, buning asosida tubulointerstisial to‘qimalarda proliferativ o‘zgarishlar darajasini aniqlash va buyraklardagi patologik jarayonning surunkaliliga ko‘ra bemorlarning xavf guruhlarini shakllantirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni o‘tkir buyrak kasalliklarining asoratlari va qaytalanishini oldini olish uchun erta tashxislash, asoratlar rivojlanganda davolashning umumiy qiymatini kamaytirish bilan erishilgan. Hulosa: Ushbu korrelyasion o‘zaro aloqa bolalardagi Covid-19 fonida rivojlanuvchi renal patologiyalarni samarali davolash usullarini takomillashtirish, immunologik ko‘rsatkichlarni va buyraklarning renal funksiyalarini optimal tiklash, shuningdek kasallikning qaytalanish sonini oldini olish muximligini belgilab beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Covid -19 fonida rivojlangan o‘tkir buyrak patologiyalari bo‘lgan bolalarda an’anaviy davo usuli bilan birgalikda ingavirin dori vositalarini ko‘shimcha qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Covid-19 fonida rivojlangan buyrak patologiyasi bo‘lgan bemorlarda "Ingavirin" preparatini modifikatsiyalangan kompleks qo‘llanilishi klinik belgilarning tezroq remissiyasiga, sitokin profili va buyraklar funksional holatining tiklanishiga, remissiya davrini uzaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati VBKTTM bo‘yicha 22.05.2023-yildagi 832-sonli buyruq hamda TTA Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 11.11.2023-yildagi 23-1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: "Ingavirin" preparati Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir pielonefrit va o‘tkir tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bolalarda an’anaviy davolash bilan birgalikda qo‘llanilganda davolash samaradorligini oshirishga yordam berdi va bemorlarning 86,6 foizida to‘liq klinik va laborator remissiya (qiyoslash guruhida 60%) kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Covid-19 fonida rivojlangan o‘tkir pielonefrit va o‘tkir tubulointerstisial nefritni tashxislash va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar bemor bolalarning kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartirishga yordam berdi, har bir bemor uchun 5 kun ichida 800 000 so‘m mablag‘ tejaldi; 37 nafar bemor hisobidan jami 29 600 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga erishildi. Hulosa: Ingavirin dori vositasini qo‘shish bilan olib borilgan kompleks davolashdan keyin o‘rganilgan sitokinlar konsentratsiyasini ishonchli ravishda pasayishiga olib keldi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘tkir buyrak kasalliklarining og‘ir shakllarini rivojlanish xavf omillarini hisobga olish bilan Covid-19 fonida kompleks davolashni shaxsiylashtirishga imkon berdi.