Mahkamov Nosirjon Jo‘raevichning
 fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak va bel sohalari degenerativ-distrofik kasalliklarining klinik-anamnestik va patomorfologik asoslari» mavzusidagi 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib756.
Ilmiy maslahatchilar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xujanazarov Ilhom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon  davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daurexanov Asatay Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi, spondilyozi, disk churrasi rivojlanishini patomorfologik xususiyatlari hamda ushbu xastaliklarni differensiallashgan tashhislash va davolashning yangicha modellashtirilgan tartibini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 degenerativ-distrofik kasalliklarida umurtqa pog‘onasi barcha sohalaridagi o‘zgarishlarni klinik-laborator-instrumental natijalar asosida korreksiyalangan davolash tartibini amalga oshirish  zarurligi isbotlangan;
umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarida bo‘yin, ko‘krak, bel qismining har biriga xos yumshoq va qattiq to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarining zamonaviy tashhislash va davolash mezonlari ishlab chiqilgan;
bel umurtqasi degenerativ-distrofik jarayonining klinik ko‘rinishi va patogenezida o‘ziga xos xususiyatini baholashda «majburiy oqsoqlik» sindromi suyak va tog‘ayli diskning o‘tkir yallig‘lanish holati ekanligi isbotlangan;
COVID-19ni o‘tkazgan bemorlarda umurtqa aseptik nekrozining patomorfologik tahlil ma’lumotlari bilan o‘zaro vizual ko‘rinishini uyg‘unligi erta tashhislash va davolashga muqobil ekanligi isbotlangan;
davolash jarayonida umurtqa suyagi va yumshok to‘qimalar shikastlanishini oldini olish orqali, distraksion amaliyotidan keyingi mushaklardagi tortuvchi og‘riq sindromini kamaytirish maqsadida invidual muvofiqlashtirilgan etti vaziyatli tortish qurilmasi yaratilgan va optimal rejimli tortish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 06/29-son hulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 yanvardagi 8n-z/63-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: degenerativ-distrofik kasalliklarida umurtqa pog‘onasi barcha sohalaridagi o‘zgarishlarni klinik-laborator-instrumental natijalar asosida korreksiyalangan davolash tartibini amalga oshirish zarurligi isbotlangani Farg‘ona shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №23), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.09.2023 y.; №267-A/F) hamda Andijon viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №29) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning davolash amaliyotiga joriy etilishi natijasida, aholi orasida 95% gacha umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining tashhislash va davolash samaradorligi oshirilishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan klinik-anamnestik va patomorfologik tashhislash, davolash uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan davo vaqti 12 kundan 7-10 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis va davolash usulining o‘rtacha narxi 1 ta bemor uchun 2250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 1300000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashhislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarida bo‘yin, ko‘krak, bel qismining har biriga xos yumshoq va qattiq to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarining zamonaviy tashhislash va davolash mezonlarini ishlab chiqilgani Andijon viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №29), Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.09.2023 y.; №52) hamda Farg‘ona shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №35) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasi degenerativ-distrofik kasalliklarining klinik anamnestik va patomorfologik holatini bir biriga solishtirma baholash, turli usullarning ijobiysini tanlab olinishi bemorlar mehnat faoliyatini samarasini 95% gacha oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa pog‘onasi disk churrasini aniqlash bo‘yicha tashhislash usuli va davolash taktikasini tanlash klinik-patomorfologik natijalarini hisobga olgan holda iqtisodiy hisoblash mumkin, kasallikni kechishida an’anaviy usullar (UASh, travmatolog ko‘rigi, MRT, rentgen, EKG, qon v peshob tahlili va boshqalar) bilan jarrohlik amaliyotidagi harajatlarni tashrihsiz davolanishda 70% gacha tejalishiga olib keladi. Xulosa: ushbu qo‘llanma dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos klinik va patomorfologik solishtirma tashhislash natijalari davolashni jahon darajasiga ko‘tarishga imkon beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: bel umurtqasi degenerativ-distrofik jarayonining klinik ko‘rinishi va patogenezida o‘ziga xos xususiyatini baholashda «majburiy oqsoqlik» sindromi suyak va tog‘ayli diskning o‘tkir yallig‘lanish holati ekanligi isbotlangani Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi bo‘yicha (05.09.2023 y.; №267-A/F), Andijon viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №29) hamda Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.09.2023 y.; №52) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashhislash tartibi umurtqa pog‘onasi bel sohasi degenerativ-distrofik kasalliklaridan ostexondroz, spondilyoz va disk churrasida «majburiy oqsoqlik» sindromi sonini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa degenerativ-distrofik kasalligini aniqlash bo‘yicha tashxislash va davolash taktikasini tanlash klinik va patomorfologik natijalarini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 55% gacha mablag‘lar tejalishi bilan izohlanadi. Xulosa: bunday umurtqa pog‘onasi bel sohasidagi klinik morfologik xususiyatlarini to‘liq o‘rganib borilishi, klinisistlar uchun kasallik kelib chiqish sabablarini 100% aniqlash, to‘g‘ri tahlil qilish va davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga imkon beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19ni o‘tkazgan bemorlarda umurtqa aseptik nekrozining patomorfologik tahlil ma’lumotlari bilan o‘zaro vizual ko‘rinishini uyg‘unligi erta tashhislash va davolashga muqobil ekanligi isbotlangani Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi bo‘yicha (05.09.2023 y.; №267-A/F) hamda Farg‘ona shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №35) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan umurtqa suyagi COVID-19 dan keyingi aseptik nekrozini davolashda klinik-anamnestik, struktur-funksional va patomorfologik tahliliga individual yondashuv asosida tashhislash davolanish muddatini qisqartirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholini mehnat faoliyatidagi qatlamini davolashda 1 nafar bemor uchun uch kunlik statsionar davolanish (preyskurantga ko‘ra 1-kunlik to‘lov miqdori 195000–223000 so‘mni tashkil etadi) dagi sarfini kamaytirgan. Statsionarda 12 kunlikdan 9 kunlikka qisqarishi, davo muolajalari byudjetdan bir kishi uchun (66000 so‘mgacha) iqtisod qilingan. Hulosa: umurtqa pog‘onasi degenerativ distrofik kasalliklari hastalangan 1 nafar bemor hisobiga maqsadli tekshiruv va davolash paytida o‘rtacha byudjet mablag‘larini 265000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 210000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: davolash jarayonida umurtqa suyagi va yumshok to‘qimalar shikastlanishini oldini olish orqali, distraksion amaliyotidan keyingi mushaklardagi tortuvchi og‘riq sindromini kamaytirish maqsadida invidual muvofiqlashtirilgan etti vaziyatli tortish qurilmasi yaratilgan va optimal rejimli tortish tartibi ishlab chiqilgani Farg‘ona shahar 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha (04.09.2023 y.; №35) hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (05.09.2023 y.; №267-A/F) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ostexondroz, spondilyozi va churrani korreksiyalangan-distraksion qurilmada invidual tortish 173(100%) nafar bemorda bajarilib, taklif etilgan optimal rejimli tortish tartibini kompleks yondashuv uslubidan foydalanilgan bemorlarni davolash sifatini 85%ga yaxshilanishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak-bel sohasini ostexondroz, spondilyozi va disk churrasining boshlang‘ich davrida oddiy va samarali tekshiruv usullaridan foydalanib, tashrihsiz davolanadi, optimal invidual tortishda chuqurlashtirilgan tekshiruv va maxsus malaka oshirgan shifokorlarning zaruriyati yo‘qligi isbotlangan (Stmd=Ap+Di+(Ci+MN+Zzp)= 30000+50000+290000= 370 000 so‘m, Bunda:Ci+MN+Zzp = 290000 so‘m (tarif bo‘yicha), Stmd – Bir bemor uchun an’anaviy tekshiruv usullari (UASh, travmatolog ko‘ruvi, MRT, Rentgen, EKG, qon va peshob tahlili) bilan tashhislash harajatlar summasi). Xulosa: degenerativ-distrofik kasallikning struktur–funksional turi isbotlangan bemorlarda umurtqa pog‘onasi tizimidagi nuqsonlarni tasdiqlash yoki istisno qilish uchun insonlarni mehnatga layoqatli qatlami kasallanishida erta tashhislash asnosida distraksion qurilma orqali samarali davolash hisobiga 53% gacha mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish