Ro‘zieva Zebo Ibodilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloklar o‘pkasi atelektazining uchrash darajasi, xavf omillari va patologik anatomiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2804.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jo‘raeva Gulbahor Baxshullaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlarda o‘pka atelektazining xavfli omillarini tahlil qilish, gestatsiya davrlari, tug‘ilgandan keyin yashash vaqtiga qarab atelektaz o‘chog‘ida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarni  baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onalarning klinik-anamnestik ma’lumotlar tahlili asosida chaqaloqda o‘pka atelektazi rivojlanishining xavfli omillari aniqlangan;
gestatsiya davrlari bo‘yicha o‘pkada rivojlanadigan birlamchi atelektazining patomorfologik o‘ziga xos belgilari xaqidagi ma’lumotlar takomillashtirilgan;
o‘pka birlamchi atelektaz o‘chog‘ida har xil vaqt davomida yashagandan keyin rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar xaqidagi ma’lumotlar isbotlangan;
chaqaloqlarda «nafas buzilishi sindromi» rivojlanishida birlamchi atelektazning morfologik jihatdan o‘ziga xos belgilarining diagnostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 13 noyabrdagi 11/043-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 19 oktbyardagi 09/09224-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: onalarning klinik-anamnestik ma’lumotlar tahlili asosida chaqaloqda o‘pka atelektazi rivojlanishining xavfli omillari aniqlangan, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha (11.04.2022 y.; № 12-1/i) hamda Respublika patologik antomiya markazi Buxoro filiali bo‘yicha (14.04.2022 y.; №23-i) buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha chaqaloqlarda birlamchi atelektaz rivojlanishining xavfli omillari bo‘lgan ona kasalliklaridan preeklampsiya, infeksion kasalliklar, endokrin patologiya va har xil ekstragenital kasalliklar, hamda tug‘ruq jarayoniga bog‘liq asoratlarning xavfl omil sifatida baholanishi neonatolog va pediatrlar tomonidan ish faoliyatida ularning oldini olish uchun e’tiborni qaratish uchun ilmiy asos yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida chala tug‘ilgan chaqaloqlarda birlamchi atelektaz kasalligida yuzga kelgan o‘zgarishiga asfiksiya, qog‘onoq suvi aspiratsiyasi hamda homiladorlik davri infeksiyalarni yuqishi va qandli diabet kasalligi natijasida qand miqdori ortishini baholashni o‘ziga xosligini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha onalar uchun 300000-500000 so‘mni,  qo‘shimcha ravishda tashxislash uchun 200000-250000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka atelektazi kasalligida onalarda va  vafot etgan chaqoloqlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 750000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gestatsiya davrlari bo‘yicha o‘pkada rivojlanadigan birlamchi atelektazining patomorfologik o‘ziga xos belgilari xaqidagi ma’lumotlar takomillashtirilgani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha (11.04.2022 y.; № 12-1/i) hamda Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro filiali bo‘yicha (14.04.2022 y.; №23-i) buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pkada rivojlanadigan birlamchi atelektazining o‘pka alveolalari devorlarining yopishib  qolishi, zichlashish, surfaktant etishmasligi natijasida erkin ochilmasligi  sifatidagi patomorfologik belgilarining gestatsiya davrlariga bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘pka atelektaz kasallikda  davrlarning o‘ziga xosligini inobatga olib davrlarni erta bosqichida aniqlash bolalar o‘limini oldini olish va onalarda yuzaga keladigan xastaliklarni oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: o‘pka atelektazi kasalligida uchta davrining o‘ziga xosligi tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘pka birlamchi atelektaz o‘chog‘ida har xil vaqt davomida yashagandan keyin rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar xaqidagi ma’lumotlarning o‘rni va ahamiyati isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha (11.04.2022 y.; № 12-1/i) hamda Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro filiali bo‘yicha (14.04.2022 y.; №23-i) buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari birlamchi atelektaz joylanishining o‘pka anatomotopografik tuzilishiga bog‘liqligi va  joylanishi bo‘yicha har xil turlarining o‘ziga xos patomorfologik belgilari, xususan alveolyar bo‘shliqda qog‘onoq suv qoldiqlarining mavjudligi, mahalliy qon tomirlardagi venoz to‘laqonlik, gialin membranalarning paydo bo‘lishi, sklerotik o‘zgarishlarning mavjudligi patologiyani tashxislash uchun strukturaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar birlamchi atelektaz kasallikda  davrlarning o‘ziga xosligini inobatga olib davrlarni erta bosqichida aniqlash bolalar o‘limini oldini olish va onalarda yuzaga keladigan xastaliklarni oldini olish maqsadida bir tashxislash uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi atelektaz kasallikda uchta davrining o‘ziga xosligi tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘mdan 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlarda «nafas buzilishi sindromi» rivojlanishida birlamchi atelektazning morfologik jihatdan o‘ziga xos belgilarining diagnostik ahamiyati isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha (11.04.2022 y.; № 12-1/i) hamda Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro filiali bo‘yicha (14.04.2022 y.; №23-i) buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chaqaloqlarda nafas buzilishi sindromining asosiy ko‘rinishi birlamchi atelektaz bo‘lib, uning o‘ziga xos morfologik belgilari o‘pka al`veolyar to‘qimasining surfaktant etishmasligidan birlamchi ko‘rinishda ochilmasligi, havosizligi, al`veolalar tuzilmalarining zich, havosiz holda bir-biriga yaqin holda jipslanib, bir butun zich to‘qima ko‘rinishida namoyon bo‘lishi hisoblanadi va bu neonatologlar va pediatorlar amaliyotida o‘pkani funksional asboblar bilan tekshirilganda havosiz zich to‘qima ko‘rinishida namoyon bo‘lishi diagnostik ahamiyati ilmiy asoslangan tarzda baxolashga oid bilimlarni kengaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida birlamchi atelektaz egallagan maydon kengayishi natijada al`veolalar bo‘shlig‘i faollik koeffisienti keskin kamayishi oldini  olishga qaratilgan  algoritm natijasida bolalar o‘limini oldini olish natijasida bir marta bolalarni tashxislash uchun kamida  davlat byudjetidan  bir  kurs uchun 1,5 - 2 mlndan ortiq xarajatlarni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsiya davri oshib borgan sari o‘pka to‘qimasida atelektaz xastalikni tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga bir kurs uchun byudjet mablag‘larini 1,5-2 mln. so‘mdan ortiq xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish