Abdusalomova Maftuna Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish” 14.00.09 - Pediatriya, 14.00.12 - Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib1696.
Ilmiy raxbar: Sharipov Rustam Xaitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mavlyanova Zilola Faraxadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rabbimova Dilfuza Toshtemirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Butko Dmitriy Yur`evich tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat medisina universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi orqa miya va umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi tug‘ruq jarohatlarining asoratlari bo‘lgan bolalarda hayot sifatini baholash va reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda bo‘yin qismi spinal natal jarohatlarining nafas olish tizimi (25,6%) va LOR-organlarining (68,9%) surunkali patologiyalari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor bo‘yin qismi spinal tug‘ruq jarohati asoratlari bo‘lgan bolalarda yoshga bog‘liq holda QUALIN va PODCI so‘rovnomalari yordamida hayot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari baholanishi kompleks yondashuvlar orqali takomillashtirilgan;
bolalarda bo‘yin qismi spinal tug‘ruqdan keyingi asoratlarning og‘irlik darajasini va reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun Mallet testi, elektroneyromiografiya va ultratovush tekshirish usullari o‘tkazilishi zarurligi asoslangan;
bo‘yin qismi spinal natal jarohatlari asoratlari bo‘lgan bolalarda elektroneyromiostimulyasiya va kinezioteyplashni o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya usulini qo‘llash natijasida elka chigalida impuls o‘tkazish yaxshilanishi va kontrakturalar rivojlanishining oldini olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 28 noyabr 73-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: bolalarda bo‘yin qismi spinal natal jarohatlarining nafas olish tizimi (25,6%) va LOR-organlarining (68,9%) surunkali patologiyalari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vegetativ funksiyalarning yuqorigi labilligi, patologik holatlarning rivojlanishiga olib kelib, orqa miya va umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismi tug‘ruq jarohatlari asoratlari bo‘lgan bolalarda nafas olish tizimi va LOR-organlarining surunkali patologiyalarining ko‘p uchrashi ularning umumiy va mahalliy vegetativ disfunksiya fonida kechishi, vazomotor distoniya, qon aylanishining buzilishi va burun shilliq qavati kapillyarlarida o‘tkazuvchanlik buzilishi bilan bog‘liq. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (9 noyabr 2023 yildagi 119-sonli buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tekshirish instituti (9 noyabr 2023 yildagi 17-buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bolalarda orqa miya bo‘yin qismi tug‘ruq jarohatlari diagnostikasini optimallashtirishning ishlab chiqilgan usuli, kontrakturalar ko‘rinishidagi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun etarli reabilitatsiya dasturini tanlash, klinik va funksional etishmovchiliklarni bartaraf etish, kasallikning natijasini aniqlaydigan va iqtisodiy samaradorlikni oshiradigan neyrofiziologik va neyrovizual ko‘rsatkichlarni tiklashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mushak - fassial segmentini modellashtirish uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan usulning samaradorligi - neyrovizual va neyrofiziologik tadqiqotlar ma’lumotlariga asoslangan, bolalarda qo‘l mushaklarining fiziologik holatini yo‘qotishining oldini olish uchun kinezioteyplashda umumiy iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun yiliga 3 840 000sum so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 960 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 21 iyundagi 1992-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/425-sonli ma’lumotnomasi).
Ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor bo‘yin qismi spinal tug‘ruq jarohati asoratlari bo‘lgan bolalarda yoshga bog‘liq holda QUALIN va PODCI so‘rovnomalari yordamida hayot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari baholanishi kompleks yondashuvlar orqali takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan usul yordamida OM va UPBQTJ va uning asoratlari bilan bolalarda hayot sifatini baholash va yaxshilash mumkin, shu bilan birga reabilitatsion prognozni aniqlash va mos reabilitatsion dastur ishlab chiqish imkonini berdi. Bu o‘z navbatida jismoniy reabilitatsiyaning shakli va vositalarini to‘g‘ri tanlashga va buning natijasida bemorlarda tezroq sog‘ayish va kundalik yumushlarini bajarish va hayot sifatini oshirish imkonini berdi. Pediatriyaga HS ko‘rsatkichini kiritish oxir oqibat bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (9 noyabr 2023 yildagi 119-sonli buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tekshirish instituti (9 noyabr 2023 yildagi 17-buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berib, shuningdek nogironlik va ijtimoiy nafaqalar sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shundaki, taklif etilgan usul hech qanday iqtisodiy harajatlarni talab etmaydi va uni nafaqat statsionar balki ambulator sharoitlarda ham o‘tkazib, mos individual reabilitatsiya dasturini tuzish va bemorning hayot sifatini to‘laqonli baholash imkonini beradi. Xulosa: ushbu patologiyani davolashda 36 nafar bemor uchun hisoblangan umumiy iqtisodiy samaradorlik 11 999 987,85 so‘mni, bir bemor uchun esa 333 332 so‘mni tashkil etadi. Bu bizga ushbu patologiyaga ega bemorlarning keng doirasi orasida taklif qilingan dasturdan foydalanishni tavsiya qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 18.11.2023 yil 62-sonli ma’lumotnomasi taqdim etilgan.
Uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: bolalarda bo‘yin qismi spinal tug‘ruqdan keyingi asoratlarning og‘irlik darajasini va reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun Mallet testi, elektroneyromiografiya va ul`tratovush tekshirish usullari o‘tkazilishi zarurligi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bo‘yin qismi spinal tug‘ruqdan keyingi asoratlar bo‘lgan bolalarda kasallikning og‘irlik darajasini erta aniklash va reabilitatsiya samaradorligini baholashda ul`tratovush tekshirish va elektroneyromiografiya usullarini ahamiyati yuqori bo‘ldi va shu asosida yaratilgan kompyuter dasturi shikastlanishning og‘irlik darajasini aniqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (9 noyabr 2023 yildagi 119-sonli buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tekshirish instituti (9 noyabr 2023 yildagi 17-buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OM va UPBQTJ bilan bolalarning reabilitatsiyasi samaradorligini prognoz qiluvchi statistik ishonchli ko‘rsatkichlar aniqlandi: ul`tratovush tekshirish ma’lumotlariga ko‘ra nerv ustunlari diametrining orqa miya bo‘yin segmentlaridan chiqish joyida barcha darajalarda 3 mm dan yuqori bo‘lishi salbiy prognoz; elka chigalining elektroneyromiografiya natijalari bo‘yicha M-javob amplitudasining va impuls o‘tkazish tezligi ko‘rsatkichlarining referent qiymatlarga nisbatan ≥30% o‘zgarishi salbiy prognozdan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bo‘yin qismi spinal natal jarohatlari bo‘lgan bemorlarni reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usullari kasallikning kechishiga qarab klinik va funksional ko‘rinishlarni yaxshilashga, neyrofiziologik va neyrovizual ko‘rsatkichlarini tiklashga yordam beradi. Joriy etilgan diagnostika usullari radiatsion zo‘riqish yo‘qligi, odatda hammabopligi, katta moddiy xarajatlarni talab qilmasligi va bolalar salomatligi uchun zararsizligi, reabilitatsiya samaradorligini aniqlash uchun takroran foydalanish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan diagnostika usullaridan foydalanilganda 1 nafar bemor hisobiga 600 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 21 iyundagi 1992-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/425-sonli ma’lumotnomasi).
To‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: bo‘yin qismi spinal natal jarohatlari asoratlari bo‘lgan bolalarda elektroneyromiostimulyasiya va kinezioteyplashni o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya usulini qo‘llash natijasida elka chigalida impul`s o‘tkazish yaxshilanishi va kontrakturalar rivojlanishining oldini olishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: erta davrda (hayotining dastlabki oylarida) elektroneyrostimulyasiya va kinezioteyplashni boshlash reabilitatsiya samaradorligining oshishiga olib keladi. Labil usulda, silikon elektrodlar bilan elektroneyromiostimulyasiyani qo‘llash stimulyasiya o‘tkazuvchi mushaklarni keng qamrab olish imkoniyatini beradi, muolajaga orqa miya segmentar sohasining ko‘proq qamrab olish muolajani sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Fizioterapiya muolajalari bilan kompleks tarzda tavsiya etilgan reabilitatsiya usulini qo‘llash natijalarini baholash shuni ko‘rsatdiki orqa miya bo‘yin qismi tug‘ruq jarohatlari bilan bemor bolalarning zararlangan sohasidagi funksional qobiliyatlarni tez tiklanishi, harakat hajmini oshishi, muolajaning yaxshi o‘zlashtirilishi va bemorlarning hayot sifatini oshishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (9 noyabr 2023 yildagi 119-sonli buyruq) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tekshirish instituti (9 noyabr 2023 yildagi 17-buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir bemor uchun reabilitatsiya jarayonini tashxislashning ushbu usuli quyidagicha bo‘ldi: mushak-fassial segmentini modellashtirishda qo‘llaniladigan usul kinezioteyplash kiyishni o‘z ichiga olganligi sababli umumiy reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (haftada bir marta mutaxassis reabilitologga tashrif buyuradi). Shu bilan birga, reabilitologning dastlabki maslahati 65 000 so‘mni tashkil etadi, ikkinchi konsultatsiya bepul bo‘lib, bu kasalxonaga yotqizish uchun 65 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Yiliga 3 marta kasalxonaga yotqizish bilan iqtisodiy samaradorlik yiliga 195 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu tadqiqotning joriy qilinishi davlat byudjetiga yiliga 195 000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan reabilitatsiya dasturini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, undan foydalanilganda reabilitatsiya muddati 3 oydan 6 oygacha, foydalanilmaganda esa muddatlar 9 oydan 12 oygacha uzayishi mumkinligi aniqlandi. Ushbu patologiyani davolashda 36 nafar bemor uchun hisoblangan umumiy iqtisodiy samaradorlik 11 999 987,85 so‘mni, bir bemor uchun esa 333 332 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bu bizga ushbu patologiyaga ega bemorlarning keng doirasi orasida taklif qilingan dasturdan foydalanishni tavsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Orqa miyaning tug‘ruq jarohatlari bo‘lgan bolalarning hayot sifati va reabilitatsiya tadbirlarni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 18.11.2023 yil 62-sonli ma’lumotnomasi taqdim etilgan.