Abdukadirova Nargizaxon Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarning skelet shakllarini davolashda zamonaviy kengaytiruvchi apparatdan foydalanilishini asoslash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib.3378.
Ilmiy rahbar: Nasimov El`bek El`xonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Lazareva Ol`ga Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: A.E.Evdokimov nomidagi Moskva tibbiyot stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar va o‘smirlarda kuzatiladigan III-sinf okklyuziya anomaliyalarini davolashda innovatsion olinadigan kengaytiruvchi apparatdan foydalanishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar va usmirlarda III- Sinf anomaliyalarda yuqori jag‘ torligi paski jag‘ni o‘lchamiga nisbatan ko‘p uchrashishi ilmiy asoslangan;
kompyuter dastur yordamida tish qatorlarni kerakli kengaytirishni aniqlashi tashxislash va davolash rejasini takomillashtirishi isbotlangan;
o‘sish potensialini va yo‘nalishini inobatga olgan xoladda bolalar va o‘smirlarda yuqori jag‘ni skelet kengayishi III Sinf anomaliyalarni davolashini takomillashtirishi isbotlangan.
bolalar va usmirlarda III Sinf anomaliyalarda innovatsion kengaytiruvchi apprata yordamida yuqori jag‘ni skelet kengaytirish va oldinga chiqarishi takomillashirishi va ortodontik davolashi mutlaqo modifikatsiya qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 7 sentyabrdagi 57-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 7 oktyabrdagi № 11667277-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarda yuqori jag‘ torligi, pastki jag‘ni o‘lchamiga nisbatan ko‘p uchrashishi ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning axamiyati: Bu esa o‘z navbatida ortodontik davolanishni rejalashtirishda va to‘g‘ri bemorlarni tasxishlashla, katta yordamga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand shaxar poliklinikasi buyruq (14.08.2023y №14-08) bilan va Toshkent davlat stomatologiya klinikasi bo‘limlarda buyruq (05.05.2023 № 28) asosida tibbiyot birlashmasida joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarning amaliyotiga tadbiq etilishi axoli o‘rtasida III sinf anomaliyalarni diagnostika omillarini va davolash xolatlarini vaqtida aniqlash va bartaraf etish, davo muolajalarnini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olishga va davo samarasini oshirishga bemorlar turmush sifatini yaxshilashga va anomaliya zo‘rayib borish ko‘rsatkichlarining kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: III sinf anomaliyalar bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda kasallikning turli davrlarda yuqori jag‘ni pastki jag‘ga nisbatan torayishining klinik kechish xususiyatlariga ta’siri taxlili bemorlarda va davolashni aniqlash natijasida 1 ta nafar bemor uchun 400 000 so‘m iqtisod qilindi. Ushbu xolatlarda o‘rtacha 3 nafar bemorda iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1200000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 850000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarning skelet shakllarini davolashda zamonaviy kengaytiruvchi apparatdan foydalanilishini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2023 yil 7-oktyabrdagi № 11667277-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Kompyuter dastur yordamida tish qatorlarni kerakli kengaytirishni aniqlash, tashxislash va davolash rejasini takomillashtirish isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bu esa ularning ushbu bemorlarda III sinf anomaliyalar bilan bolalar va o‘smirlarda yuqori jag‘ni qancha kengaytirishni aniqlashda yordam beradi. Ushbu gurux bemorlar yuqori jag‘ni torligini bartaraf qilish va shuningdek ularni nazorat qilish eng muxim vazifalardan biri bolib xisoblanadi. Tish yoylarning 3D modellarini o‘lchash yuqori jag‘ni kengaytirish zarurligini ilmiy asoslash imkonini berdi, va bu innovatsion olinadigan yuqori jag‘ni kengaytiruvchi apparatdan foydalanish ko‘rsatkichlarini avtomatik xisoblash va aniqlash uchun foydali model` aks ettirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar poliklinikasi buyruq (14.08.2023y №14-08) bilan va Toshkent davlat stomatologiya klinikasi bo‘limlarda buyruq (05.05.2023 № 28) asosida tibbiyot birlashmasida joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkun bolgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi nafas olish yaxshilanadi va faol ijtimoiy va mexnat faoliyatiga qaytaradi; ushbu anomaliyaga chalingan bemorlarning xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni keltirib chikaruvchi omillarning aniqlashiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 350000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil tekshiruv amalietlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (30 dan 7 ta bemorlar) III sinf anomaliyalar bilan kasallangan bemorlar davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 2450000 (7 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa ushbu xolatning amaliyotiga joriy qilinishi bir nafar bemor xisobidan byudjet mablaglarini 1800000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarning skelet shakllarini davolashda zamonaviy kengaytiruvchi apparatdan foydalanilishini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2023 yil 7-oktyabrdagi № 11667277-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘sish potensiali va yo‘nalishini inobatga olgan xolatda bolalar va o‘smirlarda yuqori jag‘ni skelet kengayishi III Sinf anomaliyalarni davolashini takomillashtirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ushbu usullar anomaliyalarning rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruxlarni aniqlashga erdam beradi. Shu bilan birga differensial erta profilaktika choralariga va ortodontik chora-tadbirlarni samaradorligi oshishiga imkon yaratdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand shaxar poliklinikasi buyruq (14.08.2023y №14-08) bilan va Toshkent davlat stomatologiya klinikasi bo‘limlarda buyruq (05.05.2023 № 28) asosida tibbiyot birlashmasida joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuqori jag‘ni torayishi anomaliyadan keyingi asoratlar rivojlanishning oldini olish choralarini belgilaydi; anomaliyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; ushbu davolanishdan keyin bemorlarning xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amalieti bemorlarning davolanishdan keyingi stomatologik muolajadan tashqari, davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, qayta ko‘rik 50000 so‘m, qayta sefalogramma taxlili – 150000 so‘m, qayta 3D skanerlash – 150000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 550000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 1650000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 350 000 so‘mga va byudjetdan tashqari 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ortodontik davolanayotgan bemorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarini oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga 150 000 so‘mdan 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarning skelet shakllarini davolashda zamonaviy kengaytiruvchi apparatdan foydalanilishini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2023 yil 7-oktyabrdagi № 11667277-sonli xati yuborilgan.
turtinchi ilmiy yangilik: Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarda innovatsion kengaytiruvchi apparat yordamida yuqori jag‘ni skelet kengaytirish va oldinga chiqarish takomillashtirish va ortodontik davolash mutlaqo modifikatsiya qilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tavsiyalarning amalga oshirilishi yukori jag‘ni oldinga tortish imkoniyati bilan innovatsion olinadigan kengaytiruvchi apparat yordamida ushbu okklyuziya anomaliyasini davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Samarqand shaxar poliklinikasi buyruq (14.08.2023y №14-08) bilan va Toshkent davlat stomatologiya klinikasi bulimlarda buyruq (05.05.2023 № 28) asosida tibbiyot birlashmasida joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuqori jag‘ni torayishi anomaliyaladan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; anomaliyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; ushbu davolanishdan keyin bemorlarning xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning stomatologik davolanish uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning stomatologiyaga 1 oyda qayta ko‘rik 4 marttadan 1 martagacha qiskarib, kengaytiruvchi apparatni yasash uchun bir xaftadan (7 kundan 1 kungacha) qisqardi. Xulosa: Yangi innovatsion apparatadan foydalanish asosligini, bu ilmiy tadqiqotni nazariy yondashuvlar va usullardan foydalanish, ularni uslubiy jixatdan to‘g‘ri amalga oshirish, zamonaviy qo‘shimcha klinik, fotometrik, antropometrik tishlarni 3 D taxlil qilish, sefalometrik konus-nurli kompyuter tomografiyasi va statistik ishlov berish usullar erdamida olingan ma’lumotlarni etarli darajada tekshirish, baxolash va taxlil qilish bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish «Bolalar va o‘smirlarda III sinf anomaliyalarning skelet shakllarini davolashda zamonaviy kengaytiruvchi apparatdan foydalanilishini asoslash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarkand tibbiyot universitetining 2023 yil 7-oktyabrdagi № 11667277-sonli xati yuborilgan.