Igamberdieva Ranoxon Shuxratxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasida antikoagulyantlarning qo‘llanilishi” 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1402.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi III bosqichi bilan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda asoratlarning xavf omillarini hisobga olgan holda antikoagulyant terapiyaning klinik samaradorligi va xavfsizligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda buyrak funksiyasi saqlangan bemorlarga nisbatan tromboembolik va gemorragik asoratlar xavfining ortishi asoslangan;
bo‘lmachalar fibrillyasiyasi negizida surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda koptokchalar filtratsiyasi tezligining pasayishi darajasi va tromboembolik asoratlarning rivojlanish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
varfarinni uzoq muddat qo‘llash tromboembolik asoratlar va yirik gemorragik hodisalar xavfini oshirishi, shuningdek, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda buyrak filtratsiyasi funksiyasini kamaytirishi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi mavjud bemorlarni an’anaviy davolashga qo‘shimcha ravishda yangi peroral antikoagulyantlarni birgalikda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 10 noyabrdagi 03/113 son xulosasiga ko‘ra:
surunkali buyrak kasalligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda tromboembolik va gemorragik asoratlar rivojlanish xavfining bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va buyrak faoliyati saqlangan bemorlarga nisbatan ortishi asoslangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi 10.09.2021 yildagi 106-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 07.09.2021 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan;
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot davomida ishlab chiqilgan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi mavjud bemorlarni olib borish algoritmidan foydalanish bemorlar o‘rtasida komorbid holatni erta tashhislash imkonini berdi hamda buyrak faoliyatidagi buzilishlarni progressiyalanishini kamaytirdi. Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va buyraklar faoliyati saqlangan bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichini 14,3% ga kamaytirish,  bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va surunkali buyrak kasalligining III bosqichi bo‘lgan bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichini 12,1% ga kamaytirish hamda ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada davolanish uchun qolish muddatini o‘rtacha 9,2 kundan 7,4 kungacha qisqartirtirildi, bu to‘lov miqdorini taxminan 350460 so‘mga kamaytirgan (Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 194700 so‘mni tashkil qiladi); bir bemor shifoxonada davolanishi uchun o‘rtacha bir kun uchun 115 000 so‘m miqdorda dori vositalari sarflanadi, xususan, bir bemor uchun 207000 so‘mni   dori vositalari hisobiga tejashga erishildi. Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va buyraklar faoliyati saqlangan bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichini kamaytirish hisobiga o‘rtacha 100 nogironga nisbatan olinganda ajratiladigan bir oylik nogironlik nafaqasini 10682100 so‘mga   tejashga,  bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va surunkali buyrak kasalligi III bosqichi bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha 100 nogironga nisbatan olinganda 9038700 so‘mga tejashga erishildi (1 nogiron uchun oylik nogironlik nafaqa 747000 so‘m).  
Xulosa: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan kasallangan bemorlarda buyraklarning filtrlash faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash tromboembolik va gemorragik asoratlarni erta tashxislashga imkon berib, tavsiya etilgan algoritm qo‘llanilganda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 557460 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Aholi o‘rtasida nogironliklikni buyraklar faoliyati saqlangan bo‘lmachalar fibrillyasiyali bemorlarda 14,3% ga kamaytirish,  surunkali buyrak kasalligi III bosqichi bo‘lgan bemorlarda 12,1% ga kamaytirishga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Igamberdieva Ranoxon Shuxratxodjaevnaning “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasida antikoagulyantlarning qo‘llanilishi” Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2021-yil 15-oktabrdagi 03/2112-sonli xati sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha yuborildi.
Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi negizida surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda koptokchalar filtratsiyasi tezligining pasayishi darajasi va tromboembolik asoratlarning rivojlanish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi 10.09.2021 yildagi 106-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 07.09.2021 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligining o‘rta og‘ir bosqichidagi bemorlar statistik ma’lumotlargam ko‘ra yiliga 2 marta shifoxonada davolanishadi. Koptokchalar filtratsiyasi tezligining pasayishi surunkali buyrak kasalligini keyingi terminal bosqichiga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bir tomondan, bu holat dializ oladigan bemorlar sonini oshiradi va davlat byudjeti tomonidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini talab qiladi. Boshqa tomondan, tromboembolik asoratlar, nogironlik va o‘lim sonini ortishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot tavsiyalariga ko‘ra bemorlarni olib borish, yuqorida sanab o‘tilgan asoratlar sonini keskin kamaytirdi. Ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha tashhislash hamda davolash usullari asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirishning iqtisodiy ta’siri hisoblab chiqildi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyraklar faoliyatini monitoringi uchun har uch oyda bir bemorga 49500 so‘m byudjetdan mablag‘ ajratilsa, natijada, buyraklarning filtrlash faoliyati me’yorda ushlab turiladi va tromboembolik asoratlar soni kamayadi. Chunki miokard infarkti yoki insult holati rivojlanganda reanimatsiya bo‘limida davolanishni budjet mablag‘idan (1 kunga o‘rtacha 180 000 – 240 000 sarflashni) talab etadi. Agar bemorlarda surunkali buyrak kasalligini terminal bosqichiga o‘tishi kuzatilsa, bu ularni gemodializ olishi uchun 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘laridan 500 000 so‘m ajratiladi va budjetdan tashqari mablag‘larni 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: buyraklar faoliyatini me’yorda ushlab turish surunkali buyrak kasalligini rivojlanishini cheklash, kasallikni dializ bosqichiga o‘tishini bartaraf etish, insult, miokard infarkti va boshqa tizimli tromboemboliyalar sonini kamaytirish hisobiga nogironlik va o‘limlar sonini pasaytirish tufayli bir bemor uchun budjet mablag‘laridan 680 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Igamberdieva Ranoxon Shuxratxodjaevnaning “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasida antikoagulyantlarning qo‘llanilishi” Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2021-yil 15-oktabrdagi 03/2112-sonli xati sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha yuborildi.
Varfarinni uzoq muddat qo‘llash tromboembolik asoratlar va yirik gemorragik hodisalar xavfini oshirishi, shuningdek, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda buyrak filtrlash funksiyasini kamaytirishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi 10.09.2021 yildagi 106-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 07.09.2021 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tromboembolik asoratlar profilaktikasi maqsadida varfarinni qabul qilishni endi boshlagan bemorlarga halqaro me’yoriy nisbat ko‘rsatkichi birinchi hafta davomida har kuni, ikkinchi haftadan boshlab har uch kunda "maqsadli terapevtik diapazonga" erishilguncha (2,0-3,0) tekshirib boriladi. So‘ngra 1 oyda bir marta tekshiriladi. Lekin bemor parhezni buzsa yoki varfarin bilan reaksiyaga kirishuvchi dori vositalarni qabul qilsa, yana halqaro me’yoriy nisbat ko‘rsatkichini qo‘shimcha tekshirishni talab etiladi. Agar halqaro me’yoriy nisbatni tegishli meʼyorlarda ushlab turilmasa, qon ketishlar (27,6%) hamda tromboembolik asoratlar (20,7%) soni keskin ortadi. Varfarinni uzoq vaqt davomida qabul qilish natijasida buyrak faoliyati saqlangan bemorlarda varfarin sababli rivojlangan nefropatiya yuzaga keldi va surunkali buyrak kaksalligi 3 bosqichi bo‘lgan bemorlarda 24,1% holatda 4 bosqichga - dializ oldi bosqichiga o‘tishi kuzatildi. Varfarin bilan terapiya qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qiladi, qon ketishlar hisobiga bemorlarni kasalxonaga murojat qilishini va anemiya holatini davolash uchun qo‘shimcha dori vositalarni qo‘llashni talab etadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitamin K antogonisti bilan antikoagulyant terapiya qabul qilayotgan bemorga halqaro me’yoriy nisbat tekshiruvi 1 martalik 21900 so‘mni tashkil etadi. Varfarin olayotgan bemorga yil davomida halqaro me’yoriy nisbatni tahlili 1 bemor uchun davlat byudjeti hisobidan o‘rta hisobda 525600 so‘m ajratish kerakligi aniqlangan. Varfarin bilan terapiya davomida bemorlarda klinik ahamiyatga ega katta bo‘lmagan qon ketishlar (6,9%) kuzatilgan. Bu bemorlar shifoxonaga yotqizilgan hamda davolanish uchun qolish muddati o‘rtacha 5 kun davom etgan. Bir bemor davolanishi uchun o‘rtacha byudjet hisobidan 1110200 so‘m, byudjetdan tashqari 150000 so‘m miqdorda mablag‘ sarflangan.
Xulosa: bo‘lmachalar fibrillyasiyasi va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda varfarin bilan antikoagulyant terapiya olib borish 1 bemor uchun byudjet mablag‘i hisobidan 1635800so‘m, byudjetdan tashqari 150000 so‘m mablag‘ ajratish kerakligi aniqlangan.  
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: Igamberdieva Ranoxon Shuxratxodjaevnaning “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasida antikoagulyantlarning qo‘llanilishi” Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2021-yil 15-oktabrdagi 03/2112-sonli xati sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha yuborildi.
Surunkali buyrak kasalligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarni an’anaviy davolashga qo‘shimcha ravishda yangi peroral antikoagulyantlarni birgalikda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan, shu jumladan, bu komorbid holatlarni davolashda yangi istiqbolli usullarni ko‘rsatadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent viloyati Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi 10.09.2021 yildagi 106-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 07.09.2021 yildagi 122-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rivaroksaban bilan terapiya yil davomida tromboembolik asoratlarni 12,1% ga hamda gemorragik asoratlarni 19% ga kamaytirishga erishilgan. Bu bemorlarda renal anemiyaning zo‘rayishi kuzatilmagan. Buning sabablaridan biri, bemorlarda kam miqdorda faqat kichik qon ketishlar (4,7%) kuzatilganligi tufayli ularning qondagi gemoglobin va eritrotsitlar ko‘rsatkichlari yil davomida deyarli o‘zgarishsiz qolganligi aniqlangan. Shu bilan birgalikda, rivaroksabanni qo‘llash natijasida  surunkali buyrak kasalligi III bosqichi bo‘lgan bemorlarda koptokchalar filtratsiyasining tezligi bir yil ichida 2,3 ml/min/1,73m2 ga pasayganligi, bu antikoagulyantning  nefroprotektiv samaradorligini namoyon qilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bevosita ta’sir etuvchi antikoagulyantlar, xususan, rivaroksaban  boshqa peroral antikoagulyantlardan farqli ravishda doimiy laboratoriya monitoringini talab qilmaganligi sababli 1 bemor uchun davlat byudjeti hisobidan bir yil ichida 483000 so‘m iqtisod qilinishi hisoblangan. Rivaroksaban bilan davolash natijasida surunkali buyrak kasalligi va buyrak anemiyasining kuchayiishi kuzatilmaganligi sababli bir bemor uchun davlat byudjeti hisobidan 415000 so‘m, byudjetdan tashqari 120000 so‘m miqdorda mablag‘ tejalgan.
Xulosa: surunkali buyrak kasalligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda  rivaroksaban bilan davolash tromboembolik (12,1%) va gemorragik (19%) asoratlarni  kamaytirishga, surunkali buyrak kasalligi va buyrak anemiyasining kuchaymaganligiga erishish tufayli  davlat byudjeti hisobidan 898000 so‘m, byudjetdan tashqari 120000 so‘m miqdorda mablag‘ tejalgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Igamberdieva Ranoxon Shuxratxodjaevnaning “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyasiyasida antikoagulyantlarning qo‘llanilishi” Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2021-yil 15-oktabrdagi 03/2112-sonli xati sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklarni joriy etish bo‘yicha yuborildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish