G‘anieva Nafisa Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik - diagnostik jihatlari» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1876.
Ilmiy rahbar: Rizamuxamedova Mashxura Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik - diagnostik jihatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarning 89,5% da yurak qon tomir xavf omillari kuzatilib, xavf omillaridan 5 ta va undan yuqori uchrashi 38,4% bemorlarda aniqlangan;
 tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasida aterosklerotik o‘zgarishlar rivojlanishi kuzatilib, 18,6% bemorlarda aterosklerotik pilakcha hamda intima - media kompleksi qalinlashishi 32,4% holatda aniqlangan;
tizimli sklerodermiyali bemorlarda aterosklerozning an’anaviy xavf omillaridan (umumiy xolesterin, trigliserid, zichligi past lipoproteid) va interleykin-6 o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri, zichligi yuqori lipoproteidlar bilan teskari bog‘liqlik  aniqlangan;
tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda monoklonal antitana preparatini interleykin-6 ga ta’siri orqali yallig‘lanishga qarshi va kardiovaskulyar tizimidagi ijobiy samarasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 9 oktyabrdagi 10/034 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarning 89,5% da yurak qon tomir xavf omillari kuzatilib, xavf omillaridan 5 ta va undan yuqori uchrashi 38,4% bemorlarda aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 16-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 10.01.2023 yildagi 123-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan;
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiyali bemorlarda yurak qon – tomir xavf omillarini erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish sonini 29% ga kamaytiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda yurak qon – tomir xavf omillarini erta tashxislash 31% holatda ateroskleroz avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. 2) tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda xavf omillarini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun shifoxona sharoitida davolanishni bir kunlik xarajati: 989 000 so‘m bo‘lsa, 86 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 7 bemordan 4 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 989 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 2 967 000 so‘mni tashkil qiladi.
Xulosa: tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda yurak  qon–tomir xavf omillarini erta tashxislash, kasallikni rivojlanishini va asoratlarini oldini olish orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 967 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 989 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik-diagnostik jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5366-sonli xati yuborildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasida aterosklerotik o‘zgarishlar rivojlanishi kuzatilib, 18,6% bemorlarda aterosklerotik pilakcha hamda intima - media kompleksi qalinlashishi 32,4% holatda aniqlandi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 16-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 10.01.2023 yildagi 123-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasini o‘rganish orqali tomirlarda ateroskleroz rivojlanishini erta tashxislashga, kasallik kechishini va noxush asoratlarni kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasi qo‘llanilishi orqali tomirlardagi aterosklerotik o‘zgarishlarni erta aniqlash natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ning hamda uning natijasida shifoxonada davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda shifoxonada davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 700 000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan uyqu arteriyalarini tekshirish usuli 150 000 so‘m bo‘lsa, bemordan kunlik 550 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Xulosa: taklif qilingan tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda uyqu arteriyasini doppler tekshiruvi usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi tomirlarda ateroskleroz rivojlanishi barvaqt aniqlangan,  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan bir bemor hisobidan 550 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik-diagnostik jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5366-sonli xati yuborildi.
uchinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiyali bemorlarda aterosklerozning an’anaviy xavf omillaridan (umumiy xolesterin, trigliserid, zichligi past lipoproteid) va interleykin-6 o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri, zichligi yuqori lipoproteidlar bilan teskari bog‘liqlik  aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 16-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 10.01.2023 yildagi 123-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish oldi sitokini bo‘lgan interleykin-6 miqdorini, ateroskleroz xavf omillarini aniqlash, kasallik faolligini kamaytiruvchi dori vositalarini vaqtida tavsiya qilish orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan kardiovaskulyar asoratlarning oldini olish natijasida ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi tekshiruv, davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda immun yallig‘lanishni, dislipidemiya jarayonini va interleykin-6 miqdorini kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositasi bilan birga statin qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 126 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 53 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda yurak qon-tomir tizimi xavf omillarini, interleykin-6 miqdorini ortishini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorda yuqoridagi jarayonlarni kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositasi bilan birga statin qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik-diagnostik jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5366-sonli xati yuborildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda monoklonal antitana preparatini interleykin-6 ga ta’siri orqali yallig‘lanishga qarshi va kardiovaskulyar tizimidagi ijobiy samarasi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 28.01.2023 yildagi 16-I-sonli buyruq hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 10.01.2023 yildagi 123-T-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiyali bemorlarda monoklonal antitana preparatlarining yurak qon - tomir tizimiga ijobiy ta’siri aniqlandi, ya’ni, chap qorincha qon otish fraksiyasini 6,1% ga ortishi va intima-media kompleksi qalinligini 8,8% ga kamayishi bilan namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga, davo ta’sirida kasallik faolligining pasayishi natijasida dislipidemiya ko‘rsatkichlarini ishonchli ravishda o‘zgarishiga erishildi (xolesterin 18,4%, trigliserid 54%, zichligi past lipoproteid 31,8%, aterogenlik koeffisenti 43,8% ga pasayishi va zichligi yuqori lipoproteid 28,2% ga ortishi) va aterosklerozning avj olishini oldi olindi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda immun yallig‘lanish, interleykin-6 miqdorini va dislipidemiyani kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositasini statin bilan qo‘llash natijasida bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 29% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,7 kundan 8,8 kunga qisqartirilib, shifoxonada davolash to‘lov miqdori 830 000 so‘mga kamaytirildi.
Xulosa: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda davolash chora-tadbirlarini barvaqt boshlash orqali kasallik faolligini kamaytirish, yurakdagi fibroz jarayonlarini rivojlanishini oldi olish hamda uning oqibatida kuzatiladigan asoratlar bartaraf etilishi natijasida byudjetdan tashqari mablag‘larni 830 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda erta aterosklerozning klinik-diagnostik jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 dekabrdagi 03/5366-sonli xati yuborildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish