Matrizaev Temurmalik Jumamiratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental jarroxlikda taloq autotransplantatsiyasining turli usullarini qiyosiy baholash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2021.1.PhD/Tib1754.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental ravishda taloq to‘qimasini implantatsiya qilishning yangi usulini ishlab chiqish orqali taloqning geterotopik autotransplantatsiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda taloq geterotopik autotransplantatsiyasining “oyoqchali” katta charviga o‘ralgan holda taloq bo‘laklarini teri osti yog‘ kletchatkasiga implantatsiya qilish bilan tavsiflanuvchi yangi usuli ishlab chiqilgan;
taloqning geterotopik autotransplantatsiyasida splenektomiyadan so‘ng immunosupressiyaning to‘liq profilaktikasini ta’minlovchi eng maqbul usul olib tashlangan a’zoning 1/4 qismini implantatsiya qilish ekanligi eksperimental tadqiqotlar orqali isbotlangan;
taloqning geterotopik autotransplantatsiyasining tavsiya etilgan va an’anaviy usullarida allotransplantatning regenarsiyasi va funksionalligini ta’minlanishida alohida farqlar yo‘qligi aniqlangan;
taloqning geterotopik autotransplantatsiyasida taloq to‘qimalarining gomogenatidan foydalanilganda, 30 kundan keyin implantatda qizil va oq pul`paning differensiallashishi qayd etilishi, ammo taloq bo‘laklari qo‘llanilganda a’zo funksiyasining tiklanishi tezroq sodir bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 21 sentyabrdagi 09/028-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 18 sentyabrdagi 09-08059-son xati yuborilgan):
travmalar natijasida olib tashlangan taloqni (splenektomiya) qayta transplantatsiya qilishning taloq to‘qimasini charviga o‘ragan holda teri ostiga implantatsiyasini amalga oshirish bilan tavsiflanuvchi yangi usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari TTA Urganch filiali klinikasi jarrohlik bo‘limi (10.05.2023 y.; №93-I) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi (19.05.2023 y.; № 7-I) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan taloq fragmentini geterotopik autotransplantatsiya qilish splenektomiyadan keyingi asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri tanlangan davo choralari splenektomiyadan keyingi immonodefisit holatlarni, koagulyasion tizimdagi buzulishlarni oldini olish hamda operatsiyadan keyingi erta tiklanish imkoniyatini beradi. Bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi 1 nafar bemor uchun mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 18,6% dan 2,5% ga qisqarishiga. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 9 mln. 405 ming so‘mni tashkil qiladi.
geterotopik taloq autotransplantatsiyani amalga oshirishning samarali sxemasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari TTA Urganch filiali klinikasi jarrohlik bo‘limi (10.05.2023 y.; №93-I) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi (19.05.2023 y.; № 7-I) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: splenektomiyada keyingi immunodefisit holatlarni, koagulyasion tizimdagi buzulishlarni kamaytirishga erishish uchun biz taklif qilgan taloq fragmentini geterotopik autotransplantatsiyasini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ushbu amaliyotni o‘tkazish orqali splenektomiyadan keyingi davrdagi qo‘shimcha terapevtik davo muolajalarni va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: samarali sxemani amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 800 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemordan 1 mln. 800 ming so‘mni, iqtisod qilish imkonini beradi;
taloqning geterotopik autotransplantatsiyasi uchun eksperimental hayvonlarda o‘tkazilgan laborator qon tahlillari shuni ko‘rsatdiki, eng maqbul usul olib tashlangan taloqning 1/4 qismini implantatsiya qilish ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari TTA Urganch filiali klinikasi jarrohlik bo‘limi (10.05.2023 y.; №93-I) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limi (19.05.2023 y.; № 7-I) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni, statsionarda yotoq kunlarini kamaytirish va umumiy sarf-xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi 1 nafar bemor uchun mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 18,6% dan 2,5% ga qisqarishiga. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 9 mln. 405 ming so‘mni tashkil qiladi.
taloq to‘qimasi gomogenat ko‘rinishda implantatsiya qilinganda oq va qizil pul`paning differensialnishi eksperimental tadqiqotlarning 30-kunida kuzatilishi, fragment ko‘rinishida implantatsiya qilinganda esa a’zo funksiyasi tezroq tiklanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: geterotopik taloq autotransplantatsiyasi bemorlarda asoratlarni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga, organ faoliyatini tiklashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot ishlab chiqilgan usulning samaradorligini asoslashga va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 244 ming so‘m) 2 mln. 440 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini eksperimental asoslash sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 7 mln. 320 ming so‘mni tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha iqtisod qilish imkonini beradi.