Mansurov Shoxrux Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda mahalliy intraoperativ gemostazning yangi usullarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3404.
Ilmiy rahbar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuritdinov Orif Tolipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemostazga erishish va reparativ faollikni kuchaytirish hisobiga operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish orqali qalqonsimon bezda o‘tkaziladigan jarroxlik aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalqonsimon bezdagi operativ aralashuvlarda rezeksion yuzaga sellyuloza asosidagi gemostatik vositaning va past quvvatli lazer ta’sirini qo‘llanilishi qon ketishini tez va turg‘un to‘xtatishni ta’minlashi hamda elektroxirurgik gemostaz uchun hos bo‘lgan bitishmalar va chandiqlarni hosil bo‘lish jarayonini rivojlanish xavfini pasayishiga ko‘maklashishi aniqlangan;
tajriba hayvonlarida qalqonsimon bez to‘qimasiga gemostaz maqsadida yuqori chastotali tok bilan ta’sir etilganda, erta muddatlarda lokal gematomalar shakllanishi va dag‘al biriktiruvchi to‘qimali fibroz o‘zgarishlar rivojlanib, to‘qima qavatlarining sust regeneratsiyasi bilan tavsiflanuvchi chuqur destruktiv-nekrotik o‘zgarishlar rivojlanishi isbotlangan;
qalqonsimon bez rezeksiyasidan so‘ng jaroxat yuzasiga gemostatik vosita va past quvvatli lazer ta’sirining qo‘llanilishi noinfeksion tusga ega bo‘lgan yallig‘lanish jarayonini ustunligini hamda barcha qavatlarning gistofunksiyasini tiklanishi va yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qimaning shakllanishi bilan regeneratsiya jarayonlarining tezlashishini ta’minlashi aniqlangan;
qalqonsimon bezda o‘tkaziladigan operatsiyalarda qon ketishini to‘xtatish va regeneratsiyani tezlatilishini ta’minlovchi qo‘shma kimyoviy-fizik ta’sir ko‘rsatish bilan tavsiflanadigan lokal gemostaz va reparativ jarayonlarni yaxshilash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 31 avgustdagi 06/20-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 7 sentyabrdagi 08/263-son xati yuborilgan):
eksperimental va klinik tadqiqotlar orqali diffuz toksik, tugunli va aralash bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bezdagi operatsiyalar paytida intraoperativ gemostaz va lazer nurlanishining yangi ishlab chiqilgan usulining afzalligi va samaradorligi isbotlangan, bu umumiy erta asoratlar chastotasini kamaytirishga, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini yaxshilashga va bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirishga imkon bergan (“Qalqonsimon bezni rezeksiya qilish vaqtida gemostaz usuli”. O‘zbekiston Respublikasining 16.01.2023 yildagi ixtiro uchun 07314-son patenti). Ilmiy yangilik natijalarini amaliyotga joriy etish: 2023 yil 29 apreldagi 01-10/29-son buyruq bilan Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va 2023 yil 12 maydagi 55-son buyruq bilan Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mahalliy “Xemoben” preparatini hamda qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolashda yangi yondashuvlarni qo‘llash bo‘qoqning diffuz toksik, tugunli va aralash shakllarini xirurgik davolash sifatini oshirishga imkon berdi, bu esa operatsiyadan keyingi davrning qisqarishiga va bemorlarning shifoxonadan erta chiqarilishiga yordam berdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemostazning takomillashtirilgan usullaridan foydalanish qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolash natijalarini yaxshiladi, bu esa operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga, shifoxonada yotish muddatlarini 6,0 kundan 4,9 kungacha qisqartirishga va dori-darmon xarajatlarini pasayti rishga imkon berdi. Xulosa: qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolashga kompleks yondashuv reanimatsiya bo‘limida daolanish muddatini 1,4±0,6 kundan 1,2±0,4 kungacha kamaytirishga, bu esa, bir bemor uchun 179 980 so‘m byudjet mablag‘lari va 183 600 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni, barcha bemorlar (n=98) uchun jami 17992800 million so‘m iqtisod qilinishiga imkon berdi.
eksperimental tadqiqotlar orqali qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda mahalliy “Xemoben” preparatini va lazer nurlanishini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi intraoperativ gemostaz usulining afzalligi va samaradorligi – erta asoratlarning umumiy chastotasini kamayishi, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifati oshishi va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqarishi ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarini amaliyotga joriy etish: 2023 yil 29 apreldagi 01-10/29-son buyruq bilan Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va 2023 yil 12 maydagi 55-son buyruq bilan Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolashda yangi usullar va yondashuvlarni qo‘llash reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini 1,4 kundan 1,2 kungacha, bo‘limda esa 4,6 kundan 3,7 kungacha va umuman operatsiyadan keyingi butun davrni 6,1 kundan 4,9 kungacha qisqartirish bilan xirurgik davolash samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usuldan foydalanish harajatlarni kamaytirish hisobiga 1 bemorga 2 million 450 so‘mni (preyskurant bo‘yicha 1 yotoq-kun 190000 so‘m) tejash imkonini berdi. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini eksperimental asoslash har bir bemor uchun sarflangan material va dori vositalarini kamaytirish hisobiga oyiga 7 320 000 so‘m, foydalanish hajmi bo‘yicha o‘rtacha 322 608 000 so‘mni tejash imkonini beradi.
qalqonsimon bez rezeksiyasidan so‘ng jaroxat yuzasiga gemostatik vosita va past quvvatli lazer ta’sirining qo‘llanilishi noinfeksion tusga ega bo‘lgan yallig‘lanish jarayonini ustunligini hamda barcha qavatlarning gistofunksiyasini tiklanishi va yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qimaning shakllanishi bilan regeneratsiya jarayonlarining tezlashishini ta’minlashi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarini amaliyotga joriy etish: 2023 yil 29 apreldagi 01-10/29-son buyruq bilan Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va 2023 yil 12 maydagi 55-son buyruq bilan Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolashda yangi usullar va yondashuvlarni qo‘llash reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini 1,4 kundan 1,2 kungacha, bo‘limda esa 4,6 kundan 3,7 kungacha va umuman operatsiyadan keyingi butun davrni 6,1 kundan 4,9 kungacha qisqartiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usuldan foydalanish harajatlarni kamaytirish hisobiga 1 bemorga 2 million 450 so‘mni (preyskurant bo‘yicha 1 yotoq-kun 190000 so‘m) tejash imkonini berdi. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini eksperimental asoslash har bir bemor uchun sarflangan material va dori vositalarini kamaytirish hisobiga oyiga 7 320 000 so‘m, foydalanish hajmi bo‘yicha o‘rtacha 322 608 000 so‘mni tejash imkonini beradi.
qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda ishlab chiqilgan yangi intraoperativ gemostaz usuli va lazer nurlanishidan foydalanish ikkilamchi limfogemorragik erta asoratlarni kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilik natijalarini amaliyotga joriy etish: 2023 yil 29 apreldagi 01-10/29-son buyruq bilan Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va 2023 yil 12 maydagi 55-son buyruq bilan Farg‘ona viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bezdagi aralashuvlar paytida mahalliy Xemoben preparatini qo‘llash gemostazga erishish vaqtini 12,1 dan 6,5 daqiqagacha, jarrohlik aralashuvining umumiy davomiyligini 84,7 dan 73,3 daqiqagacha qisqartiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat Jarrohlik amaliyotida mahalliy gemostazning yangi usulini qo‘llash orqali bemorlarning bo‘limda, intensiv terapiyada yotoq kunlarini va ikkilamchi asoratlarni qisqartirish mumkin: C = C yil – Xr – Xv = 44 000 000 – 24 000 000 = 20 000 000 so‘m, bunda: C (yil) – o‘rtacha yillik iqtisod; Xr - operatsiya narxi; Xv - qalqonsimon bez kasalliklarini xirurgik davolashni takomillashtirish qiymati. Xulosa: Ushbu yangi usulni amaliyotga joriy etish bir bemorga 41 million 554 ming so‘m byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 24 million 875 ming so‘mga tejash imkonini beradi.