Kosimova Dilnoza Cayotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stressda neyromotor tizimining individual-metabolik tavsifi va uning korreksiya qilish yo‘llari» 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2488.
Ilmiy rahbarlar: Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunxodjaeva Feruza Muradovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mavlyanov Iskandar Rahimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental stress ostida neyromotor funksiya buzilishlarining individual metabolik xususiyatlarini o‘rganish va ularni farmakologik jihatdan korreksiya yo‘llarini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba sharoitda immobilizatsiya stressidaemotsional zo‘rayishga turli xil chidamlilikka egaeksperimental hayvonlarda jismoniy faollikning fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos tartibi, mikrotsirkulyasiya, jigar metabolizmi, xolestaza va glikoliz buzilishi, glyukoza va yog‘larni iste’moli ortishi asoslangan;
birinchi martda rux, kurkumin va glisinni o‘z ichiga olgan mahalliy kurglisinning past emotsional/stressga chidamli va yuqori emotsional/stressga chidamsiz tajriba hayvonlarning fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
stressga chidamsiz hayvonlarda mahalliy kurglisin ta’siridaqon plazmadagi adrenokortikotropik gormon va kortizol darajasining oshishi, gipotalamus-gipofiz-adrenal tizimi sezgirligining oshishi isbotlangan;
turli omillar ta’sirida tajriba hayvonlarida yuzaga kelgan stressni kurglisin bilan davolash orqaliAST, ALT, glyukoza va ishqoriy fosfataza darajasining pasayishi natijasidastressning asoratlarini oldini olishda samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 13 noyabrdagi 23-Z/081-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 13 maydagi №23/034-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitda immobilizatsiya stressidaemotsional zo‘rayishga turli xil chidamlilikka egaeksperimental hayvonlarda jismoniy faollikning fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos tartibi, mikrotsirkulyasiya, jigar metabolizmi, xolestaza va glikoliz buzilishi, glyukoza va yog‘larni iste’moli ortishi asoslangani Farmatsevtika ta’lim tadqiqot instituti labaratoriya va bo‘limlar bo‘yicha (25.07.2023 y.; №F-256) hamda «Menpharm» mas’uliyati cheklangan tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (17.11.2023 y.; №25/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajriba sharoitida immobilizatsiya stressida emotsional zo‘rayishga chidamlikning turli xil tajriba hayvonlarida mikrotsirkulyasiya va jigar metabolizmi jarayonlarining buzilishi, xolestaza, glikoliz jarayonining buzilishi, glyukoza va yog‘larni iste’molini ortishi natijasida stress jarayonining kuchayishi oqibatida xastalik natijasida yuzaga kelgan asoratlarni kuchayishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajriba sharoitida immobilizatsiya stressida emotsional zo‘rayishini o‘ziga xos bo‘lgan turli darajadagi asoratlarning zo‘rayishi ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa: organizmning individual tipologik parametrlarini hisobga olgan holda stressni farmakokorreksiyasini yangicha yondashuv natijasida davolash taktikasini bemorlarda tadbiq etilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi martda rux, kurkumin va glisinni o‘z ichiga olgan mahalliy kurglisinning past emotsional/stressga chidamli va yuqori emotsional/stressga chidamsiz tajriba hayvonlarning fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangani Farmatsevtika ta’lim tadqiqot instituti labaratoriya va bo‘limlar bo‘yicha (25.07.2023 y.; №F-256) hamda «Menpharm» mas’uliyati cheklangan tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (17.11.2023 y.; №25/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rux, kurkumin va glisinni o‘z ichiga olgan murakkab mahalliy dori vositasi kurglisin yordamida hayvonlar qonidagi fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish uchun tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stressdan himoya qiluvchi Kurglisin dori vositasi yordamida hayvonlar qonidagi fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish qisqa muddatda amalga oshishi hisobiga sarflanadigan xarajatlarini bemorlarda tadbiq etilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kurglisin mahalliy dori vositasi hayvonlar qonidagi fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: stressga chidamsiz hayvonlarda mahalliy kurglisin ta’sirida qon plazmadagi adrenokortikotropik gormon va kortizol darajasining oshishi, gipotalamus-gipofiz-adrenal tizimi sezgirligining oshishi isbotlanganiFarmatsevtika ta’lim tadqiqot instituti labaratoriya va bo‘limlar bo‘yicha (25.07.2023 y.; №F-256) hamda «Menpharm» mas’uliyati cheklangan tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (17.11.2023 y.; №25/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar fermentlarining faolligini, glikoliz jarayonini, glyukoza va yog‘larni iste’mol qilishning ko‘payishini tahlil qilishda samaraliroqdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stressga chidamli va stressga chidamli bo‘lmagan hayvonlarda me’yoriy sharotida bemorlarda tadbiq etilish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: uglevod va lipid metabolizmining ko‘rsatkichlari stressga chidamli va stressga chidamli bo‘lmagan hayvonlarda me’yoriy sharoitda hamda immobilizatsiya stressida boshqa dori vositalariga qaraganda davolanish bemorlarda tadbiq etilish bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli omillar ta’sirida tajriba hayvonlarida yuzaga kelgan stressni kurglisin bilan davolash orqali AST, ALT, glyukoza va ishqoriy fosfataza darajasining pasayishi natijasida stressning asoratlarini oldini olishda samaradorligi isbotlangani Farmatsevtika ta’lim tadqiqot instituti labaratoriya va bo‘limlar bo‘yicha (25.07.2023 y.; №F-256) hamda «Menpharm» mas’uliyati cheklangan tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (17.11.2023 y.; №25/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stressda neyromotor tizimining individual-metabolik tavsifi va uning korreksiyalashda yangi innovatsion usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatinini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli omillar ta’sirida yuzaga kelgan stressni davolash uchun bemorlarda tadbiq etilish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: stressni davolash taktikasiga ko‘ra tajriba hayvonlaridagi stressdan keyingi jarayonlarda yuzaga kelgan asoratlarni oldini olish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 287656 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 346432 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.