Isomaddinova Umida  Mamurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kristallarda qutblangan yorug‘likni bir va ikki fotonli yutilishi va chiziqli sirkular dixroizmining nazariy tadqiqi» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM853
Ilmiy rahbar: Rasulov Vohobjon Rustamovich,fizika-matematika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Imamov  Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent  davlat texnika  universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tor va keng zonali yarimo‘tkazgichlarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli nochiziqli yutilishidagi chiziqli sirkular dixroizmining mexanizmlarini kristallar ta’qiqlangan zonasi va tok tashuvchilar effektiv massasining temperaturaga bog‘liq holda tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Keyn va Lattinjer-Kon modellariga asoslanib tor va keng zonali yarimo‘tkazgichlarning ta’qiqlangan zonasi hamda elektronlar effektiv massa¬lari¬ning temperaturaga bog‘liqligini eʼtiborga olgan holda  zonalararo bir va ikki fotonli yutilishi hamda chiziqli sirkular dixroizmining mikroskopik nazariyasi yaratilgan;
ilk marta bir va ikki fotonli zonalararo optik o‘tishlarning ehtimolliklari, yutilish va chiziqli sirkular dixroizm koeffisientlar¬ining spektral, temperaturaviy hamda Rabi parametriga  miqdoran bog‘lanishlari ko‘p zonali Keyn modeli hamda kvant mexaniakasining oltin qoidasiga ko‘ra aniqlangan;
spin orbital ajragan va o‘tkazuvchanlik zonalariaro optik o‘tish ehtimolligi spektral va qutbiy bog‘lanishlarining chiziqli qutblangan yorug‘lik ta’sirida ossillyasiyalanishi sirkular qutblangan yorug‘likdagiga nisbatan taqriban ikki baravar katta bo‘lishi Maple dasturiy ta’minoti yordamida aniqlangan;
barcha chastotalar sohasida bir fotonli yutilish koeffisientiga og‘ir kovaklarning ulushi engil kovaklarnikidan katta bo‘lishi, ma’lum bir temperaturada chastotaning ortishi bilan spektral bog‘lanishning miqdoran ortib borib, maksimum orqali o‘tib kamayishi ko‘p zonali yaqinlashishda diagrammalar texnikasi metodidan foydalanib isbotlangan;
0.15 mVt  quvvatli lazer yordamida chiziq¬li qutblangan yorug‘lik bilan yoritilgan GaAs uchun ikki fotonli optik o‘tishlarga Rabi effektining ulushi eʼtiborga olingan nazariy natijalar eksperi¬mental natijalarni 15% dan kam xatolik bilan tushuntirgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kristallarda qutblangan yorug‘likni bir va ikki fotonli yutilishi va chiziqli sirkular dixroizmining nazariy tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan pezoelektrik yarimo‘tkazgichlarda sodir bo‘ladigan bir va ikki fotonli optik o‘tishlarni tabaqalashtirish, shuningdek yorug‘lik yutilish koeffisientining spektral bog‘lanishlari sohasida olib borilgan hisoblashlar natijalaridan “Foton” Aksiyadorlik jamiyatida (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2023 — yil 13- iyuldagi 04-3/894-son ma’lumotnomasi) yarim o‘tkazgichli asboblarda kuzatiladigan optik va fotoelektrik hodisalar sohasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalarini tushuntirishda foydalanilgan. Natijada foydalanish yarim o‘tkazgichli asboblarning kirish va chiqish xarakteristikalariga keng diapazonda temperaturaning ta’sirini bashoratlash va ushbu qurilmalarni bardoshligi hamda ishonchligini oshirish imkoni yaratilgan;
tor zonali kristallarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli nochiziqli yutilishining nazariy hisoblashlari 2017-2020 yillarga mo‘l¬jallangan BF3-003 “Kirishmali voltaik effektga asoslangan yarimo‘tkazgich negizli mikro- va nanoo‘lchamli noan’anaviy va muqobil energiya manbalarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada yarimo‘tkazgichli mikro va nanoo‘lchamli noan’anaviy va muqobil energiya manbalarida kechadigan kinetik hodisalarning fizikaviy mohiyatini tushuntirishda foydalanilgan (Andijon Mashinasozlik institutining 2023 yil 6-iyuldagi 38-03-626-son ma’lumotnomasi). Natijada noan’anaviy va muqobil energiya manbalarida sodir bo‘ladigan nochiziqli optik hodisalar sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, shuningdek muqobil energiya manbalarning ishchi parametrlarini 20%ga orttirish imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish