Quyliev Nurislom Davron o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tashqi muhitning stress omillariga bardoshli arpa (H.vulgare va H.distichum) turlariga oid boshlang‘ich ashyo hamda navlarni yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx654.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Diyor Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev G‘ulom Saydalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baboev Saidmurat Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikaning sug‘oriladigan maydonlari uchun tashqi muhitning stress omillariga (kurg‘oqchilik, issiqlik) bardoshli, barqaror hosil beradigan va ertapishar kuzgi arpaning yangi navlarini hamda boshlang‘ich ashyolarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasining janubiy mintaqalarining sug‘oriladigan maydonlarida tashqi muhit stress omillariga (issiqlik va qurg‘oqchilikka) bardoshli, ertapishar hamda yillar mobaynida barqaror hosil beradigan kuzgi arpaning nav va namunalari aniqlangan;
arpaning H.distichum ikki qatorli va H.vulgare olti qatorli arpa turlarida tur ichi duragaylash yo‘li bilan hosildorlikni ta’minlovchi miqdoriy belgilaring irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi gibridologik tahlil natijasida aniqlangan;
gibridologik tahlilda F1- avlodlarida 4 ta duragay kombinatsiyada 1000 dona don vazni belgisining irsiylanish koeffisienti yuqori bo‘lib, dominant va o‘ta dominant xolda irsiylanishi, 3 ta duragay kombinatsiyasida qisman dominantlik kuzatilgan bo‘lsa, 6 ta duragay kombinatsiyalarida salbiy dominantlik holati borligi isbotlangan;
korrelyasion tahlillar o‘suv davri bilan o‘simlik bo‘yi o‘rtasida teskari salbiy r=-0,86, o‘simlik bo‘yi va don hosildorligi o‘rtasida ijobiy r=0,75, o‘simlik bo‘yi va 1000 dona don vazni o‘rtasida ijobiy r=0,80, o‘simlik bo‘yi va don naturasi o‘rtasida ham ijobiy r=0,86, don hosildorligi va oqsil miqdori o‘rtasida salbiy r=-0,86 korrelyativ bog‘liqlik bor ekanligi isbotlangan;
tashqi muhitning stress omillariga (qurg‘oqchilik va issiqlik) bardoshli bo‘lgan kuzgi arpa nav va tizmalarini tanlangan va amaliy seleksiyada qo‘llanilgan;
tashqi muhit stress omillariga (qurg‘oqchilik va issiqlikga) chidamli bo‘lgan ertapishar yillar davomida don hosildorligi yuqori va intensiv tipdagi kuzgi arpaning boshlang‘ich ashyo va yangi “Sulton” va “Osiyo” navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashqi muhitning stress omillariga bardoshli arpaning H.vulgare va H.distichum turlariga oid boshlang‘ich ashyo hamda navlarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kuzgi arpaning “Sulton” navi 2021 yilda istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazining 2021 yil 2 apreldagi № t-6/01-08-48-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi arpaning Sulton navi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan maydonlaridayuqori hosildorlikka erishilgan;
kuzgi arpaning “Sulton” navi 2022 yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti sug‘oriladigan dala maydonida 8 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 yanvar № 07/21-21-19 son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich urug‘chiligini kengaytirish maqsadida 1 tonna 600 kg urug‘ tayyorlangan;
kuzgi arpaning “Sulton” navi Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida “Suyarov Hayit” fermer xo‘jaligida 7,4 gektar, “Nurislom Nursulton Anvar” fermer xo‘jaligida 2,6 gektar, Qarshi tumanida “Ibod ota” fermer xo‘jaligida 3,8 gektar, “Xudoyqulov Sarvarbek Axrorovich” fermer xo‘jaligida 8,5 gektar jami 22,3 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 yanvar №07/21-21-19 son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi arpaning “Sulton” navidan 57,2 s/ga don hosili olinib, andoza “Qizilqo‘rg‘on” va “Ixtiyor” navlariga nisbatan 10-12 s/ga yuqori hosilga erishilib, rentabellik darajasi 52 foizni tashkil qilgan;
kuzgi arpaning “Osiyo” navi 2022- yilda davlat nav sinash markaziga sinash uchun topshirilib, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti sug‘oriladigan dala maydonida 6,52 gektarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 yanvar №07/21-21-19 son ma’lumotnomasi). Natijada, arpaning andoza “Voha” naviga nisbatan 9,5-9,9 sentnergacha yuqori hosildorlikka erishilganligi kuzatilgan;
kuzgi arpaning “Osiyo” navi Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida “O‘sarov Hakim” fermer xo‘jaligida 4,2 gektar, “Tursunov Erali G‘offorovich” fermer xo‘jaligida 6,8 gektar, Qarshi tumanida “Qarshi chaman” fermer xo‘jaligida 8,5 gektar jami 19,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 yanvar №07/21-21-19 son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi arpaning “Osiyo” navidan 55,7 s/ga yuqori hosil olinib, andoza “Voha” naviga nisbatan 11-12,1 s/ga yukori hosildorlikka erishilgan va rentabellik darajasi 43,5 foizni tashkil kilgan.