Kayumov Norboy Shakirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlar uchun no‘xat (Ciser arietinum) ning oqsilga boy, issiqlik, qurg‘oqchilikka bardoshli, hosildor boshlang‘ich ashyo hamda navlarni yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Qx617.
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;  Xaydarov Bekmurod Do‘siyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmikor maydonlarda no‘xatning Markaziy Osiyo va jahon kolleksiyasi tizmalaridan foydalangan holda issiqlik va qurg‘oqchilikka bardoshli, oqsil miqdori yuqori, hosildor, ertapishar bo‘lgan no‘xat navini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning janubiy mintaqalarida hosildorlik va don cifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha 6 ta nav, 5 ta tizma duragaylash ishlarida boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan va F1-F2 duragay avlodlarda 1000 dona don vazni, bir tup o‘simlikdagi dukkaklar sonining nasldan-naslga berilishi hamda genotipik ta’siri tashqi muhit ta’siriga nisbatan yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
issiqlikka va qurg‘oqchilikka bardoshli, oqsil miqdori yuqori bo‘lgan KR-20-LCAYT-RF-1, KR-20-LCAYT-RF-11, KR-20-LCAYT-RF-7, KR-20-LCAYT-RF-3, KR-20-LCAYT-RF-14, KR-20-LCAYT-RF-15 (Lalmikor) nav va tizmalari andoza “Obod” navga nisbatan 15 foizli saxaroza eritmasida undirilgan urug‘ o‘rtacha 85-97 foizgacha, yuqori haroratda oqsilning koagulyasiyalanishi +60,9+63,70S gacha, oqsil miqdori ko‘rsatkichi 24,7-27,0 foizgacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
o‘simlikning shoxlanish va dukkak hosil qilish bosqichlarida Green Seeker uskunasi yordamida aniqlangan yashillik miqdori ko‘rsatkichi bilan oqsil miqdori va hosildorlik o‘rtasida kuchli ijobiy, dukkak va shoxlanish hosil qilish ko‘rsatkichi bilan xlorofill o‘rtasida o‘rtacha va kuchli ijobiy korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan;
kelib chiqishi va xo‘jalik belgilari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan no‘xatning nav va tizmalarini klaster bo‘yicha ajratish ikkita guruhga, birinchi guruhda 11 ta, ikkinchi guruhda 9 ta nav va tizmalar o‘simlikning belgi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir biridan farqlanganligi aniqlangan;
F2 duragaylaridan 1000 dona donning vazni va bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 6 ta kombinatsiyalar ajratib olingan va amaliy seleksiya ishlarida foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlar uchun no‘xat (Ciser arietinum) ning oqsilga boy issiqlik, qurg‘oqchilikka bardoshli, hosildor boshlang‘ich ashyo hamda navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
no‘xatning Lalmikor navi 2022-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutidagi Qamashi tajriba dala maydonida 13,3 ga erga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11-noyabrdagi №07/23-04/8337-son ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorlik ko‘rsatkichi 6,7 s/ga tashkil etdi va andoza Obod navga nisbatan 1,7-2,9 s/ga gacha yuqori hosil olishga erishilgan hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutidagi Qamashi tumanida joylashgan lalmi dala maydonida boshlang‘ich urug‘chiligini kengaytirish maqsadida 20 gektar maydonga ekilgan;
no‘xatning Lalmikor navi 2022-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nizomxon” fermer xo‘jaligida 6,3 ga, “Ochil Xudayarov” fermer xo‘jaligida 5,5 ga, “Ibroxim Abduraxmonov” fermer xo‘jaligida 6,9 ga, “Oltinboev eri” fermer xo‘jaligida 7 ga va “Ilxom Boysarievich” fermer xo‘jaligida 4 ga maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11-noyabrdagi № 07/23-04/8337-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha 6,2-6,8 s/ga gacha don hosili olinib, rentabellik darajasi 30,9-43,6 foizni tashkil etgan;
yangi yaratilgan no‘xatning Lalmikor navi urug‘chilik tizimini kengaytirish maqsadida 2021-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutidagi Qamashi tajriba dala maydonida 4 ga lalmi erga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11-noyabrdagi №07/23-04/8337-son ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorlik ko‘rsatkichi 13,6 s/ga bo‘lib, tanlab olingan Lalmikor navi 2021-yilda Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markaziga topshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish