Qahramanov Asliddin Kubaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta tolali g‘o‘zaning O‘zFA-705 naviga xos ayrim xo‘jalik belgilarining barqarorligi va joriy etilishi”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1102.
Ilmiy rahbar: Ergashev Orif Raxmatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning O‘zFA-705 navi (NAP 00375).
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zFA-705 navining muhim xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda barqarorligi va saqlanishi jarayonlarini aniqlash, sara urug‘liklarini etishtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor g‘o‘zaning turlararo (G.hirsutum L. va G.barbadense L.) shakllarini duragaylashdan olingan L-6161 tizmasini Bolgariyada yaratilgan 146 navi bilan chatishtirib olingan L-38 tizmasining urug‘lik chigitlariga SO60 gamma nurlari bilan ishlov berib genotipik jihatdan mutatsiyaga uchratish yo‘li bilan yangi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan o‘simlik oilalari ajratib olingan;
G‘o‘zaning L-417 tizmasining bir necha avlod populyasiyalari ustida olib borilgan maqsadli tanlash uslublari asosida O‘zFA-705 navi yaratilgan;
Maqsadli olib borilgan seleksion urug‘chilik ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi O‘zFA-705 navi populyasiyasi fenotipik tekislangan, urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O‘z DSt 633:2006; morfoxo‘jalik belgilari sofligi - O‘zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari - O‘zDSt 604:2001 talablariga javob bera oladigan darajaga keltirilgan;
G‘o‘zaning O‘zFA-705 navini Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi, morfoxo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlarining avlodlarda saqlanish jarayonlari aniqlangan;
O‘zFA-705 navinining o‘simliklari tabiiy o‘sishdan to‘xtashi, hosildorligi va tolasining sifat ko‘rsatkichlari bilan andozadagi Namangan-77 naviga nisbatan ijobiy farqlanishi uzoq yillik ilmiy tajriba va ishlab chiqarishda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning o‘rta tolali yangi O‘zFA-705 navining xususiyatlari va amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
o‘rta tolali g‘o‘zaning “O‘zFA-705” navi 2010-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Markazining turli tuproq –iqlim sharoitdagi xududlarida joylashgan nav sinash stansiya va uchastkalarida ekilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2023 yil 22 may № t-6/01-11-283-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyati tuproq–iqlim sharoitiga mos nav deb topilgan.
g‘o‘zaning yangi “O‘zFA-705” navi 2022 yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi ilmiy tajriba stansiyasida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022 yilning 8 aprel kuni tasdiqlangan № 81-sonli buyrug‘i). Natijada, viloyat uchun yangi nav sifatida ekilib, yakka tanlov namunalari terib olingan;
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida faoliyat yuritayotgan “Davqum Shoimov” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 30 martdagi 05/06/-314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, andoza naviga nisbatan 5,1 s/ga yuqori hosildorlikka erishilgan.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida agroklaster hududlarida 15 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 30 martdagi 05/06/-314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tola chiqimi 38-39 foizga ega, andoza naviga nisbatan 5,1 s/ga yuqori hosildorlikka va 5-7 kunga tezpisharlikka erishilgan. Urug‘lik ko‘chatzorlaridan paxta hosili uchun navdorligi yuqori 0,9 tonna super elita urug‘lik jamg‘arilgan.