Xakimova Maloxat Xolmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ohangaron daryo havzasi sharoitida jumrusimon chakandaning (Hippophae rahmnoides L.) "Dar Katuni” navi asosida plantatsiya barpo etish agrotexnikasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx323
Ilmiy rahbar: Turdiev Saydali Ashurovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Axmedov Egamyor Toshboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda chakandaning “Dar Katuni” navining o‘sish hududini aniqlash, tashqi muhit omillariga munosabatini o‘rganish, ko‘chatlarini etishtirish va plantatsiyasini barpo qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Rossiyaning Tula viloyatidan keltirilgan chakandaning “Dar Katuni” navi klonlari asosida Toshkent viloyati Paltau sharoitida etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan, kolleksiyasi yaratilgan va ona plantatsiyasini barpo etish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
chakanda turining yog‘ochlashgan novda qalamchalaridan bir vegetatsiya davomida 90% standart ko‘chat chiqishi aniqlangan;
chakandaning “Dar Katuni” navi ko‘chatlarini plantatsiyada mart oyining 1-dekadasigacha bo‘lgan oraliqda ekish eng maqbul muddat ekanligi aniqlangan;
plantatsiyada ekilgan chakanda ko‘chatlariga mineral o‘g‘itlar berish me'yori N90P90K60 tajriba variantida eng yaxshi o‘sish ko‘rsatkichi aniqlangan;
plantatsiyada ekilgan chakandani ko‘chatlarini vegetatsiya davomida 14-16 marotaba sug‘orish va dala nam sig‘imini 60-70% me'yorida ushlab turish eng yaxshi natija berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ohangaron daryo havzasi sharoitida chakanda (Hippophae rahmnoides L.) ning "Dar Katuni" navi asosida plantatsiya barpo etish agrotexnikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
chakandaning “Dar Katuni” navi novda qalamchalaridan o'z ildiziga ega ko‘chatlar etishtirish va plantatsiyasini barpo etish ishlanmasi Ohangaron davlat o'rmon xo‘jaligida 1 gektar maydonga joriy etilgan va ona plantatsiyasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 04/21-7775 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ona plantatsiyani yaratish orqali klonlar olish uchun manba yaratilgan, chakandaning yangi navlar yaratish uchun seleksiya manbai tayyorlangan;
chakandaning “Dar Katuni” navi ko'chatlari Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining “Chotqol” bo‘limi maydonida ona plantatsiyasini yaratish uchun 150 dona standart ko‘chatlarini 0,2 gektar maydonga ekish orqali joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 04/21-7775 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ona plantatsiyasini yaratish oqali kelajakda klonlar olish uchun zamin tayyorlangan, hududning bioxilma-xillik muvozanati barqarorlashgan;
chakandaning “Dar Katuni” navi ko‘chatlari Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘iga 100 dona standart ko‘chatlar ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘mon xo‘jaligi davlat qo'mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 04/21-7775 son ma’lumotnomasi). Natijada hududning genofondi boyigan, daryo qirg‘oq bo‘ylarining meliorativ holati og‘ir qumloq erlari eroziyasini oldini olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish