Anorboev Erkin Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzatuv quduqlarida er osti suvlari parametrlarini avtomatlashgan o‘lchov tizimini ishlab chiqish», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T185.
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi huzuridagi DSc24/30.12.2019.GM.96.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Begimqulov Dilshod Qalandarovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti suvlarini tadqiq qilish samaradorligini oshirishda avtomatlashtirilgan monitoring usuli, algoritmi va amaliy dasturlar majmuasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
signallarni o‘lchash va raqamli ishlov berish asosida er osti suvlarining avtomatlashgan monitoringi hamda axborot ta’minotini yaratishning konseptual modeli ishlab chiqilgan;
er osti suvli qatlam ma’lumotlarini o‘lchash, yig‘ish va uzatishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda axborot-texnik ta’minotining infratuzilmasi ishlab chiqilgan;
monitoring kuzatuv quduqlarida avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida tashqi ta’sir signallarni er osti suvlari parametrlariga o‘zgartirishning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmlari yaratilgan;
er osti suvlari parametrlarini qayd qilish, yig‘ish va uzatish kompyuterli boshqarish qurilma – dasturiy modullarining o‘zaro hamkorlikda ishlash algoritmi va ko‘p kanalli signal o‘lchagichning funksional sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzatuv quduqlarida er osti suvlari parametrlarini avtomatlashgan o‘lchov tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
signallarni o‘lchash va raqamli ishlov berish asosida er osti suvlarining avtomatlashgan monitoringi hamda axborot ta’minotini yaratishning konseptual modeli, axborot-texnik ta’minotining infratuzilmasi “O‘zbekgidrogeologiya” davlat unitar korxonasi “Er osti suvlari monitoringi va kadastri” markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 10 dekabrdagi 04-5973-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrogeologik monitoring tadqiqotlari samarasi, olingan natijalarning informativligi, aniqligi va ishonchliligi oshirilishiga hamda obektiv va subektiv xatoliklarni kamaytirilishiga imkon bergan;
monitoring kuzatuv quduqlarida avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida tashqi ta’sir signallarni er osti suvlari parametrlariga o‘zgartirishning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmlari “O‘zbekgidrogeologiya” davlat unitar korxonasi “Er osti suvlari monitoringi va kadastri” markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 10 dekabrdagi 04-5973-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatuv quduqlarida er osti suvlarining rejim parametrlarini hisoblashga ketadigan vaqtni 12% ga, o‘lchov uchun tashriflarni 10-15% ga kamaytirish, hamda mehnat unumdorligini esa 10% ga oshirish imkonini bergan;
er osti suvlari parametrlarini qayd qilish, yig‘ish va uzatish kompyuterli boshqarish qurilma – dasturiy modullarining o‘zaro hamkorlikda ishlash algoritmi va ko‘p kanalli signal o‘lchagichning funksional sxemasi “O‘zbekgidrogeologiya” davlat unitar korxonasi “Er osti suvlari monitoringi va kadastri” markazi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 10 dekabrdagi 04-5973-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab gidrogeologik sharoitda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.