Kurbonova Moxigul Mamasalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo botiqligi paleogen qatlamlarining nannoplankton qoldiqlari bo‘yicha stratigrafiyasi», 04.00.05 –Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM102.
Ilmiy rahbar: Kushakov Abdulla Ramanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Sultonboy Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Djalilov Gafur Ganievich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo botiqligining ohakli nannoplanktonlar asosidagi paleogen qatlamlarining  biostratigrafik sxemasini batafsil yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo botiqligining paleogen qatlamlarida nannoplanktonlarning sistematik tuzilishi va stratigrafik tarqalishi aniqlangan;
Surxondaryo botiqligining paleogen yotqiziqlaridagi kesmalarning batafsil boʻlinishi va oʻzaro bogʻliqligini taʼminlovchi nannoplanktonning zonal shkalasi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo botiqligidagi paleogen yotqiziqlarining mahalliy stratigrafik birliklari chegaralari ajratilgan va aniqlangan;
Surxondaryo botiqligidagi paleogen yotqiziqlarida 4 avlodga mansub 20 ta nannoplankton turi monografik tarzda tavsiflangan va taksonomik tarkibi aniqlangan;
ilk bor xorijdagi bir xil yoshli nannoplankton komplekslari bilan taqqoslash o‘tkazildi va ishlab chiqilgan sxemaning, O‘zbekistonning qo‘shni hududlari sxemalari va Xalqaro stratigrafik shkala bilan mintaqaviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo botiqligi paleogen qatlamlari stratigrafiyasi nannoplankton bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nannoplankton asosida paleogen yotqiziqlarining biostratigrafik sxemasi “O‘zbekgeologiya” AJ amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 15 iyuldagi 05-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning paleogen stratigrafik birliklari mintaqalararo korrelyasiyasini amalga oshirish imkonini bergan;
Surxondaryo botiqligi paleogen yotqiziqlari nannoplankonlarining stratigrafik tarqalish sxemasi “O‘zbekgeologiya” AJ amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 15 iyuldagi 05-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, nannoplankton komplekslarining taksonomik mansubligiga qarab ularning chegaralarini aniqlash imkonini bergan;
Surxondaryo mintaqasining yangilangan biostratigrafik shkalasi nannoplankton bo‘yicha paleogen yotqiziqlarining biostratigrafik sxemasi detallari asosida “O‘zbekgeologiya” AJ amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya qo‘mitasining 2022 yil 15 iyuldagi 05-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo botiqligida paleogen yotqiziqlari kesimini biostratigrafik batafsil aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish