Turaboeva Sitora Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari (“Do‘st” va “Begona” konseptlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2301.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini “do‘st” va “begona” konseptlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"konsept" tushunchasini o‘rganishda lingvomadaniyatshunoslikning zamonaviy tilshunoslik bilan aloqadorligi, o‘ziga xos mavqega egaligi, uning lisoniy tasavvurda aks etish jarayonlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, ingliz va o‘zbek tillaridagi “do‘st” va “begona” semantik maydonining yadro hamda periferiyalari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik tavsifi “do‘st” va “begona” konseptini ifoda etuvchi leksemalarning badiiy matnlarda, shuningdek maqol va matallardagi strukturaviy modellarining o‘xshash va farqli xususiyatlari kognitiv-diskursiv aspektda isbotlangan;
o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ilmiy, badiiy va falsafiy sohalardagi qarashlarida “do‘st” va “begona” konseptining verballashuvi, leksik-semantik strukturasi, ularning umumlisoniy konseptosferadagi o‘rni hamda leksik jihatdan chegaralangan verbal ifodalarning mavjudligi isbotlangan;
leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi “do‘st” va “begona” konseptining milliy-madaniy, diniy-axloqiy, falsafiy dunyoqarashning muhim qirralari, lingvomadaniy mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini “do‘st” va “begona” konseptlari misolida” mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
o‘zbek tili ta’limiy korpusining o‘qitish jarayonida axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik va leksikografik xususiyatlarini inobatga olishga oid xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berilgan 2022-yil 28 iyuldagi 01-2332-son ma’lumotnomasi). Natijalar, ta’limiy korpusning o‘qitish jarayonida axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklar asosida takomillashtirilgn savol, mashq va topshiriqlardan foydalanib nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish natijasida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga hissa qo‘shgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarning lingvokulrologik xususiyatlari tahlil qilinib, so‘zlar bo‘yoqdorligining yuqori samaraga erishish usullarini farqli jihatlarini ilmiy asoslashga doir natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma va og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berilgan 2022-yil 28-iyul dagi 01-2330-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklar asosida takomillashtirilgan savol, mashq va topshiriqlardan foydalanib, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish natijasida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish; gender xususiyatlarining aks etishini inobatga olish; til ta’limida o‘quv materiallari bilan ishlashda matnga, suhbatdoshga vaziyatdan kelib chiqib savol berishning darajalari aniqlashga hissa qo‘shgan;
o‘zbek tilidagi lisoniy hodisalarning linvokulturologik, semantik va leksikografik strukturasini tadqiq qilish bu boradagi muammolar echimiga daxldorlik kasb etishi, xususan, tilni jahon miqyosida tashuvchisi sifatida namoyon qiluvchi axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklarni lisoniy va leksikografik nuqtayi nazardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berilgan 2022-yil 28-iyuldagi 02-2334-son ma’lumotnomasi). Natijada, axloqiy qadriyatlar mazmunini ifodalovchi birliklarning kognitiv maqomi belgilangan.