Abdullaeva Charos Bahromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reklama diskursining kognitiv-pragmatik tadqiqi (ingliz va rus tillari materiallarida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3692.    
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Diloro Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Solijonov Sobirjon Ataxanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va rus reklama diskursida lingvokreativlik voqelanishini kognitiv-pragmatik xususiyatlariga asoslangan holda kompleks ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama diskursini asosida antropotsentrizm, fanlararo aloqadorlik, integrallik, metodologik tamoyillarining zarurati, reklama diskursi voqelantiruvchi asosiy xususiyatlardan biri adresant-mahsulot-adresat triadasi ekanligi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning reklama diskursida lingvokreativlikning namoyon bo‘lishi, reklama matni va parchalari: so‘z o‘yini, okkazionalizmlar, “ilgari surish” prinsipi, grafik vositalar, lingvokonseptlar singari lingvokreativlikning asosiy til markerlari sifatida aniqlangan;
ingliz va rus reklama diskursida "ilgari surish" prinsipi funksional vazifasining lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari ma’nolarini yaratishga, ma’lumotni o'zgartirilgan tarzda ifodalashga va qabul qiluvchiga kommunikativ-pragmatik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan muhim kognitiv-stilistik mexanizmlari dalillangan;
yetakchi lingvomadaniy konseptlar, nutq strategiyasi va taktikasi orqali ingliz va rus reklama diskursida pragmatik maqsadlariga erishganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotining ilmiy natijalari, taklif va tavsiyalaridan quyidagi loyihalarda foydalanildi:
ingliz va rus lingvokulturologiyasi nuqtai nazaridan lingvovokreativlikni aks ettirish orqali tahlil qilingan reklama diskursi, madaniy konsept ifodalashni verbal bayon qilinishi, lingvomadaniy o‘ziga xoslikning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy - tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1 G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”) (2012-2016yy.) mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2023-yil 5 maydagi 17.01/67-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, rus va qoraqalpoq madaniy lingvistikasiga oid reklama matnlari ilmiy tahlilga tortilgan. Tadqiqotda muammo sifatida  o‘rganilayotgan reklama matnlarini tahlil qilishdagi yondashuvlar, ya’ni ularning reklama diskursida madaniy tushunchalarni og‘zaki bayon qilish va lingvokultural turlarning milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatlari keng yoritilgan. Bunday yondashuvning zaruriyati reklama diskursi konsepsiyasining mohiyati bilan belgilangan hamda u madaniyatning lingvistik makoni bilan ajralmas ekanligi misollar asosida bayon etilgan;
reklama diskursining konsepsiyasi, yondashuvlari, yo‘nalishlari va rivojlanishini o‘rganishning kognitiv asoslari, til o‘yinidan lingvistik ijodning verbal sifatida foydalanish, vaqti-vaqti bilan so‘zlarning faollashtiruvchisi sifatida kognitiv tamoyillar, axborotni tashkil etishda semantik va stilistik "ilgari surish" vositalari, madaniy tushunchani og‘zaki bayon qilishda foydalanish jihatlariga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-GOO7 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2023-yil 5 maydagi 17.01/67-son ma’lumotnomasi). Natijada tanlab olingan reklama matnida qo‘llangan zamonaviy ingliz, rus va qoraqalpoq tillarida lingvokreativlikning perlokativ ta’siri chog‘ishtirma o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosalarni boyitish imkonini bergan;
ingliz va rus reklama diskursida kognitiv tamoyillarning faollashtiruvchilari va axborotni tashkil qilishda lingvokreativlikning asosiy til markerlarining xususiyatlari O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2018-2019 yillardagi “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” bo‘yicha PZ-20170930188-sonli ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida bunday yondashuv zarurligini ko‘rsatgan reklama diskursi tushunchasining mohiyatini belgilab bergan va uning madaniyatning lingvistik makonidan ajralmasligini ochib bergan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 12 maydagi 01-04-08/156-son ma’lumotnomasi). Natijada kinoqissa janrining ta’sirchan xam o‘quvchi, xam tinglovchi, xam tomoshabinga birdek tushunarli ekanligi ularni xosil qiluvchi lingvokreativlik vokelanishi, so‘z o‘yini lingvokreativlikning verbalizatori, kognitiv tamoyillarning faollashtiruvchilari va axborotni tashkil qilishda okkazionalizmlar xususiyatlarini aniqlangan;
lingvovokreativlikni namoyon bo‘lishi orqali tahlil qilingan ingliz va rus reklama diskursi, madaniy konsept ifodalashni verbal bayon qilinishi, lingvomadaniy o‘ziga xosligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat muassasasining “O‘zbekiston tarixi” telikanalida efirga uzatilgan “Til – millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvi ssenariyasi tayyorlanishida foydalanilgan  (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil  2 iyundagi 01-06-890-son ma’lumotnomasi). Natijada, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarorlarining mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlardan foydalanilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish