Qurbonova Shaxlo Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jorj Oruell va Murod Muhammad Do‘st asarlarida jamiyat konsepsiyasi va ko‘p qatlamli tasvir», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2569.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilxom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nasirov Azimiddin Normamatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz adibi Jorj Oruell va o‘zbek yozuvchisi Murod Muhammad Do‘st asarlari asosida jamiyat konsepsiyasi va ko‘p qatlamli tasvir bilan bog‘liq mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har ikkala muallif ijodi badiiy konsepsiyasining mushtarak jihati ular yashagan va ijod qilgan davrdagi ijtimoiy tuzum, mustabid mafkura, tarixiy davr voqeligining ijtimoiy hayotga, inson taqdiriga ta'siri, oila qismati, insonning ozodlik, erkka bo‘lgan intilishi, inson ruhiyati mavzularining qiyoslangan asarlar markaziy chizig‘ini tashkil etishida namoyon bo'lishi isbotlangan;  
ikki xil tarixiy davrda, ikki xil milliy-madaniy kontekstda yashab ijod etgan, ayni vaqtda ijodiy kredosi, uslubi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki adib Jorj Oruell va Murod Muhammad Do‘stning ijtimoiy voqelikka munosabati oddiy xalq taqdiriga befarq bo'lmaslikni qahramonlarda mujassam etish tamoyilining ustivorligida voqelanishi asoslangan;
“Molxona" va "Galatepaga qaytish" asarlarida ramziylik va komik pafos o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, adabiy asar matnidagi ko‘pqatlamlilik, ijodkor g‘oyaviy-badiiy niyatining qonuniy hosilasi, ijtimoiy istehzo xunrezlik, ocharchilik, qatag‘on, shaxs erkini cheklash, shaxsga sig‘inish, shaxssizlik davri oqibatlarini ifodalash orqali shartlanishi aniqlangan;
turli tuzumlarda yashab bir xil ijtimoiy voqelikni tasvirlagan ikki adibning badiiy xronotop yaratish mahorati, polifonik tasvir imkoniyatlari, poetikasining transformatsiyasi, funksionalligi va unga individual yondashuv tamoyillari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jorj Oruell va Murod Muhammad Do‘st asarlarida jamiyat konsepsiyasi va ko‘p qatlamli tasvirni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
har ikkala muallif ijodi badiiy konsepsiyasining mushtarak jihati yashagan va ijod qilgan davrdagi ijtimoiy tuzum, mustabid mafkura, tarixiy davr voqeligining ijtimoiy hayotga, inson taqdiriga ta'siri, oila qismati, insonning ozodlik, erkka bo‘lgan intilishi, inson ruhiyati mavzularining qiyoslangan asarlar markaziy chizig‘ini tashkil etishida namoyon bo'lishi oid nazariy xulosalardan  Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 10-iyundagi  18.01/08-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o'zbek tillarida jamiyat konsepsiyasi va ko‘p qatlamli tasvir haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo'lib xizmat qilgan;
 ikki xil tarixiy davrda, ikki xil milliy-madaniy kontekstda yashab ijod etgan, ayni vaqtda ijodiy kredosi, uslubi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki adib Jorj Oruell va Murod Muhammad Do‘stning ijtimoiy voqelikka munosabati, oddiy xalq taqdiriga befarq bo'lmaslikni qahramonlarda mujassam etish tamoyilining ustivorligida voqelanishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limida 2018-2019 yillarda bajarilgan 54-10/104 raqamli “Mitti yulduz jilolari  yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2023-yil 23-yanvardagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan to‘plangan materiallardan Jorj Oruell va Murod Muhammad Do‘stning ijtimoiy voqelikka munosabati, uni badiiy qayta gavdalantirishdagi mushtarakligi va o‘ziga xosligi tavsiflangan.
“Molxona" va "Galatepaga qaytish" asarlarida ramziylik va komik pafos o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, adabiy asar matnidagi ko‘pqatlamlilik, ijodkor g‘oyaviy-badiiy niyatining qonuniy hosilasi, ijtimoiy istehzo xunrezlik, ocharchilik, qatag‘on, shaxs erkini cheklash, shaxsga sig‘inish, shaxssizlik davri oqibatlarini ifodalash orqali shartlanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosining “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirish ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-martdagi 17-05/40-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi taminlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish