Ruzieva Nafisa Zarifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida evfemizmlarning konseptual-chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1991.
Ilmiy rahbar: Haydarov Anvar Askarovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Dilafro‘z Izzatilloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemizmlarni chog‘ishtirish orqali ularga xos bo‘lgan konseptual parametrlari hamda evfemizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muloqot jarayonida evfemizmlar inson kognitiv tajribasining ajralmas qismi ekanligi, ular faqatgina ijobiy va salbiy konnotatsiyalardan iborat semantik struktura emas, aksincha, baholash va qayta baholash mezonlari ta’sirida o‘z tabiatini o‘zgartira olish imkoniyatini voqelantira olishi dalillangan;
insonning nutq madaniyatini, ijtimoiy ongini, tolerantlik ruhiyatini, muzokara yuritish qobiliyatini, kommunikativ intensiyasini, tabiiy muloqot o‘rnatish tamoyillarini belgilashda evfemik til birliklarida mujassamlashgan lingvomadaniy, kommunikologik va konseptual jihatlar ustuvorligi asoslangan;
ikki qardosh bo‘lmagan tillardagi evfemik vositalarning uslubiy-funksional qiymati nutq mundarijasi, dennotat voqelik, obrazlilik, ekspressiv-emotsionallik, satira va yumoristik, etik-estetik me’yoriylik kabi konnotat ma’no kategoriyalari ustivorligida namoyon bo‘lishi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillardagi evfemizmlarning konseptual parametrlari inson tafakkurining aytilishi noqulay, noxush bo‘lgan, voqeliklarning salbiy ta’sirini xotiradan uzoqlashtirish, jargon va argotik kabi noadabiy til vositalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirish mumkin bo‘lmagan lingvistik tushunchalar orqali shartlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida evfemizmlarning konseptual-chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
muloqot jarayonida evfemizmlar inson kognitiv tajribasining ajralmas qismi ekanligi, ular faqatgina ijobiy va salbiy konnotatsiyalardan iborat semantik struktura emasligi, aksincha, baholash va qayta baholash mezonlari ta’sirida o‘z tabiatini o‘zgartira olishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-oktyabrdagi 17.01/211-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan kommunikativ-lisoniy birliklar xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
insonning nutq madaniyatini, ijtimoiy ongini, tolerantlik ruhiyatini, muzokara yuritish qobiliyatini, kommunikativ intensiyasi, tabiiy muloqot o‘rnatish tamoyillarini belgilashda evfemik til birliklarining lingvomadaniy, kommukologik va konseptual jihatlari ustuvorligiga oid xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan A-OT-2021-2 “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 5-dekabrdagi 04-04/01-2410-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan to‘plangan ayrim misollardan tibbiy evfemizmlar lug‘atini yaratishda foydalanilgan;
ikki qardosh bo‘lmagan tillardagi evfemik vositalarning uslubiy-funksional qiymati nutq mundarijasi, dennotat voqelik, obrazlilik, ekspressiv-emotsionallik, satira va yumoristik, etik-estetik me’yoriylik kabi konnotat ma’no kategoriyalari ustivorligida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-noyabrdagi 1/311-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.