To‘raev Shavkat Nishonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mafkuraviy tahdidlarning ma’naviy jarayonlarga ta’sirini oldini olishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fal157.
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mafkuraviy tahdidlarning ma’naviy jarayonlarga ta’sirini oldini olishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy konseptual asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy islohotlar rivojida mafkura bilan bog‘liq jarayonlarning umumiyligini, o‘ziga xos xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari, “Mafkuraviy tahdidlar” tushunchasi, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, mazmun-mohiyati, tarkibi va jamiyatdan begonalashuv natijasida ishonsizlikni, norozilikni, “shaxs begonalashuvi”ni vujudga kelishi bilan bog‘liq salbiy ta’sir tendensiyalari hamda “Ma’naviy jarayonlar” tushunchasining muhim kategoriya sifatidagi falsafiy mohiyati ochib berilgan;
jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti rivojida mafkuraviy tahdidlarni g‘oyaviy jihatdan aniqlashga doir ilmiy-amaliy qarashlarning dunyo mafkuraviy manzarasiga ta’siri xususiyatlarining mavhum bo‘lgan virtual manqurtlik tahdidi va uni paydo qiluvchi omillari aniqlanib, ularga qarshi kurashishda ma’naviy jarayonlarning tizimli dasturi orqali jamoaviy ta’sir ko‘rsatish, ma’rifat orqali farovon yurtni barpo etish, “virtual olam bilan munosabatlar” kabi usullari ishlab chiqilgan hamda  ijtimoiy-falsafiy mohiyati dalillashtirilgan;
ma’naviy jarayonlar rivojida mafkuraviy tahdidlarni oldini olishning tajribaviy paradigmalari, jamiyat rivojiga ta’siri aniqlanib, ularni oldini olish hamda bartaraf etishda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish, Yangi O‘zbekistonda inson qadr qimmatini yuksaltirish, tashqi ta’sirlardan himoyalanish immuniteteni oshirish bilan bog‘liq “barqaror e’tiqod”, “oddiy tushuntirish effekti” kabi mexanizmlari ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning istiqbolli rejalari va jamiyat a’zolarini yagona bosh g‘oya asosida ijtimoiy safarbar etish metodologiyasi hamda shaxsning siyosiy jarayonlarga daxldorligini takomillashtirishning bir maqsad yo‘lida birlashtirish, siyosiy yetakchining ishtiroki hamda roli, davlat va jamiyat munosabatlaridagi barqarorlikni ta’minlash kabi tamoyillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasida asoslantirilgan rivojlanish tamoyillarini amaliyotda qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari ochib berilib, jamiyat a’zolarida mamlakatdagi islohotlarda ishtirokchiligi bilan bog‘liq tuyg‘ularni shakllantiradigan, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydigan hamda jamiyat a’zolarini yagona bosh mafkura asosida ijtimoiy safarbar etish bilan bog‘liq “imkoniyat va istiqbollar sari”, “fuqarolik mas’uliyati” kabi ilmiy-amaliy mexanizmlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
ma’naviy islohotlar rivojida mafkura bilan bog‘liq jarayonlarning umumiyligini, o‘ziga xos xususiyatlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari, “Mafkuraviy tahdidlar” tushunchasi, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, mazmun-mohiyati, tarkibi va jamiyatdan begonalashuv natijasida ishonsizlikni, norozilikni, “shaxs begonalashuvi”ni vujudga kelishi bilan bog‘liq salbiy ta’sir tendensiyalari hamda “Ma’naviy jarayonlar” tushunchasining muhim kategoriya sifatidagi falsafiy mohiyatiga oid ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalar asosida oliy ta’lim muassasalaridagi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun “Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi” hamda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanlari bo‘yicha na’munaviy va ishchi dasturlari tayyorlangan. Sh.To‘raevning muallifligida mazkur fanlar bo‘yicha tajribaviy o‘quv qo‘lanmalar chop etilib amaliyotga joriy qilingan, Vazirlik tomonidan ITD-4 “Yosh avlodni tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida munosib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali, shuningdek, boshqaruv kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish” dasturi asosida taqdim etilgan “Shaxs ma’naviy kamolotini shakllantirishning mazmuni va o‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqish” loyihasi asosida uzluksiz ta’lim tizimidagi maxsus kurslar majmuasini tayyorlashda hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qaroriga asosan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” bo‘yicha berilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda hamda yoshlarda mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 11-fevraldagi 02/02/191-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlarni ma’naviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti rivojida mafkuraviy tahdidlarni g‘oyaviy jihatdan aniqlashga doir ilmiy-amaliy qarashlarning dunyo mafkuraviy manzarasiga ta’siri xususiyatlarining mavhum bo‘lgan virtual manqurtlik tahdidi va uni paydo qiluvchi omillari aniqlanib, ularga qarshi kurashishda ma’naviy jarayonlarning tizimli dasturi orqali jamoaviy ta’sir ko‘rsatish, ma’rifat orqali farovon yurtni barpo etish, “virtual olam bilan munosabatlar” kabi usullari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari o‘rtasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va axborot tushuntirish faoliyatini tashkil etish, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mohiyati va mazmuni to‘g‘risida shuningdek, siyosiy hokimiyatni legitimlashtirish jarayoni siyosiy, siyosiy rejim, siyosiy institutlarning barqarorligi va ular bajaradigan funksiyalar, huquq, inson huquqi va erkinliklari, xalqning farovon turmush tarzini qonuniy kafolatlanganligi, mafkuraviy siyosiy qadriyatlar, manfatlar va axloq me’yorlariga asoslangan xalqning ishonchi kabi jarayonlar tahlil va qonunchilikni shakllantirishga doir takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 20-fevraldagi 01/01-16-son dalolatnomasi). Natijada, partiyaning siyosiy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda, mafkuraviy targ‘ibot ishlarini rivojlantirishda hamda Oliy Majlis qo‘mitalarining qarorlari ijrosini ta’minlash va tahliliy axborotlarini tayyorlashga xizmat qilgan;
ma’naviy jarayonlar rivojida mafkuraviy tahdidlarni oldini olishning tajribaviy paradigmalari, jamiyat rivojiga ta’siri aniqlanib, ularni oldini olish hamda bartaraf etishda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish, Yangi O‘zbekistonda inson qadr qimmatini yuksaltirish, tashqi ta’sirlardan himoyalanish immunitetini oshirish bilan bog‘liq “barqaror e’tiqod”, “oddiy tushuntirish effekti” kabi mexanizmlardan mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatiga, ularning mahalla fuqarolari yig‘inlari raisi va mahallalarda tuman (shahar) xokimlari yordamchilari bilan hamkorlikda ish faoliyatini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 22-fevraldagi 4-13-21-275-son dalolatnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida amalga oshiriladigan islohotlarda yoshlarni da’vat etishda samarali va ta’sirchan innovatsion targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning istiqbolli rejalari va jamiyat a’zolarini yagona bosh g‘oya asosida ijtimoiy safarbar etish metodologiyasi hamda shaxsning siyosiy jarayonlarga daxldorligini takomillashtirishning bir maqsad yo‘lida birlashtirish, siyosiy yetakchining ishtiroki hamda roli, davlat va jamiyat munosabatlaridagi barqarorlikni ta’minlash kabi tamoyillari  mafkuraviy tahdidlarning ma’naviy jarayonlarga ta’sirini oldini olishda yuqori professional, harbiy vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 3-martdagi 10/419-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari bilan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasida asoslantirilgan rivojlanish tamoyillarini amaliyotda qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari, jamiyat a’zolarida mamlakatdagi islohotlarda ishtirokchiligi bilan bog‘liq tuyg‘ularni shakllantiradigan, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydigan hamda jamiyat a’zolarini yagona bosh mafkura asosida ijtimoiy safarbar etish bilan bog‘liq “imkoniyat va istiqbollar sari”, “fuqarolik mas’uliyati” kabi mexanizmlar hamda Yangi O‘zbekistonni qurishda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning istiqbolli rejalari, shuningdek, hozirgi davr axborot asrida jamiyat a’zolarini virtual manqurtlik ta’siriga tushib qolmaslik va ularni oldini olishning ilmiy-amaliy mexanizmlarini asoslash bo‘yicha berilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda hamda jamiyatda mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirishda yordamchi material sifatida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-martdagi 02/02/191-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti jarayonida mafkuraviy tahdidlarni ilmiy-amaliy, g‘oyaviy jihatdan aniqlash, mafkuraviy tahdidlarni monitoring qilib borish va dunyoning mafkuraviy manzarasini ilmiy tahlil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish