Raxmatova Xolidaxon Xolikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xoja Ahror Valiy ma’naviy merosida murosa falsafasiga doir g‘oyalar tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal173.
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xoja Ahror Valiy ma’naviy merosidagi murosa falsafasiga doir g‘oyalarning falsafiy-tasavvufiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murosa kategoriyasining milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash, millatlaroaro totuvlik va munosabatlar masalasini yangi tamoyillar asosida hal etishda jamiyat barqarorligi, sulh muhitida yashash, ahillik, mamlakat va xalq tinchligi, ijtimoiy munosabatlarda muvozanatni ta’minlashdagi, ziddiyatlarning eng maqbul echimi ekanligi hamda tasavvufiy qadriyat sifatidagi yaxlit ijtimoiy birlikni vujudga keltirish, ijtimoiy tenglik va adolat o‘rnatish, o‘z-o‘zini anglash, axloqiy komillikka oid mohiyati asoslab berilgan;
Xoja Ahror Valiyning “Risolayi Havroiyya” va “Fiqarotul orifiyn” asarlari va rashhalarida murosa falsafasiga oid iymon nuri bilan munavvar bo‘lish, moddiy olamda pokiza hayot kechirish, halol luqma, toza nazar, ta’madan tozalangan nafs, nafratsiz tafakkur, insonning tabiat va jamiyat bilan murosada bo‘lish kabi g‘oyalarining shakllanishida Abusaid Abulxayrning “robitai mavt” (inson kamoloti, haqiqiy asl mohiyatni topish), Ibn Arabiyning “Vaxdatul vujud” (ijtimoiy faol hayot kechirish, inson axloqidagi qusurni fazilatga aylantirish), Jaloliddin Rumiy (kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi e’tiqod va iymon, poklik va tavba) ta’limotlari asos bo‘lganligi dalillangan;
Xoja Ahror Valiy Naqshbandiya ta’limotida saltanatpanoh bilan munosabatda islohotchi sifatida “ixtilof”, “ixtilot” kabi diniy-tasavvufiy tushunchalar falsafiy mohiyatining yangi andozasi asosida tariqatning hukmdorlarga bo‘lgan muxolifatidan voz kechib, ular bilan munosabat o‘rnatish, muxolifatdan musolahaga, ya’ni ixtilofdan ixtilotga o‘tish yo‘lini ishlab chiqqanligi isbotlangan;
Xoja Ahror Valiy maktublari XV asr diplomatiyasida fuqaro va davlat, hukmdorning murosa, sulh, barqarorlik, ahillik munosabatlarini o‘rnatish modeli ekanligi hamda jamiyatda sulhparvarlik, murosayu-madora, saltanatpanoh bilan munosabat o‘rnatish kabi qadriyatlarni yangicha talqin etganligi, ularni o‘zgaruvchan tarixiy sharoitlarga muvofiqlashtirganligi, naqshbandiylik ta’limotidagi murosa masalasida nazariya va amaliyotni birlashtira olgan tinchliksevar tamoyilni ilgari surilganligi dalillangan;
Naqshbandiya ta’limotidagi murosaga xos bo‘lgan murosayu-madora, o‘z-o‘zini anglash, suhbat, nafsni tarbiyalash, kibrni yo‘qotish, shukronalik, sabr kabi tamoyillarning Yangi O‘zbekistonda har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish kabi ijtimoiy-siyosiy, yoshlar intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosini asrab-avaylashdagi falsafiy ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xoja Ahror Valiy ma’naviy merosidagi murosa falsafasiga doir g‘oyalarni tahlil etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
murosa kategoriyasining milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash, millatlaroaro totuvlik va munosabatlar masalasini yangi tamoyillar asosida hal etishda jamiyat barqarorligi, sulh muhitida yashash, ahillik, mamlakat va xalq tinchligi, ijtimoiy munosabatlarda muvozanatni ta’minlashdagi, ziddiyatlarning eng maqbul echimi ekanligi hamda tasavvufiy qadriyat sifatidagi yaxlit ijtimoiy birlikni vujudga keltirish, ijtimoiy tenglik va adolat o‘rnatish, o‘z-o‘zini anglash, axloqiy komillikka oid ilmiy xulosalar va yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida, jumladan markaz faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023 yil 13 sentyabrdagi 08-17/660-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy-ma’naviy qadriyatlar Xoja Ahror Valiy ma’naviy merosidagi murosa falsafasiga oid g‘oyalarini falsafiy tahlilidan murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid faoliyatni samarali tashkil qilishida qo‘llanma sifatida, metodik o‘qishlarda, kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini boyitishga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiyning “Risolayi Havroiyya” va “Fiqarotul orifiyn” asarlari va rashhalarida murosa falsafasiga oid iymon nuri bilan munavvar bo‘lish, moddiy olamda pokiza hayot kechirish, halol luqma, toza nazar, ta’madan tozalangan nafs, nafratsiz tafakkur, insonning tabiat va jamiyat bilan murosada bo‘lish kabi g‘oyalarining shakllanishida Abusaid Abulxayrning “robitai mavt” (inson kamoloti, haqiqiy asl mohiyatni topish), Ibn Arabiyning “Vaxdatul vujud” (ijtimoiy faol hayot kechirish, inson axloqidagi qusurni fazilatga aylantirish), Jaloliddin Rumiy (kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi e’tiqod va iymon, poklik va tavba) ta’limotlari asos bo‘lganligiga doir xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning II. “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” bandi bo‘yicha “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 31 avgustdagi 351/a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xoja Ahror Valiyning murosaga xos bo‘lgan sulh, futuvvat me’yorlariga rioya qilish, o‘z-o‘zini anglash kabi g‘oyalarning O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviv-ma’rifiy jarayonlarni barqarorlashtirishga, barkamol avlod mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiy Naqshbandiya ta’limotida saltanatpanoh bilan munosabatda islohotchi sifatida “ixtilof”, “ixtilot” kabi diniy-tasavvufiy tushunchalar falsafiy mohiyatining yangi andozasi asosida tariqatning hukmdorlarga bo‘lgan muxolifatidan voz kechib, ular bilan munosabat o‘rnatish, muxolifatdan musolahaga, ya’ni ixtilofdan ixtilotga o‘tish yo‘lini ishlab chiqqanligiga doir nazariy umumlashmalar va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88 son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 14 sentayabrdgi 04/11-5637-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida chop etilgan “O‘zbekiston falsafa tarixi” kitobining mafkura, ma’naviyat, milliy g‘oya kabi maqolalar, tushuncha va atamalarning mazmunan boyishiga, falsafiy tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiy maktublari XV asr diplomatiyasida fuqaro va davlat, hukmdorning murosa, sulh, barqarorlik, ahillik munosabatlarini o‘rnatish modeli ekanligi hamda jamiyatda sulhparvarlik, murosayu-madora, saltanatpanoh bilan munosabat o‘rnatish kabi qadriyatlarni yangicha talqin etganligi, ularni o‘zgaruvchan tarixiy sharoitlarga muvofiqlashtirganligi, naqshbandiylik ta’limotidagi murosa masalasida nazariya va amaliyotni birlashtira olgan tinchliksevar tamoyilni ilgari surilganligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, jumladan, “Assalom, Buxoro!”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqish va bevosita suhbat olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 11 sentyabrdagi 02-09-244-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchi tomonidan xalqimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi, bugungi kunda insonlarni hayotni qadrlashga, yoshlarni murosali hayot ko‘nikmalarini shakllantirish, sabrlilik, shukronalik ruhida tarbiyalashda eng samarali, maqbul usullari haqidagi xulosalar teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlaming ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.